Tafakkur haqida umumiy tushuncha tafakkur turlari tafakkur va bo
II.TAFAKKUR TURLARI Odamlarning ehtiyojlari, hayotiy qiziqishlari va faoliyatlari juda xilma-xildir. Shu sababli, odamning tafakkuri ham turli hollarda har xil turda namoyon bo'ladi. Bilish uchun kerak bo'lgan vazifalarni va har xil amaliy vazifalarni hal etishga to'g'ri kelib qolganida, shuningdek, boshqa odamlarning fikrlarini nutq orqali va amaliy muomalada bilib olishga, tushunib olishga to'gri kelinganida odam o'z fikrini ishlatadi. Mana shunday ijodiy tafakkur va tushunish deb ataladigan tafakkur kelib chiqadi. Tafakkurning faolligi qay turda bo'lishiga qarab, u ixtiyoriy va ixtiyorsiz tafakkurga bo'linadi, tafakkurning umumiylashganlik darajasiga qarab, u aniq va abstrakt tafakkurga, yo'nalishiga qarab, u nazariy va amaliy tafakkurga bo'linadi.