Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   216
2021 4-son

15 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
Frazeologizmlar milliy-madaniy 
xususiyatlarining ichki va tashqi belgilari 
kundalik-empirik, tarixiy va ruhiy tajribasini aks 
ettiruvchi frazeologizmlar voqelikni obrazli 
tasavvur etish asosida tilda paydo bo‘lishini 
lo‘nda va obrazli shaklda ifodalaydi. 
Frazeologik birliklarning madaniy 
komponentlari ularning obrazli asosi bilan 
bog‘lanmaydigan hamda obrazli asosi bilan 
metaforik uzayish hisobiga bog‘lanadigan 
denotativ-signifikativ mazmunli madaniy 
komponentlar guruhlariga ajratib o‘rganiladi. 
Shuningdek, frazeologik ma’no sathida ham 
ichki shakl sathida qo‘llanadigan madaniy 
komponentlar obrazli asosi: ichini mushuk 
tatalamoq, yerning tagida ilon qimirlasa bilmoq; 
etnosotsium tajribasining o‘ziga xos fragmenti 
bir qarich, chilla suvi; etnosotsiumning kundalik 
hayot tarzi bilan bog‘langan so‘z realiyaning 
mavjudligi: do‘ppisi yarimta, alifni kaltak 
deyolmaslik; asosidagi madaniy konsept: 
lafzda turmoq, nomusi bukilmoq kabilarni 
madaniy markerligining lingvistik manbalari 
sifatida belgilash mumkin. Shuningdek, 
frazeologizmlar madaniy komponentlarni 
madaniyat ijtimoiy-psixologik, tamaddun va 
faoliyat nuqtayi nazaridan ajratib tahlil etish 
maqsadga muvofiq. Frazelogizmlarning 
kognitiv va pragmatik aspektlariga alohida 
e’tibor qaratilganligini e’tirof etish lozim.
Ularning kognitiv va pragmatik imkoniyatlarini 
namoyon etish uchun antropotsentrik 
tadqiqotlar olib borish zarur. 
Konsept borliqdagi hodisa va 
obyektlarning qanday tuzilganligi haqidagi 
tafakkur asosida yaratilgan tushunchani 
ifodalovchi fenomendir. Konseptlarning 
milliy o‘ziga xos xususiyati muhimdir. 
Konsept tafakkur jarayonida bir turdagi bir 
qancha predmetlar o‘rnini bosuvchi fikriy 
hosila, konseptlarning individual-psixik 
xususiyatlaridan ko‘ra, ijtimoiy mazmunini 
ifoda etadi. Konsept madaniyatning asosiy 
birligi bo‘lib, inson ongida madaniyat inson 
mental olamiga kirib keladi. 
Konseptlar asosida voqelikning 
xilma-xilligini, fikriy manzaralar, sxemalar, 
giperonimlar, freymlar, ssenariylar, insaytlar, 
kaleydoskopik konseptlar asosida lingvistik, 
kognitiv, kulturologik, sotsiologik nuqtayi 
nazarlardan o‘rganish imkonini beradi hamda 
hodisaning eng ko‘z ilg‘amas qatlamlarini ham 
ochib berish imkoni tug‘iladi. 
Maqolada konseptlarning milliy o‘ziga xos 
xususiyatlari muammosi oila, uy, non konsepti 
asosida tahlil etilgan. Oila makrokonsepti 
freym metodi asosida «nikoh munosabatlari», 
«qarindoshlik munosabatlari», «noqarindoshlik 
munosabatlari» semantik maydonlarida 
farqlanadi. «Nikoh munosabatlari» semantik 
maydoni er komponentli, xotin komponentli, er 
va xotin zidligi semali, uylanish yoki erga tegish 
semali va kundosh komponentli paremiyalar 
mikro maydonlarga ajratiladi. «Qarindoshlik 
munosabatlari» semantik maydoni “yaqin 
qarindoshlik” kichik semantik maydonidagi 
“ona”, “ota”, “bola, farzand” komponentli 
va “uzoq qarindoshlik” kichik semantik 
maydonidagi “tog‘a”, “jiyan”, “amma”, “xola”, 
“kelin, kuyov” va “qayn-” prefiksli komponentga 
ega paremiyalar guruhlari farqlanadi. 
O‘zbek etnosida “oila” makrokonseptining 
yadrosini “ota-ona va bolalar”, yadro 
markazini “farzandlar” mikrokonsepti, yaqin 
periferiyani “qarindoshlar” o‘zbek xalqining 
milliy madaniy dunyoqarashi “bolalar – ota-
ona hayotining mazmuni” madaniy tuzilmasi 
konseptuallashuvi paremiologik materiallar 
misolida tahlil qilinganligiga e’tibor qaratamiz: 
bolali uy – bozor, // bolasiz uy – mozor; bolasi 
ko‘p – bo‘lar boy, bolasi yo‘q – quruq soy; 
bolang yomon bo‘lsa ham, omon bo‘lsin kabi 
maqollar o‘zbek etnosida farzand ijtimoiy 
kategoriyasi muhim ahamiyat kasb etishi 
yaqqol namoyon etgan. Ayg‘ir qanday bo‘lsa, 
ot shunday; olmaning ostiga olma tushadi
bog‘ing bo‘lsa qo‘ra qil, o‘g‘ling bo‘lsa mulla 
qil; bola tuqqanniki emas, tarbiyalaganniki; 
qush uyasida ko‘rganini qiladi; daraxtga ko‘ra 
- mevasi, ota-onasiga ko‘ra – bolasi; ona 
– daraxt, bola – meva kabi maqol tipidagi 
oilaning eng muhim funksiyalaridan biri 
farzand tarbiyasi ekanligi, bu etnomadaniy 
qadriyatlar ekanligini, bunda o‘zbek milliy-
madaniy dunyoqarashining frazeologik sathda 
namoyon etishi ta’kidlanadi.
Insonning ruhiy, intellektual va emotsional 
olamini tavsiflovchi konseptlar uning tashqi 
TAQVIM 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI 
BAYRAMI KUNI


“TAFAKKUR ZIYOSI”

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin