27
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
vaziyatlarda yo‘l topa olish; tanlangan metodlar
va texnologiyalar samaradorligini oldindan ayta
olish; tanlangan o‘quv axborotni asoslab berish;
o‘z faoliyati va o‘quvchilar faoliyatini tahlil qilish
malakalarini egallash orqali sodir bo‘ladi.
O‘qitishning bosqichlar, darajalarga bo‘linishi,
o‘qitish usullari, metodlarini biriktirishning samarali
yo‘llarini aniqlash, multimedia texnologiyalarini
qo‘llash, o‘qituvchi mahorati –
buning barchasi
amaliyotda zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini
joriy etish uchun shart-sharoitlarni yaratishi
mumkin. Bunday texnologiyalardan biri integrativ-
modulli o‘qitishdir.
O‘quv modullarni qo‘llovchi “modulli o‘qitish”
tushunchasini tahlil qilib, shuni ta’kidlaymizki,
zamonaviy pedagogikada u o‘quv jarayoni sifatida
aniqlanadi, bunda o‘quv axboroti modullarga
bo‘linadi (nisbatan yakunlangan va mustaqil
birliklar, axborot qismlari). Bir necha modullarning
yig‘indisi muayyan o‘quv mavzusi yoki hatto butun
o‘quv fani mazmunini yoritib berishga imkon
beradi. Modulli o‘qitish tizimini nisbatan chuqur
ishlab chiqdi va uning nuqtayi nazariga qo‘shilamiz.
U modulli o‘qitish texnologiyasi mohiyati tahsil
oluvchi maqsadli harakatlar rejasi, axborot banki
va qo‘yilgan didaktik maqsadlarga erishish bo‘yicha
metodik ko‘rsatmani o‘z ichiga oladigan unga taklif
qilingan individual dastur
bilan yanada mustaqil
ishlay olishidan iborat deb ta’kidlaydi
5
.
Hozirgi vaqtda pedagogik adabiyotlarda
modulli dasturlar va modullarni tuzishga bo‘lgan
turli yondashishlarni uchratish mumkin. O‘z
tadqiqotimizda o‘quv reja, modulli dastur va
modullarni tuzishda, fanlararo va ichki fanlararo
integratsiyaning taklif qilinishini integrativ-modulli
o‘qitish deb ataymiz.
Bu holda modulli dastur qandaydir
mutaxassislik yoki yo‘nalishning markaziy fani
mantiqiy tuzilmasiga ko‘ra shakllanadi. Ta’limda
integratsiya – bu ta’lim muassasalari, tizimlar,
turli fanlarning ta’lim dasturlari mazmuni birikishi,
organik qo‘shilishi.
Psixologik-pedagogik adabiyotlar
shuni
aniqlashga imkon berdiki, olimlar modulli
o‘qitish texnologiyasiga turli nomlar beradi:
muammoli-modulli o‘qitish (M.A.Choshanov),
modulli o‘qitish (P.A.Yusyavichene), modulli
o‘qitish tizimi (P.I.Prokopenko), modulli kasbiy
yo‘naltirilgan o‘qitish (N.V.Bloxin, I.V. ravin), blokli-
modulli o‘qitish (S.Y.Batishev), modulli-reyting
o‘qitish texnologiyasi, kredit-modulli tizim va
hk. Tadqiqotimizda o‘quv jarayonda pedagogik
fanning ikki nisbatan avtonom sohalari –
modulli va integrativning birikmasini nazarda
tutib, yig‘indida ta’lim mazmuni
va texnologiyasi
Dostları ilə paylaş: