Tafakkur haqida umumiy tushuncha tafakkur turlari tafakkur va bo
Tafakkur — voqelikning umumlashtirib aks ettirilishidir. Biz ayrimayrim narsalarni va hodisalarni, masalan, alohida stolni yoki stulni idrok qilaimiz va tasavvur qilamiz, ammo umuman stol va stul to'g'risida, umuman mebel va umuman narsa to'g'risida esa fikrtashimiz mumkin. Umumilash natijasida bir hukmning o'zida ayni vaqtda yakka bir narsa to'g’risidagina fikr qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga narsalarning butun bir turkumi to'g'risida ham fikr yuritish mumkin.Masalan, «O'zekistonning fuqarolari teng huquqlidirlar» degan hukmda ayrim bir kishi haqida fikr yuritmasdan, balki O'zbekistonning hamma fuqarolari haqida fikr yuritiladi.