ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 14 oid ilmiy va amaliy tadqiqotlar yaratilgan.
Ta’kidlash lozimki, frazeologizmlarning
lisoniy madaniyatshunoslik doirasida
o‘rganish natijalari tahlili asosida
lingvomadaniyatshunoslikning integrativ
mustaqil fan sohasi ekanligi e’tirof etiladi.
Tilshunoslik tarixida til va madaniyatning
o‘zaro munosabati birinchidan: til
madaniyatning oddiy in’ikosi, ikkinchidan: tilni
madaniyat, falsafa va psixologiyaning negizi,
ya’ni tilning madaniyatga ta’sirini birlamchi
deb hisoblaydigan hamda uchinchidan:
til – biz ajdodlarimizdan meros qilib olgan
madaniyatning tarkibiy qismi, til – biz uning
yordamida madaniyatni o‘zlashtirishimizdagi
asosiy vosita va nihoyat til – ruhimiz voqeligi
kabi uch yondashuv e’tirof etiladi.
Bunda lingvistika va madaniyatshunoslik
paradigmalari kesishmasida paydo bo‘lgan
lisoniy madaniyatshunoslik fanining
mohiyati til, mentalitet va madaniyat
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tabiatini
ochib berish hisoblanadi. Olamning lisoniy
manzarasini hosil qiluvchi verballashgan
ruhoniy va moddiy madaniyat tadqiqi lisoniy
madaniyatshunoslikning predmeti hisoblanadi.
Lingvokulturologiya – bu lingvistika va
madaniyatshunoslik kesishmasida paydo
bo‘lgan va tilda aks etgan, mustahkamlangan
xalq madaniyatlari ko‘rinishlarini tadqiq
qiluvchi fandir. Lisoniy madaniyatshunoslik
etnolingvistikaning bir tarmog‘i emas, balki
lingvistika va madaniyatshunoslikning
o‘zaro kesishma nuqtasida paydo bo‘lgan
majmuaviy ilmiy mustaqil fan sohasi bo‘lib, til
+ inson + madaniyat fenomenlarining o‘zaro
munosabatlarini o‘rganadi, ya’ni tildagi madaniy
omil va insondagi lison omillariga yo‘nalgan,
madaniyat til prizmasi orqali tavsiflanadi, ya’ni
til madaniyatni fiksatsiyalovchi va namoyon
etuvchi vosita sifatida o‘rganiladi. Tilshunoslar
lisoniy madaniyatshunoslikning predmeti
sifatida “til va madaniyatning o‘zaro ta’sir
usullari va sinxron harakatdagi vositalarni
tadqiq qilish va tavsiflash”
3
dir, – deb e’tirof
etadi. Til milliy ong, milliy tafakkur, milliy
madaniyat, milliy ma’naviyat, milliy mentalitet,
milliy xarakter kabi tushunchalarning
3 Телия В.Н. Русская фразеология: семантико-прагматический и лингвокультурологический аспекты. М.:2009.-218 с. negizini tashkil etadi, tilsiz ularning mohiyati
barqaror bo‘la olmasligini ochib berish ham
lingvomadaniyatshunoslik fanning asosiy
maqsadidir.
Olam lisoniy manzarasi va til shaxsining
milliy o‘ziga xos xususiyatlari olam manzarasi
«kishining ongiga bog‘lanmagan real yoki
ehtimoliy voqelikga nisbatan subyektning fikri
va bilimlar majmui» bo‘lsa, olamning lisoniy
manzarasi bizni o‘rab turgan olamdagi moddiy
va nomoddiy obyektlarning til vositasida
moddiylashib va badiiy tavsiflanib, yaxlit
gavdalangan shakli ekanligi anglashiladi.
Lisoniy madaniyatshunoslik lisoniy konseptlar
shakllanishida madaniyat, madaniy
mazmunning birikishi, madaniy ma’no tavsifi
hamda tadqiqot usullari bilan shug‘ullanishi
lozim. Olam lisoniy manzarasi borliqdagi
predmet va hodisalarning til vositalari bilan
milliy-madaniy qayta in’ikos etilgan lisondagi
yaxlit tasviridir.
Tilning milliy madaniyat bilan aloqasini
o‘rganuvchi lingvokulturologiya sohasida
samarali ishlar olib borilishiga qaramay,
etnosning moddiy-ma’naviy tamaddunida aks
etgan milliy ong, tarixiy tajriba, dunyoqarash,
tafakkur, milliy mental xoslanishni
namoyon etuvchi frazeologik birliklarning
lingvokulturologik tadqiqi doirasida izlanishlar
yetarli darajada amalga oshirilmadi. Zotan, har
qanday milliy tilning leksiko-frazeologik qatlami
diaxron va sinxron jihatdan etnomadaniy
aspektda tavsiflanmas ekan, uning milliy til
bilan munosabatlari haqida batafsil fikr bildirib
bo‘lmaydi.
Frazeologik birliklar asrlar davomida
shakllanib, xalq tarixini, madaniyatini, turmush
tarzini belgilab beruvchi omillardan biri bo‘lib
kelgan va bu omillarning semantik tabiatini,
boshqa tillarda muqobili uchramaydigan
mental ko‘rinish va shakllarini lingvokulturologik
tamoyillar asosida ilmiy tadqiq etish hozirgi
zamon tilshunosligining dolzarb masalasidir.
Til mohiyatini olamning lisoniy manzarasi
nuqtayi nazaridan tadqiq etish, til va madaniyat
munosabati, milliy mentallikni anglash aynan
til mohiyatini, uning kommunikativ vazifasini
chuqur va ilmiy o‘rganish ham muhimdir.
TAQVIM 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI
BAYRAMI KUNI