BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA O‘QITUVCHILARI KASBIY TAYYORGARLIGIDA INTEGRATIV- MODULLI O‘QITISH ASOSLARI Lochin Rustamovich Zaripov – p.f.f.d. (PhD), dotsent, TKTI Yangiyer filiali Sevara Erkin qizi Zaripova – o‘qituvchi, Sergeli tuman 300-DIU maktabi Annotatsiya: Ushbu maqolada texnologiya o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi, umumiy o‘rta ta’limda “Texnologiya” fanining o‘rni, texnologiya o‘qituvchilari tayyorgarligi nazariy asoslari va uni kelgusida rivojlantirish bosqichlari hamda takomillashtirish mexanizmlari tahlil qilingan. Modulli o‘qitish, integrativ-modulli texnologiyalariga ta’riflar berilgan. Bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligida integrativ-modulli o‘qitishning nazariy asoslari keltirib o‘tilgan. Аннотация: В статье анализируется профессиональная подготовка учителей технологии, роль предмета «Технология» в общем среднем образовании, теоретические основы подготовки учителей технологии и этапы ее дальнейшего развития и механизмы совершенствования. Модульное обучение, даны определения интегративно-модульных технологий. Приведены теоретические основы интегративно-модульного обучения в профессиональной подготовке будущих учителей-технологов. Abstract: The article analyzes the professional training of technology teachers, the role of the subject "Technology" in general secondary education, the theoretical foundations of the training of technology teachers and the stages of its further development and the mechanisms of improvement. Modular training, definitions of integrative modular technologies are given. The theoretical foundations of integrative-modular training in the professional training of future teachers-technologists are given. Kalit so‘zlar: texnologiya, kompetent, loyihalash, modul, integrativ-modulli, integratsiya, motivatsiya, metod, shakl, vosita, qiziqish. Ключевые слова: технология, компетенция, дизайн, модуль, интегративный модуль, интеграция, мотивация, метод, форма, инструмент, интерес. Keywords: technology, competence, design, module, integrative module, integration, motivation, method, form, tool, interest. Respublikamizda professional ta’lim
muassasalarini tashkil etish, maktab va
professional ta’lim o‘rtasidagi uzluksizlikni
ta’minlash, ta’lim muassasalarini moddiy-texnik
bazasini kengaytirishning me’yoriy asoslari
yaratildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
“uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish
yo‘lini davom ettirish, ta’lim darajasini sifat
jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish”
asosiy ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.
Shundan kelib chiqib, texnologik ta’lim mazmunini
modernizatsiyalash, interfaol o‘qitish metodlari
va texnologiyalarini amaliyotga keng tatbiq etish
imkoniyatlari kengaytiriladi.
1
Texnologiya o‘qituvchilari kasbiy
tayyorgarligini, umumiy o‘rta ta’limda “Texnologiya”
fanining o‘rnini, texnologiya o‘qituvchilari
tayyorgarligi nazariy asoslarini va uni kelgusida
rivojlantirish bosqichlarini hamda takomillashtirish
mexanizmlarini aniqlamasdan tahlil qilib bo‘lmaydi.
Umumta’lim maktabda maktab o‘quvchilarini
mehnatga o‘qitish va texnologiya o‘qituvchilari
kasbiy tayyorgarligi bir necha bosqichdan o‘tdi.
Eng asosiy bosqichlarga quyidagilarni kiritish
mumkin
2
:
I bosqich (XIX asr oxiri - XX asr boshi.
(1918-y.)). Maktab o‘quvchilarini mehnatga
o‘qitish sanoat rivojlanishiga yordam beruvchi
vositalardan biri sifatida ko‘rib chiqilar va birinchi