Tadbirkorlik va boshqaruv


Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish bosqichlari



Yüklə 73,22 Kb.
səhifə11/14
tarix12.05.2023
ölçüsü73,22 Kb.
#112250
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kurs ishi ramazon 1

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish bosqichlari


Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot asosiy, shuba, hamkorlikda nazorat qilinadigan va qaram jamiyatlar hisobotlarining ma’lumotlarini o’z ichiga oladi. Shu bilan birga, moliyaviy hisobot korxona mulkiy va moliyaviy holati, shuningdek, faoliyat natijalarini bir butun ifoda etilgan holda tuzilishi kerak. Bu murakkab vazifa Bosh va shuba korxonalari guruhi jamiyatlari hisobotlari ma’lumotlarini birinchidan, bosqichma-bosqich birlashtirish yordamida, ikkinchidan, jamiyat shaklidan qat’iy nazar o’z usuli yordamida hal etiladi. Uchinchidan, har bir usul maxsus birlashtirish tartibidan tashkil topadi.
Bizningcha, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishni quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish maqsadga muvofiq:

  1. bosqich: O’tish hisobotini tuzish;

  2. bosqich: Konsolidatsiyalashgan balans va moliyaviy natijalar to’g’risidagi konsolidatsiyalashgan hisobotni gorizontal jamlash natijasida jamlangan ma’lumotlarga ega bo’lish;

  3. bosqich: Bevosita umumlashtirish.

Birinchi va ikkinchi bosqich bevosita umumlashtirishga tayyorgarlik ko’rishni amalga oshiradi.
Birinchi bosqichni zarurligi shunga bog’liqki, aksariyat hollarda ya’ni hisob siyosatida Bosh va shuba korxonalari guruhining barcha jamiyatlari uchun yagona bo’lgan talablarga qaramasdan, ularning hisoboti turli muddatlarda va turli valutada tuzilishi, o’z tuzilmasi va bandlarini baholash bo’yicha (Masalan, Bosh va shuba korxonalari guruhining xorijiy jamiyatlari mavjud bo’lsa) bir-biridan farq qilishi mumkin. Bunday hisobotlarni ushbu farqlarni hisobga olmasdan umumlashtirish qonunchilikka nomuvofiqdir. Mazkur vaziyatda bosh va shuba korxonalari guruhining muayyan jamiyati hisobotini o’tish hisobotini tuzish yordamida birlashtirishga tayyorlash maksadga muvofiqdir.
O’tish hisobotining maqsadi - Bosh va shuba korxonalari guruhi jamiyatlarining hisob yuritish siyosatidan chetga chiqqan hisobotini o’zgartirish va uni asosiy jamiyatning hisob siyosati yagona talablariga muvofiqlashtirishdir.

Yüklə 73,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin