“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
6
OLIY TA’LIMDA TUB BURILISH:
ELEKTRON TA’LIM IMKONIYATLARI
Botir To‘xtamishev –
o‘quv ishlari prorektori, t.f.n., dotsent, Jizzax davlat pedagogika instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Jizzax davlat pedagogika institutida elektron ta’lim boshqaruvi va elektron ta’lim bo‘yicha
amalga oshirilayotgan ishlar, o‘zgarishlar yoritiladi.
Аннотация:
В статье описаны изменения в управлении электронным обучением и электронным обучением на
примере Джизакского государственного педагогического института.
Abstract:
The article describes changes in the management of e-learning and e-learning using the example of the Jizzakh State
Pedagogical Institute.
Kalit so‘zlar:
Ta’lim, oliy ta’lim, elektron ta’lim, elektron boshqaruv, talaba, o‘quv jarayoni, elektron adabiyot, konsepsiya.
Ключевые слова:
Образование, высшее образование, электронное обучение, электронное управление, студент,
процесс обучения, электронная литература, концепция.
Keywords:
Education, higher education, e-learning, e-government, student, learning process, e-literature, concept.
Oliy ta’limda sodir bo‘layotgan
o‘zgarishlar talabalarga berilayotgan ta’lim
sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Chunki o‘quv
jarayonini zamonaviy texnik vositalar, amaliy
laborotoriyalar va multmedia imkoniyatlarini
qo‘llash orqali tashkil etilishi darslarni
qiziqarli va mazmunli olib borish imkoniyatini
bermoqda. Shu bois ta’lim jarayoniga raqamli
texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy
etish oliy ta’limni rivojlantirishning ustuvor
sohasi hisoblanadi. Hurmatli Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev oliy ta’limni rivojlantirishning
muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida axborot
texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirgan kadrlarni
tayyorlashni aytib o‘tdilar:
“Ayni
paytda
axborot texnologiyalari sohasini chuqur bilim
va malakaga ega bo‘lgan, ulardan unumli
foydalana oladigan zamonaviy mutaxassislar
milliy iqtisodiyotimiz uchun nihoyatda
zarur. Biz esa
bu masalani chuqur anglagan
holda, shu maqsadga erishish uchun jiddiy
harakat qilishimiz shart”
1
.
Bunday kadrlarni
tayyorlash uchun oliy ta’lim muassasalari ham
o‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan
samarali foydalanishi zarur bo‘ladi.
2019-yil 8-oktabrda tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”
ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va
zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha tegishli
vazifalar keltirildi
2
. Jumladan, quyidagilarni
amalga oshirish belgilab berildi:
w
raqamli iqtisodiyot uchun yuqori
malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash
tizimini
tashkil etish;
w
zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining
mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu
borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini
uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha
1 Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. –Т.: Ўзбекистон, 2021. –Б. 230.
2 Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш Концепцияси // https://lex.uz/docs/4545884
sharoitlar yaratish;
w
ta’lim jarayonlarini raqamli
texnologiyalar asosida individuallashtirish,
masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish,
vebinar, onlayn, "blended learning", "flipped
classroom" texnologiyalarini amaliyotga keng
joriy etish;
w
zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim
dasturlarini tashkil etish;
w
ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar,
seminarlarni onlayn kuzatish va o‘zlashtirish
imkonini beruvchi,
shuningdek ularni elektron
axborot saqlovchilarga yuklovchi "E-MINBAR"
platformasini amaliyotga joriy etish, ta’lim
jarayonlarida "bulutli texnologiyalar"dan
foydalanish;
w
masofadan turib foydalanish imkonini
beruvchi elektron kutubxona tizimini keng joriy
etish, talabalarning oliy ta’lim muassasasida
o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kutubxona
fondi, axborot bazalaridan foydalanishini
yo‘lga qo‘yish orqali ularning kasbiy malakasini
uzluksiz oshirib borish imkoniyatlarini
kengaytirish;
w
milliy elektron ta’lim resurslari
yaratilishini jadallashtirish, xorijiy elektron
ta’lim resurslarini tarjima qilish ishlarini tashkil
etish, ta’lim jarayonida elektron resurslar
salmog‘ini bosqichma-bosqich
oshirib borish,
elektron o‘quv adabiyotlar yaratish, ularni
mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida
kutubxonalarda QR-kod yordamida elektron
resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish
tizimini yaratish;
w
oliy ta’lim muassasasining konferensiya
materiallari, bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik
va doktorlik dissertatsiyalaridan iborat ilmiy-
texnik ma’lumotlar
elektron bazasini yaratish,
kelgusidagi ilmiy-texnik ma’lumotlar yangiligini
Dostları ilə paylaş: