Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   216
2021 4-son

TAHRIRIYAT MINBARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son

rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Institutda HEMIS - Oliy ta’lim jarayonlarini 
boshqarish axborot tizimi joriy etildi. Shu 
asosda 2020-2021 o‘quv yilida HEMIS - Oliy 
ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi 
orqali 862 nafar professor-o‘qituvchilar tizimda 
ro‘yxatdan o‘tkazildi. 16297 nafar talaba 
tizimda qayd qilindi. 129 ta mutaxassislik, 256 
ta o‘quv rejalar, 782 ta akademik guruh yaratildi. 
2020-2021 o‘quv yilida 831 ta dars jadvali qayd 
etildi. 16297 nafar talabaga platforma orqali 
o‘quv varaqalari shakllantirildi. 3122 nafar 
bitiruvchi kurs talabalariga diplom va diplom 
ilovalari shakllantirildi.
Fanning xususiyatidan kelib chiqqan 
holda kafedralar tomonidan oraliq nazoratlar 
o‘tkazilishi va davri mustaqil belgilaniladi. 
Bitta fandan umumiy soatlaridan kelib 
chiqqan holda 1- va 2- martagacha oraliq 
o‘tkazilishiga ruxsat berilgan. Oraliq nazorat 
jadvallari va o‘tkazilishi to‘liq tizimda qayd 
qilib boriladi. HEMIS platformasi orqali 
to‘liq professor-o‘qituvchilarning dars o‘tishi, 
talabalar davomati to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
tizim orqali qayd etib borilmoqda. 2021-2022 
o‘quv yilidan professor-o‘qituvchilarga o‘quv 
jarayonini sifatli tashkil etishida qulaylik 
yaratish va sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish 
maqsadida professor-o‘qituvchilar tomonidan 
shu vaqtgacha yuritilib kelingan kalendar 
rejalar, o‘quv-uslubiy majmualar, ishchi rejalar
fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlari to‘liq elektron 
tizimga kiritish va shu orqali nazorat qilish 
tizimi yo‘lga qo‘yildi. Qaydnomalarni qog‘oz 
ko‘rinishida rasmiylashtirishdan voz kechilib, 
elektron tizimda qayd qilish yo‘lga qo‘yildi. 
HEMIS tizimi elektron ta’lim 
imkoniyatlarining katta ekanligini yana bir 
ko‘rsatdi. Birgina misol keltiraman. Oliy ta’lim 
fakultetlar dekanlari avval bir qancha vaqtni 
oladigan va ortiqcha qog‘ozbozlik bilan bog‘liq 
funksiyalarni elektron amalga oshiradigan 
bo‘ldi. Jumladan, HEMIS tizimi orqali ular:
- Axborot tizimining "Talabalar" 
menyusiga taalluqli bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari 
va mutaxassisliklarni, kvalifikatsiyalar va 
talabalar yutuqlarini, akademik guruhlar va 
talabalar bazasini shakllantirish;
- Axborot tizimining “Talaba harakati" 
menyusiga taalluqli bo‘lgan talabalarning 
o‘qishdan chetlashtirish va tiklash, talabalarga 
akademik ta’til berish, talabalar o‘qishini 
ko‘chirish, kursdan qoldirish, kursdan kursga 
o‘tkazish hamda o‘qishni bitirish ma’lumotlarini 
shakllantirish, elektron buyruqlarni yuritish;
- Axborot tizimining "O‘quv jarayoni" 
menyusiga taalluqli bo‘lgan o‘quv rejalar, 
o‘quv semestrlari, o‘quv haftalari va o‘quv 
reja fanlarini shakllantirish, mashg‘ulotlar 
va nazoratlar jadvallarini tuzish, imtihonlar 
ro‘yxatini shakllantirish va nazorat qilish;
- Axborot tizimining “Davomat" va 
"O‘zlashtirish” menyulariga taalluqli bo‘lgan 
talabalarning mashg‘ulotlarga qatnashish 
davomatini va fanlardan o‘zlashtirish 
natijalarini monitoring va tahlil qilish, elektron 
qaydnomalarni yuritish, talabalarning GPA-
ballarini hisoblash hamda talabalarga shaxsiy 
grafiklar berish;
- Axborot tizimining “Xodimlar" menyusiga 
taalluqli bo‘lgan professor o‘qituvchilarning 
malaka oshirish va lavozimga tanlovdan o‘tish 
ma’lumotlarini monitoring qilish;
- Axborot tizimining “Nazoratlar" 
menyusiga taalluqli bo‘lgan talabalarning 
yakuniy davlat attestatsiyalarida bitiruv ishi 
yoki magistrlik dissertatsiyalari himoyasi 
natijalarini qayd qilish va monitoringini olib 
borish;
- Axborot tizimining “Akademik yozuv” 
menyusiga taalluqli bo‘lgan talabalarning 
fanlardan o‘zlashtirish ma’lumotlarini 
shakllantirish, bitiruvchi talabalarni 
akkreditatsiyadan o‘tkazish va diplom 
ma’lumotlarini shakllantirish, diplom blanklari 
hisobini yuritish, bitiruv malakaviy ishlari va 
magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ro‘yxatini 
hamda davlat attestatsiya komissiyalari 
ma’lumotlarini shakllantirish, talabalarning 
transkript, o‘quv varaqa va akademik 
ma’lumotnomalarini tayyorlash va hisobini 
yuritish;
- Axborot tizimining “Reyting" va 
"Statistika” menyulariga taalluqli bo‘lgan 
professor-o‘qituvchilar va kafedralar ilmiy 
faoliyat reytingini monitoring qilish, talabalar va 
o‘qituvchilar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni 
shakllantirish va boshqa imkoniyatlarga ega. 
Bunday funksiyalarni bir avtomatik elektron 
formatda amalga oshirilishi o‘quv jarayonini 
shaffof tashkil etishda alohida ahamiyatga 
ega. 
Uchinchidan,
o‘quv jarayonini elektron 
tashkil etishda tegishli moddiy-texnik baza 
muhim rol o‘ynaydi. Chunki zamonaviy axborot 
texnologiyalarisiz elektron ta’lim haqida 
gap ham bo‘lishi mumkin emas. Institutda 
talabalar kontingenti kattaligidan kelib chiqib, 
moddiy-texnik baza bosqichma-bosqich 
kengaytirilib borilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi uch 
yil davomida oliy ta’lim muassasamizning 
imkoniyatlari sezilarli ravishda yaxshilandi. 
Bunga institut bosh o‘quv binosi va qo‘shimcha 
o‘quv binolarini zamonaviy ta’mirlanganini 
ta’kidlash kerak. Eng asosiysi, talabalar uchun 
darslarni qiziqarli tashkil etish muhimligidan 
kelib chiqib, qator choralar ko‘rildi. Amalga 
oshirilgan o‘zgarishlar natijasida institutda 113 
ta proektor, 24 ta sensorli monitor, 50 ta smart 
televizor, 1155 ta kompyuter o‘quv jarayoniga 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin