Statistik ma’lumotlar 2012-yildan boshlab Xalqbanki yuqori darajadagi xalqaro reytinglarga ega
bo‘lib kelmoqda.
2019-yil Xalq banki tarixida ilk marotaba “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari"ning
9standarti amaliyotga tatbiq etildi hamda “ISO 9001:2015” xalqaro muvofiqlik sertifikati olindi.
Xalq banki har yili dunyoning yetakchi reyting agentliklaridan reyting oladi va ularni o‘z faoliyatidagi dolzarb voqealar haqida muntazam xabardor qilib boradi.
2022 yilda Fitch va S&P Global reyting agentliklari bankning uzoq muddatli reytingini (mos ravishda "BB-" va "B+" darajasida) barqaror prognozda hamda "B" darajadagi qisqa muddatli reyting bilan tasdiqladilar.
Bank kapitali Bizning moliyaviy ko‘rsatkichlarimiz barqaror o‘sish dinamikasiga ega. Bugungi kunda Xalq bankining jami kapitali 5 647 073 mln. so‘mni tashkil qiladi. 2021-yil 1-noyabriga nisbatan 8 % ga o‘sgan.
Jalb qilingan aholi omonatlari 2022-yilning 1-noyabr holatiga aholi omonatlari 8 278 295, 34 mln. so‘m bo‘lib, 2021-yil 1-noyabriga nisbatan 14,5 foizga o‘sgan.
Bank kredit qo‘yilmalari 2022 - yilning 1- noyabr holatiga bankning kredit qo‘yilmalari 21 184 082,0 mln. so‘m bo‘lib, 2021-yilning 1- noyabriga nisbatan 2,5 % ga oshgan.
Bank strukturasi Xalq banki filiallari – 187 ta,Bankdan tashqari tashkil etilgan kassalar – 26 ta, 24/7 shoxobchalari – 465 ta,bank xizmatlari markazlari – 86 ta,valyuta ayirboshlash shoxobchalari – 233 ta,xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari – 269 ta, bank kassalari (jamg‘arma kassa, maxsus kassa, universal kassa va boshqalar) – 590 ta,ko‘chma (sayyor) kassalar – 1443 ta.
Bir aksiya uchun dividendlar (so'm)
Bank o‘z aksiyalarini sotib olish uchun Markaziy bankdan oldindan ruxsat olishi shart. Bank sotib olgan o‘z aksiyalarining miqdori bank ustav kapitalining o‘n foizidan oshmasligi kerak.
Bank o‘z aksiyalarini sotib olish uchun oldindan ruxsat olish maqsadida bank o‘z aksiyalarini sotib olish sabablarini ko‘rsatib, bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishining qarori va arizasini Markaziy bankka taqdim etadi.