Tadbirkorlik va boshqaruv



Yüklə 209,49 Kb.
səhifə1/14
tarix20.10.2022
ölçüsü209,49 Kb.
#65638
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
BOZOR IQTISODIYOTINING MOHIYATI VA UNING ASOSIY BELGILARI kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI

TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV” FAKULTETI


RAQAMLI IQTISODIYOT” KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN


K U R S I S H I

MAVZU: BOZOR IQTISODIYOTINING MOHIYATI VA UNING ASOSIY BELGILARI



Guruh: 9 BH-2020
Bajardi: Toshmatov Fatxullo
Ilmiy rahbar: Sh.J.Borotov
Himoya natijasi: «____» baho. «____» _________ 2021 yil
DENOV 2021
MUNDARIJA:

KIRISH…………………………………………………...……………….............3
ASOSIY QISM:
1.Bozor iqtisodiyoti mohiyati va asosiy belgilari…………...…………….……..5
2.Jahon miqyosida turli mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tishi
va modellari…………………………………………………………….………...15
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari…………………..………28
4. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning xususiyatlari.….32
XULOSA…………....…………………...……………………………………….43
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….45

KIRISH
Bozor — sotuvchilar bilan xaridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. Bozor obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa Bozor ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. Bozor ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. Bozorda tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. Bozor ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar. Bozorda 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi.
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o ‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil m a’noda ifodalash, ba’zi adabiyotlarda sinonim so‘zlar sifatida qo‘llash yoki ulami chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelgan bo‘lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o ‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi natijasi bo‘lib, tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.

Yüklə 209,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin