Tafakkur ziyosi


FRAZEOLOGIZMLARNING ANTROPOSENTRIK



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   216
2021 4-son

FRAZEOLOGIZMLARNING ANTROPOSENTRIK 
LINGVOMADANIY TADQIQI
Abdugafur Mamatov –
 professor, Jizzax davlat pedagogika instituti
Annotatsiya:
 Mazkur maqola tilshunoslikda dolzarb bo‘lgan til va madaniyat munosabati, milliy madaniyatning lisoniy manzarasi 
va ularning konseptuallashuvi masalalariga bag‘ishlangan.
Аннотация:
 Эта статья посвящена взаимосвязи языка и культуры в лингвистике, языковому ландшафту национальной 
культуры и их концептуализации.
Abstract:
 This article focuses on the relationship between language and culture in linguistics, the linguistic landscape of national 
culture and their conceptualization.
Kalit so‘zlar:
 lisoniy konsept, lingvomadaniyatshunoslik, integrativ, verballashish, olamning lisoniy manzarasi, madaniy komponent, 
konsept, kognitiv-semantik, kognitiv-pragmatik.
Ключевые слова:
 лингвистический концепт, лингвокультурология, интегратив, вербализация, языковое мировоззрение, 
культурный компонент, концепт, когнитивно-семантический, когнитивно-прагматический.
Keywords:
 linguistic concept, linguocultural studies, integrative, verbalization, linguistic worldview, cultural component, concept, 
cognitive-semantic, cognitive-pragmatic.
Hozirgi zamon lingvistikasida til va 
madaniyatning o‘zaro munosabati masalasi
konsept tushunchasi va uning bag‘rida 
lingvomadaniy tahlilning metod va usullari 
tadqiqi amalga oshirilmoqda. Tilshunoslikda 
til birliklarini lingvopragmatik, lingvokognitiv, 
antropotsentrik pradigma kabi yangi ilmiy 
konsepsiyalar asosida tadqiq etish ustunlik 
qilmoqda. Til va madaniyat munosabatini 
olamning lisoniy manzarasi nuqtayi 
nazaridan o‘rganish, milliy mentallikni anglash 
masalalarini tahlil qilish ham tilshunoslik 
uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Til birliklarining lingvokulturologik 
tadqiqi jarayonida va natijasida ularning 
mohiyati to‘laroq ochiladi, amaliy ahamiyati 
oshib boradi. “Frazeologik birliklar u yoki bu 
xalqning ma’naviy qadriyatlari, milliy tafakkuri, 
hayot tarzi hamda urf-odatlarini namoyon 
etadigan til hodisasidir”
1
. O‘zbek tilining o‘ziga 
xos xususiyatlari, shevalari, tarixiy taraqqiyoti, 
uning istiqboli bilan bog‘liq muammolarni 
aynan lingvokulturologik nuqtayi nazardan 
tadqiq etish tilimizning jahon tillari orasidagi 
munosib o‘rnini belgilashda o‘ziga xos mohiyat 
kasb etadi.
Tilshunoslikda inson faoliyatini 
o‘rganishga yo‘naltirilgan antropotsentrik 
tadqiqotlar yuzaga kelmoqda. Modomiki, 
frazeologik birliklar inson faoliyati bilan bog‘liq 
narsa-hodisa va tushunchalarni ifodalar ekan, 
shunday hodisalarni emotsional-ekspressiv, 
1 Маматов А. Ўзбек тили фразеологияси (ўқув қўлланма). Тошкент, «Наврўз» нашриёти, 2019. 11-бет.
2 Маслова В. А. Лингвокультурология. Учебное пособие. М.: 2001. 37 с.
obrazli ifodalash ehtiyoji asosida shakllanar 
ekan, ularni til va madaniyat munosabatida 
tadqiq etish yanada dolzarblik kasb etadi. 
Mazkur maqoladagi til materiallari o‘zbek 
milliy-madaniy dunyoqarashining frazeologik 
sathdagi aspektlarini tahlil va tavsif etishga 
yo‘naltirilgan.
Til u yoki bu millat madaniyatining 
elementi, qismi, fakti, omili, shakli, manbasi, 
saqlovchisi, xotirasi, translyatori, mavjudlik 
sharti hisoblanadi. Lingvomadaniyatshunoslik 
integrativ mustaqil fan sohasi sifatida olamning 
lisoniy manzarasi va til shaxsining milliy 
o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi hamda 
yuzaga chiqaradi.Tilshunos V.A.Maslova 
lisoniy madaniyatshunoslikning predmetini: 
1) noekvivalent leksika va lakunalar; mifologik 
lisoniy birliklar; 3) til paremiologik fondi; 4) til 
frazeologik fondi; 5) etalon, streotip, simvollar; 
6) til metafora va obrazlari; 7) turli tillar uslubiy 
tarzi; 8) nutqiy xulq; 9) nutqiy etiket maydoni”
2
kabi turlarga ajratib yanada aniqlashtiradi. 
Frazeologizmlar millatning mahsuli sifatida 
milliy madaniy manzarani kognitiv-pragmatik 
aspektlarda bayon etadi. Lisoniy konsept va 
uning lingvomadaniy aspektlari esa madaniy-
lisoniy aloqalarning ko‘p qirrali jihatlarini ifoda 
etadi.
Jahon va o‘zbek tilshunosligida 
frazeologik birliklarning milliy-madaniy 
o‘ziga xos xususiyatlariga hamda til va 
madaniyatning o‘zaro munosabatlariga 


“TAFAKKUR ZIYOSI”

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin