“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
28
murakkabligi ortdi, ularni tizimlar ko‘rinishida,
ya’ni muayyan tuzilma, keng xususiyatlar to‘plami
va turli xil tashqi va ichki aloqalarga ega o‘zaro
bog‘langan belgilar majmuasini ko‘rib chiqish va
yaratish zaruriyati yuzaga keldi. Demak, o‘zaro va
tashqi muhit o‘rtasida ayrim belgilarning o‘zaro
bog‘liqligi va o‘zaro ta’sirini e’tiborga, ularning
ishlashi turli oqibatlarini hisobga oladigan tizimli
loyihalashtirish paydo bo‘ldi. Tizimli loyihalashtirish
loyihalashtirish obyekti (model) va loyihalashtirish
jarayoni (tuzilma, tamoyillar) birgalikda ko‘rib
chiqishga asoslanadi.
Oliy ta’lim muassasasida integrativ-modulli
o‘qitish asosida texnologiya o‘qituvchilari kasbiy
tayyorgarligi samarali ishlashini ta’minlovchi
asosiy mexanizmlar yaratilishi kerak: rejalashtirish,
tashkiliy, motivatsiyaviy,
nazorat qiluvchi va
to‘g‘rilovchi. Asosiy ishlash mexanizmlarining
har biri hajmi va mazmuni OTMda muvofiq o‘quv
jarayoni bosqichi bilan aniqlanadi. Masalan,
boshlang‘ich bosqichda fanlararo integratsiyani
hisobga olgan holda asosiy ta’lim dasturi, o‘quv
rejasi, ishchi dasturlari ishlanmasi, ichki fanlararo
modullarning, ya’ni rejalashtirishning ishlanmasi
amalga oshiriladi
7
. O‘quv jarayonini tashkil qilish
bosqichida o‘quv-metodik boshqarma, integrativ-
modulli o‘qitishni qo‘llash bo‘yicha kafedralar
tomonidan izchil boshqaruv harakatlari zarur. Shu
bilan bir vaqtda professor-o‘qituvchilar tarkibining
tizimning ishlashi va takomillashuviga nisbatan
qiziqishini qo‘llash, ularni rag‘batlantirish va
motivatsiya zarur.
Texnologiya o‘qituvchilari kasbiy
tayyorgarligi didaktik tamoyillar talablariga bog‘liq.
Integrativ-modulli o‘qitish nazariyasi har qanday
didaktik nazariya kasbi uning umumiy yo‘nalishi,
maqsadi, mazmuni, bilish faoliyatini tashkil qilish
va boshqarishni aniqlovchi didaktik tamoyillarga
tayanadi.
Demak, nazariy tasavvurlarni amaliyot bilan
birlashtiruvchi ko‘prik bo‘lib o‘qitish tamoyillari
hisoblanadi. Zamonaviy didaktikada o‘qitish
tamoyillari pedagogik faoliyat va umuman o‘quv
jarayonini yo‘naltiruvchi tavsiyalar sifatida, o‘quv
jarayoni qonuniyatlarini hisobga olib,
pedagogik
maqsadlarga erishish usullari sifatida ko‘rib
chiqiladi. Integrativ-modulli o‘qitish qo‘llanilishining
asosiy tamoyillari sifatida o‘qitish mazmunini
ajratilgan belgilarga nisbatan moslashtirish;
jo‘shqinlik; o‘zgaruvchanlik; o‘qitish metodlari, shakl
va vositalarini oqilona biriktirish; anglangan istiqbol;
7 Зарипов Л.Р. Ўқув-дастурий ҳужжат – касбий компетенцияларни шакллантириш мазмунини жорий этиш воситаси // Касб-ҳунар таълими. – Тошкент, 2014. - № 1. Б. 2-6.
8 Абдураимов Ш.С. Касб таълими ўқитувчиларини тайёрлаш сифатини таъминлашда тармоқлараро интеграциянинг педагогик имкониятларини такомиллаштириш. Дис. …
п.ф.ф.д. (PhD) – Т.: 2017. - 143 б.
metodik maslahat berishlarning har tomonlama
ekanligi; boshqaruvchanlik; tizimli nazorat
tamoyillarini kiritadi. Talabalarni integrativ-modulli
o‘qitish asosidagi metodik tizim umumdidaktik
tamoyillar bilan chambarchas bog‘langan o‘ziga
xos tamoyillarga tayanadi: modullik, tizimlilik va
izchillik, maqsadni qo‘yishlik va anglangan istiqbol;
integrativlik, o‘zgaruvchanlik.
Modullik tamoyili ko‘rib chiqilayotgan
o‘qitish turi uchun “modul”
tushunchasi asosiy
hisoblanganda o‘qitishga yondashishni aniqlaydi,
u ma’nosi va mazmunini yanada to‘liq tavsiflaydi.
Modullarning yig‘indisi esa o‘quv fani mazmunini
o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Tizimlilik va izchillik
tamoyili modullar soni va to‘ldirilishi, o‘rganilish
izchilligi, har biridagi nazariy va amaliy qismlarning
o‘zaro munosabatini o‘rnatadigan o‘quv kursini
integrativ-modulli o‘zgartirish asosiga solingan.
Integrativ-modulli o‘qitishda izchillik integrativ
kursni tizimli o‘rganish uchun asoslar yaratadi.
Maqsadni qo‘yishlilik va anglangan istiqbol
tamoyili tahsil oluvchilar tomonidan yaqin, o‘rta va
uzoq (istiqbolli) o‘qitish maqsadlarining anglanishi
va tushunilishini ko‘zda tutadi. Integrativlik tamoyili
kurs va turdosh fanlar ichida takrorlanishlardan
qochishga imkon beradi,
belgilarni butunga
birlashtiradi, sifatiy yangi ta’limga olib keladi
8
.
O‘zgaruvchanlik tamoyili talabalarning o‘quv
faoliyati mazmuni variativligi va darajalari
murakkabligiga asoslangan.
Texnologiya o‘qituvchilarini integrativ-
modulli o‘qitish asosida rivojlantiruvchi xususiyatni
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar
quyidagi guruhlar orqali aniqlanadi: boshqaruv-
tashkiliy, ta’limiy-texnologik va motivatsiyaviy-
shaxsiy. Ta’limiy-texnologik – integrativ-modulli
o‘qitish kontekstida universitet kafedralarini
umumiy integrativ aloqalar bilan birlashtirish
orqali aniqlanadi, integrativ-modulli o‘qitish zaruriy
tashkiliy va metodik ta’minotga, texnologiya
o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi darajasining
rivojlangan va amaldagi pedagogik monitoringiga
ega. Motivatsiyaviy-shaxsiy – professor-
o‘qituvchilar tarkibining oliy ta’lim muassasalari
talabalarining integrativ-modulli o‘qitilishi
metodik ta’minlanishini yaratish va qo‘llash, o‘quv
materialini modulli o‘zlashtirishda talabalarning
tayyorgarligi va faolligiga qiziqish va
motivatsiya
orqali aniqlanadi.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA
INNOVATSION TA’LIM