Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   216
2021 4-son

 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
18 
bosqichi inson hayotiy faoliyatining barcha 
sohalarini avtomatlashtirish va maksimal 
darajada modernizatsiya qilish zaruratini 
keltirib chiqardi, ya’ni barcha sohalarni 
texnologiyalashtirish zarurati mavjudligiga 
olib keldi. Shu sababdan ishlab chiqarish 
jarayonlarini texnologiyalashtirishga doir 
texnologiyalar paydo bo‘lishi bilan bir 
qatorda ta’lim jarayonlariga daxldor bo‘lgan 
texnologiyalar ham paydo bo‘lmoqda, 
natijada ta’lim jarayonlarini o‘zgartirish 
pirovardida talabalar va pedagoglar o‘rtasidagi 
munosabatlarni ham o‘zgartirish uchun 
ehtiyoj sezilmoqda. V.A.Slastyoninning 
ta’kidlashicha, XX asrning ikkinchi yarmida 
texnologiya tushunchasi jamiyat ongiga 
mustahkam o‘rnashib, ijtimoiy tafakkurning 
ham ilmiy, ham amaliy rivojlanishining asosiy 
yo‘naltiruvchisiga aylangan
1
. Uning vazifasi, 
inson faoliyatining barcha, shu jumladan, 
ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida 
olimlar va tadqiqotchilardan eng samarali 
yo‘nalishlarni izlab topish uchun barcha 
yaratilgan texnologiyalar va ilmiy kashfiyotlarni 
qo‘llash orqali faqatgina ta’lim sohasiga oid 
mavjud texnologiyalar va yondashuvlarni 
takomillashtirish, u yoki bu texnologiyani 
ta’lim sohasida qo‘llash uchun uslubiy 
tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek, bu ishlab 
chiqilgan texnologiyalar va yondashuvlarning 
samaradorligini amaliyotda isbotlash. 
A.S.Bosning fikriga ko‘ra, ta’lim 
jarayonida texnologik ta’lim pedagogining 
texnologik kompetentligini shakllantirish 
jarayoni muayyan bir yaxlitlikka, tuzilishga va 
murakkablikka ega bo‘ladi va u maxsus tashkil 
etilgan pedagogik tizim sifatida namoyon 
bo‘ladi
2
. Tadqiqotimizning maqsadi texnologik 
kompetentlikni shakllantirishning asosi 
hisoblangan ta’lim jarayonining mantiqiyligi, 
qonuniyatlari, tamoyillari, tuzilmasi va faoliyat 
asosiy turlarining tavsifini hisobga olgan holda 
bunday tizimni ishlab chiqish hisoblanadi. 
Demak tizimli yondashuv va uning tuzilmaviy-
vazifaviy tahlili muhim metodologik yondashuv 
hisoblanadi. S.M.Garnevska oliy ta’limda 
texnologik kompetentlikni shakllantirish 
uchun ishlatiladigan shaxsga yo‘naltirilgan 
yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlariga 
alohida e’tibor qaratgan. Shaxsga yo‘naltirilgan 
yondashuvning asosiy ko‘rsatkichi bu – 
1 Сластёнин В.А. и др. Педагогика: учеб. пособие для студ.высш. пед. учеб. завед. / под ред. В.А.Сластёнина.- М.: Изд. центр «Академия», 2002. – 576 с.
2 Bos A.S. et al. Educational texnology and its Contributions in Students’ Focus and Attention Regarding Augmented Reality Environments and the Use of Sensors // Journal of Educational 
Computing Research. – 2019. – 57(7). – P. 1832-1848/ - URL: https://doi.org/10.1177/0735633119854033.
3 Garnevska S.M. Opportunities for forming communication texnology images in training in texnology and entrepreneurship // Balkan Scientific Review.- 2018. - №1. - Р. 34-37. 
4 Kimmons R. & Johnstun K. Navigating paradigms in educational texnology // Tech Trends. – 2019. - №63. – P. 631/ - URL: https://doi.org/10.1007/s11528-019-00407-0.
5 Klinkov G.T. The specificity of manifestation of pedagogical communication as a special construct // Scientific Vector of the Balkans. – 2018. - №1. P. 51-52.
6 Ананьев Б.Г. И др. Индивидуальное развитие человека и константность восприятия / Акад. пед. наук. – М.: Просвещение, 1968. – 332, [3] с.: ил.
7 Байкова Л.А., Гребенкина Л.К., Ерёмкина О.В. Методика воспитательной работы: учеб. пособие для студ. высш. пед. учеб. завед. – М.: Изд. центр «Академия», 2004. – 144 с.
ta’lim jarayoni doirasida talaba shaxsining 
qadriyatiga yo‘naltirishdir. Bunga talabada 
texnologik kompetentlikni shakllantirishda 
uning ichki salohiyatini ochib berish orqali 
erishiladi. Bu sohada ma’lum bir natijalarga 
erishish shaxsning barkamol rivojlanishi va 
uning o‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini rivojlantirish 
qobiliyatlarini egallashida namoyon bo‘ladi
3

R.Kimmonzning fikricha, bunday maqsadga 
erishishda eng asosiysi shaxsning hayotiy 
faoliyatning barcha jabhalarida, ya’ni ijodiy, 
madaniy, ijtimoiy va boshqa sohalarda 
barkamol rivojlanishidir. Buning yana bir 
muhim ko‘rsatkichi sifatida quyidagi holatni 
keltirish mumkin. Ta’lim jarayonida shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’limdan foydalanilganda 
talabada texnologik kompetentlikni 
shakllantirish jarayonida pedagogning 
faoliyati maslahatchi maqomiga ega bo‘ladi
4

G.T.Klinkovning fikricha, bunda talaba ta’lim 
jarayonining subyektlaridan biri vazifasini 
o‘taydi
5
. Bunda ta’lim-tarbiya vositalari va ta’lim 
usullari sifatida dialog, hamkorlikda loyihalash 
va ijodiy faoliyat kabilardan foydalaniladi. 
Texnologik kompetentlikning qadriyatlarga 
yo‘naltirilgan jihati esa talaba shaxsining turli 
qiziqish va ehtiyojlarini o‘zida mujassam etadi. 
Shaxsning kasbiy shakllanishi tushunchasi 
haqidagi tadqiqotlar B.G.Ananevning ishlarida 
keng yoritilgan bo‘lib, u bu shakllanish 
jarayonini bosqichma-bosqich amalga 
oshirilishi zarurligi va jarayonlarning bu 
bosqichma-bosqich kechish talablariga amal 
qilish lozimligini ko‘rsatib o‘tgan
6
. Texnologik 
kompetentlikni shakllantirishda olimlar 
tomonidan har doim o‘zgartirilib turilishiga 
ehtiyoj sezmaydigan uzoq vaqt davomida 
foydalanishga yaroqli bo‘lgan texnologiyalarni 
ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya jarayonlariga 
tadbiq etishlari taqozo etiladi. L.K.Grebenkina 
texnologik kompetentlik tuzilmasi tarkibiga 
texnologik, metodologik va ijodiy bilimlar 
to‘plamini, shuningdek uning mazmuniga esa 
pedagogik faoliyatni amalga oshirish, ta’lim 
jarayonini samarali tashkil etishga imkon 
beruvchi yangi texnologiyalarni shakllantirish 
va ishlab chiqishga daxldor bo‘lgan 
metodikalar, metodlar va texnologiyalarni 
joriy etishni tavsiya etadi
7
. O‘zining ilmiy 
tadqiqotlarida N.N.Manko pedagogning 
“kasbiy kompetentligi” tushunchasi tarkibiga 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM



Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin