Tadbirkorlik va boshqaruv


Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish oldidan amalga oshiriladigan hisob ishlari



Yüklə 73,22 Kb.
səhifə10/14
tarix12.05.2023
ölçüsü73,22 Kb.
#112250
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kurs ishi ramazon 1

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish oldidan amalga oshiriladigan hisob ishlari


Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin yuqorida ko’rib o’tilgan usullarga tayangan holda amalga oshiriladigan hisob ishlari bajariladi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashdan oldin bosh jamiyat va unga qarashli barcha shuba jamiyatlar moliyaviy hisobotlari aktivlarning bir xil moddalarini, majburiyatlarni, o’z mablag’i, daromadlari va xarajatlarini satrma-satr umumlashtirish uchun tayyorlanishi lozim.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot jamlangan hisobotdan farqli o’laroq, yagona jamiyat moliyaviy axborotidan iborat bo’lishi uchun uni tayyorlashdan oldin jamiyat ichki hisob-kitoblari va operatsiyalariga tegishli ma’lumotlar chiqarib tashlanishi lozim.
Bosh jamiyat va shuba jamiyatlarining bir-birlaridagi ulushlar qiymati har birining o’z moliyaviy hisobotlarida aks ettirilganligi bilan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda o’z aktivlari va sarmoyasini ikki marotaba ko’rsatmaslik uchun shuba jamiyatlariga bosh jamiyat investitsiyalarining balans qiymati va har bir shuba jamiyatning bosh jamiyat sarmoyasidagi ulushi, bosh va shuba jamiyatlar o’rtasida o’zaro hisob-kitob qilish hisobvaraqlari bo’yicha saldo hamda daromadlar, xarajatlar, dividendlar bo’yicha guruh ichidagi operatsiyalar konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish oldidan chiqarib tashlanadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, daromadlar, xarajatlar, dividendlar bo’yicha guruh ichidagi operatsiyalar natijasida vujudga keladigan amalga oshmagan foyda va zararlar, qoplanishi mumkin bo’lmagan zararlar konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda o’z aksini topishi uchun chiqarib tashlanmaydi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish oldidan shuba jamiyat sof daromadida shuba jamiyat xo’jalik faoliyatining sof daromadlari (zararlari) hamda sof aktivlarining bosh jamiyatning bevosita yoki bilvosita shuba jamiyatlardagi ishtiroki ulushiga to’g’ri kelmaydigan kamchilik ishtirokining bosh jamiyatga tegishli sof daromad miqdorini aniqlash hamda kamchilik ishtiroki ta’sirida guruhning daromadini kamaytiradigan ulushni aniqlash lozim. Kamchilikning ulushi konsolidatsiyalashgan balansda majburiyatlar va o’z sarmoyasidan alohida ko’rsatilishi, shuningdek, guruhlar daromadida kamchilik ulushi ham alohida ko’rsatilishi uchun ma’lumotlar umumlashtirishdan oldin tayyorlanishi lozim.
Agar biror shuba jamiyatning moliyaviy hisoboti (masalan O’zbekistondan tashqarida joylashgan shuba jamiyatning moliyaviy hisoboti) konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzilgan hisobot davri uchun tuzilgan bo’lib, lekin konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning hisobot vaqtidan farq qiladigan hisobot sanasida tuzilgan bo’lsa, bunday shuba jamiyat o’sha hisobot vaqti uchun oraliq moliyaviy hisobot tuzishi lozim.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar o’xshash operatsiyalar va moliyaviy-xo’jalik faoliyatining boshqa voqealari uchun yagona hisob siyosatidan foydalanish asosida tayyorlanishi hamda yagona hisob siyosatidan kelib chiqib, guruh jamiyatlari hisobotlari umumlashtirish uchun tayyorlanishi lozim. Agar guruh ishtirokchilaridan biri o’xshash operatsiyalar bo’yicha konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzish chog’ida qabul qilingan hisob siyosatidan farq qiladigan hisob siyosatidan foydalangan taqdirda, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin bu moliyaviy hisobotlarga tegishli o’zgartishlar kiritiladi.

Yüklə 73,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin