Tafakkur va intellekt”



Yüklə 94,22 Kb.
səhifə9/12
tarix24.10.2023
ölçüsü94,22 Kb.
#160198
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
SAP 2-20 Rustamov Jamshidbek Kurs ishi Um.ps

II BOB. INTELLEKT VA KREATIVLIK HAQIDA TUSHUNCHA

2.1 Intellekt va kreativlik


Kreativlik – bu shaxsning yangi g‘oyalarni yaratishi, tafakkurning an’anaviy sxemasidan chetga chiqib, o‘ziga xos, original qarorlar qabul qilishga qodirligi. Mazkur atamaga ilk bora 1922 yilda D.Simpson tafakkurning nostandart usuli, deb ta’rif bergan.
Kreativlikni o‘rganish bo‘yicha Rossiyada A.M.Matyushkin, A.V.Petrovskiy, M.G.Yaroshevskiy, V.N. Drujinin kabi olimlar ish olib borganlar.
Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjud.
D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt kretivlikning yuqori bosqichidir . Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik intellektning hosilasidir. YUqori darajadagi inttellekt- yuqori darajadagi qobiliyatning asosisi hisoblanadi. Quyi intellekt- quyi darajadagi intellektni yuzaga keltiradi. Gans Ayzenk kreativlikni qobiliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi deb hisoblagan. Kreativlik intellektning yuqori bo‘lishi bilan belgilangan.
Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam yutuqlarga erishishgan.
Lekin intellekt va kreativlikning bir biriga bog‘liq emasligini boshqa tadqiqotlarda tadqiq etilgan. Kreativlik- bu insonni hayotga moslashishi emas, balki uni o‘zgartirishidir. Kreativlikning asosiy omili bu insonning dezadaptatsiyasi, ya’ni uni atrof olam va ijtimoiy muhitga moslasha olmasligida deb qaralan nazariyalar ham mavjud. Ba’zi olimlar shaxsning kreativlik xususiyatini tashqi olam va insonllardan yolg‘izlanish deya ta’rif berishgan. Aynan real olamga nisbatan dezadaptatsiyasi mavjud bo‘lgan, moslasha olmagan inson o‘zidagi yolg‘izlikni engib o‘tish uchun ijod qilish va yangilik yaratishni boshlar ekan. A.Adlerning fikricha, insondagi kreativlik o‘zida mavjud bo‘lgan noto‘liqlik kompleksini to‘ldirish vositasi deb bilgan. Empirik tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, ijodkor qobiliyatli bolalar shaxsiy va emotsional sohada jiddiy muammolarga duch kelishadi. Tadqiqotlarda bunday bolalarning maktabda erishayotgan natijalari ularning imkoniyatlaridan past chiqanini kuzatishimiz mumkin.
Kreativlik va intellektni qarama-qarshi qo‘ygan olimlardan yana biri Dj. Gilvord bo‘lib, u o‘z nazariyasini ikki xil tafakkur asosida quradi. YA’ni konvergent va divergent tafakkur. Konvergent tafakkur masalani echishda mavjud barcha vositalarni tahlil qilib, ulardan yagona maqbulini tanlashdir. Konvergent tafakkur intellekt asosida quriladi. Divergent tafakkur- masalani echishning turli variantlarini yaratishdan iborat tafakkur turidir. Divergent tafakkur- kreativlik asosida quriladi.
Demak intellekt va kreativlik umumiy ko‘rinishdagi ikki xil qobiliyatlar bo‘lib, ularni ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog‘lash mumkin. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. Intellekt esa o‘sha ma’lumotni real amaliyotda qo‘llashga va atrof muhitga moslashishga javob beradi.
Uchinichi nuqtai nazar egalari intellekt va kreativlik o‘zaro uzviy bog‘langan ikki xil faktordeb qarashadi. SHaxsni orientirlashtirgan bu psixologiya vakillari A.Maslau va boshqalar ijodiy qobiliyatni tan olishmagan. Ijodiy faollik shaxsda qobiliyatga qaraganda, ba’zi shaxsiy xususiyatlarni (qiziqish, tavakkalchilik ) shakllantiradi. Lekin bu faollikning namoyon bo‘lishi uchun shaxsda yuqori darajadagi intellektual qobiliyat mavjud bo‘lishi kerak . Ularning fikricha, quyi intellektga ega bo‘lgan kishi hech qanday kreativlikka ega bo‘lmaydi. O‘rta intellekt sohiblari o‘rtacha kreativlik, IQ koeffitsenti 120 dan ortiq bo‘lgan kishilar a’lo darajadagi kreativlikka ega bo‘lishishadi.
Evolyusiya nuqtai nazaridan intellekt va kreativlikning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib ko‘raylik.
Intellektni go‘yo qolipga solingan, buyuk kashfiyotlarni yaratmaydigan moslashuvchi qobiliyat sifatida ko‘ramiz. Intellektga faqat qaytarish xosdir. Psixologlarning fikricha bu g‘oya noto‘ridir . Sababi evolyusion rivojlanish nazariyasida insoniyatning antropogenez rivojlanishning asosiy omilini intellektining rivojlanishidadir deb aytib o‘tilgan. Olovni o‘zlashtirish va qurollar yasash bunga misol bo‘la oladi.
Intellektni kreativlikdan yiroq qilish, shaxsdagi yaratuvchanlik , originallik kabi sifatlarni kreativlikka moslab qo‘ymoqda . Kim birinchi bo‘lib buyuk kashfiyotni, o‘q-yoylarni yaratgan, kim olovni o‘zlashtirish mumkinligini o‘ylab topgan? Intellektmi? yoki Kreativlikmi? Agar kreativlik bo‘lsa, unda intellekt qaerga ketdi. Demak, bunday mulohazalar intellektni insoniyatning texnik va ilmiy muvaffaqiyatlarini yaratishdagi o‘rnini pasaytirmoqda.
Hozirgi davrda to’plangan ijodiylik atamasiga taalluqli ta’riflar mazmuni, mohiyati va tuzilmasini baholash qiyin. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, “ijodiylikning nimaligini tushunishning o’zi ijodiy harakatni talab qiladi. So’nggi yillardagi tadqiqotlar mualliflaridan biri ijodiylikni qandaydir ahamiyatli va yangi narsaga erishish deb, ya’ni “boshqacha aytganda, bu insonlarning dunyoni o’zgartirish uchun qilgan harakatlari” sifatida ta’riflaydilar
Ijodiylikning XX asr 60-yillardagi ko’zga ko’ringan tadqiqotchilaridan biri M.Wallachning [10] ta’kidlashicha, intellektual testlar ijodiy yutuqlar bilan yuqori ko’rsatkichlarda o’zaro bog’lanmagan. U 11-12 yoshli o’quvchilar o’rtasidagi intellekt va ijodiylik turlicha rivojlanganligi sababli ularni 4 xil guruhga ajratib ko’rsatadi:
intellekt va ijodiylikning yuqori darajasiga erishgan o’quvchilar o’zlarini to’g’ri baholaydilar, ularda o’zini-o’zi nazorat qilish yuqori, ular barcha yangi narsalarga qiziqishadi va baholashda mustaqillikka egadirlar;
intellektual darajasi yuqori va ijodiylik darajasi past o’quvchilar maktabda muvaffaqiyatga intiladilar, lekin birovdan o’z sirlarini yashiradilar, o’zlarini pasaytirib baholaydilar;
intellektual darajasi past va ijodiylik ko’rsatkichi yuqori o’quvchilar xavotirli, e’tiborsiz, quyi ijtimoiy moslashuv bilan boshqalardan ajralib turadilar;
intellektual darajasi va ijodiylik ko’rsatkichi quyi o’quvchilar vaziyatga oson moslashadilar, ijtimoiy intellektual darajasi yuqori, lekin sust sub’ektlar o’zlarini to’g’ri baholaydilar.
SHunday qilib, ijodiylik jarayoni bilan intellekt darajasi o’rtasidagi munosabat o’quvchilarning shaxsiy xislatlariga va ularning moslashuv usullariga ta’sir qiladi.
Stenberg va Gardnerlarning fikricha bir necha qobiliyat shaxsni omadli bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 
Ijodiylik mezonlaridan biri - bu nostandartlikdir. E.P.Torrance ta’kidlaganidek, noyob va original javoblar mohiyatan har doim ham mos tushavermaydi. Ko’pincha tushunchalarning mazmunini asoslanmagan ravishda aralashtirish holati ro’y beradi: ijodiy qobiliyat esa nostandartlik bilan bir xil deb qaraladi, nostandartlik originallik bilan, originallik esa sinaluvchilar guruhidagi noyob javoblar bilan ayniy deb talqin etiladi. Nostandartlik originallik (o’ziga xoslikka nisbatan kengroq tushunchadir.
Ikkinchi mezon - anglanganlikdir.  Bu asnoda so’z borganda sinaluvchi tomonidan muammo yechimining anglanganligi nazarda tutiladi.
Intellektual testlar shaxsdan konvergent tafakkurni talab qiladi. Kreativ testlar esa divergent tafakkurni talab etadi.


Yüklə 94,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin