bu yerda: X - 1 ga dagi tuplar soni, a - qatorlar oraligʻi, b - qatordagi tuplar oraligʻi.
Misol uchun qatorlar oraligʻi 3, qatordagi tuplar oraligʻi 2 boʻlsa, qatorlar oraligʻi tuplar oraligʻiga koʻpaytiriladi va chiqqan javob 10000 m2 boʻlinadi. 3*2=6. Demak, 1 gektar uchun 10000/6=1666 ta koʻchat sarf boʻladi. Koʻchatlarni bahorda kurtaklar yozilmasdan oldin oʻtqazish maqsadga muvofiqdir. Kuzgi va qishki davrda, iliq kunlarda ham koʻchat oʻtqazish mumkin, lekin bunda koʻchatlar 20 sm balandlikda tuproq bilan koʻmiladi.
Oʻtqazishdan oldin koʻchatlarning uch qismida oʻsgan ildizlar qirqiladi, past tomondagi ildizlar biroz qisqartiriladi. Kuchli oʻsgan va toʻgʻri joylashgan novdada bir ikkita, ikki-uchta koʻzcha qoldirib, ortiqchasi kesib tashlanadi. Ildizlarning oʻtqazish vaqtida va oʻtqazilgandan keyin sugʻorishgacha qurib qolmasligi uchun ular yangi goʻng va loy aralashmasidan tayyorlangan suyuqlikka botirib olinadi. Har bir koʻchatning oʻsish quvvati uning tutish va keyingi rivojlanishiga katta taʼsir etishini hisobga olib, oʻtqazishdan oldin koʻchatlarni guruxlarga ajratish lozim. Koʻchatlar maxsus NYu-19, MPS mashinalarida, shuningdek gidroburgʻilar yordamida 50 sm chuqurlikda oʻtqaziladi. Koʻchatlar qoʻlda shunday oʻtqaziladiki, bunda ularning pastki ildizlari chuqurcha tubiga toʻkilgan tuproq uyumida bir tekis taqsimlanadi, soʻngra yer ustida bitta-ikkita koʻzcha qoldirib, tuproq bilan koʻmiladi. Koʻchatlar oʻtqazilishi bilan tuproq bilan koʻmiladi, soʻng sugʻoriladi. Lalmikor yerlarda oʻtqazilgandan keyin har bir tup tagiga kamida 10 l suv quyi ladi. Kuzda va qishda oʻtqazilgan koʻchatlarni sovuq urishdan saqlash uchun ular kamida 20 sm qalinlikda tuproq bilan koʻmiladi.
3.3. “Mersedes” uzum navining hosildorligiga va sifatiga sug’orish tartibi va o’g’it me’yorining ta’siri Tokzor barpo qilish va yer haydashdan oldin tuproq unumdorligini oshirish maqsadida har gektar maydonga 25-30 t chirigan goʻng yoki kompost, sof holda 90 kg fosfor, 45 kg kaliy solinadi. Organik va mineral oʻgʻitlarni aralashtirib solish vaqt va mablagʻni ancha tejaydi. Aralashtirilgan oʻgʻitlar maxsus UOM-50 mashinasi yoki RUM-8, ROU-6, PRT-10 kabi oʻgʻitsochgichlar yordamida yerga yoppasiga sochib solingani maʼqul. Organik va mineral oʻgʻitlarni qoʻshib solish tuproqning fizikaviy-kimyoviy xossalarini, oʻgʻitlarning oʻsimlikka taʼsir kuchini yaxshilashga yordam beradi. Yosh tokzorlar, agar ularning yeri ekishdan oldin belgilangan miqdorda oʻgʻitlangan boʻlsa, 2-3 yil davomida oʻgʻitlanmasligi ham mumkin. Agar tok ekishdan oldin yer oʻgʻitlanmagan boʻlsa, yosh tokzorlarga ikkinchi yili erta bahorda (tok tup- larini ochish vaqtida) sof holda gektar hisobiga 60-120 kg azot, 45 kg, fosfor 30 kg kaliy solinadi. Yosh tok tuplari dastlabki yillari rivojlanishdan qolayotgan boʻlsa, may-iyun oylarida azot, fosfor, kaliy bilan qoʻshimcha oziqlantiriladi (sof holda azot 30 kg/ga, fosfor 20-30 kg/ga, kaliy 10-15 kg/ga). Uchinchi yildan bosh- lab, ular toʻliq hosilga kirgan tokzorlar kabi oʻgʻitlanadi. Organik oʻgʻitlar har yilda bir marta, kuzda tok koʻmilgandan keyin tuproq holati va undagi chirindi miqdoriga qarab gektariga 25-40 t; mineral oʻgʻitlar esa har yili sof holda: azot 120 kg/ga, fosfor 90 kg/ga, kaliy 30-45 kg/ga solinadi. Bu koʻrsatkichlar tuproq unumdorligi, tarkibi, namligi va boshqa koʻrsatkichlarga qarab oʻzgarishi mumkin.