Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   216
2021 4-son

1 Исянов Р.Г., Маматов Д.Н. ва бошқалар. Олий таълим муассасалари профессор-ўқитувчиларининг малакасини ошириш технологиялари. Монография. – Т.: Фан, 2011. – 200 б.
2 Исянова А.Р. Личностно ориентированный подход формирования креативного потенциала педагогических кадров // Педагогик таълим. – Ташкент, 2013 - №4, - С 8-13. 
(13.00.00. № 6)
bo‘ladi. Konvergent fikrlash shaxs intellektini, 
divergent fikrlash esa kreativlikni belgilashga 
xizmat qiladi.
S.Spirmenning ta’kidlashicha, kreativlik 
bu inson aql kuchining yuqori darajasidir, u 
mavjud aloqadorliklarni o‘zgartirish va yaratish 
orqali yangi mazmunni tarkib toptiradi. 
V.Simpson esa uni umumiy qabul qilingan
tafakkur jarayonida g‘oyalarga amal qilishning 
odatiy tartibini buzishga qodirlik, deb izohladi. 
E.Torrans kreativlik – bu maxsus emas, 
balki umumiy intellektning konstellyasiyasi, 
sermahsul tafakkurga xos shaxsiy tavsif va 
qobiliyatlarga asoslangan umumiy qobiliyat, 
deb hisoblagan. U bilim yetarli emasligi 
sharoitida; yangi tuzilma va aloqalarga tegishli 
axborotni kiritish jarayonida, zaruriy axborotni 
identifikatsiya qilishda, yangi yechimlarni 
izlash va ularni tekshirish vaqtida, natijalarni 
taqdim etishda namoyon bo‘ladi. Kreativlik 
ostida u mavjud kamchiliklarning keskin qabul 
qilinishini, bilimlardagi nuqsonlarni va “oq 
dog‘”larni tushungan.
V.N.Petrova, A.N.Petrovning 
ta’kidlashicha, kreativlik – bu hayratlanish, 
g‘ayriodatiy vaziyatda yechim topish, yangilikka 
intilish, shaxsiy tajribani chuqur anglashga 
bo‘lgan qobiliyat. Turli nuqtayi nazarlarga 
qaramay, deyarli barcha ta’riflarda kreativlik 
(shaxs va jamiyat uchun) yangilik yaratish 
bilan bog‘liq ekanligi anglashiladi. Yuqorida 
bayon etilganlarni inobatga olib, ta’limni 
axborotlashtirish sharoitida pedagog kadrlar 
kreativ salohiyatining ta’rifi aniqlashtirildi. 
Unda pedagogik tizimda mutaxassis kasbiy 
faoliyatining g‘ayriodatiy yondashuvlarni ishlab 
chiqish bo‘yicha uning faolligini ta’minlaydigan 
kompetensiya tushuniladi
2
.
Ma’lumki kasbiy pedagogik faoliyat avval 
egallanganlarni (moslashuv, reproduksiya, 
bilim va tajriba qo‘llanishi) o‘zlashtirishdan 
boshlanadigan va keyinchalik mavjud 
tajribani o‘zgartirishga olib keladigan bo‘lib, 
pedagogik vaziyatga moslashuvdan uning 
o‘zgarishigacha bo‘lgan yo‘l pedagog kadrlar 
faoliyati ijobiy dinamikasining mohiyatini 
anglatadi. Pedagogik faoliyatga rivojlantiruvchi 
innovatsion yondashuvlarni inobatga olib, 
pedagog kadrlarning kreativ salohiyatini: 
faoliyatli, samarali, shaxsiy, muhitga doir
muammoli aspektlarda o‘rganish lozimligi 
belgilashimiz mumkin. Pedagogning kasbiy 
muhim xislati, muvaffaqiyatga erishish siri 
innovatsion pedagogik faoliyatga intilishi 
hisoblanadi. Bundan bo‘lajak pedagoglarning 


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
34 
innovatsion faoliyatga moyilligi pedagog 
kadrlar kreativ salohiyatining muhim tarkibiy 
qismi, degan xulosaga kelindi. Ta’kidlash 
joizki, kreativ salohiyat pedagog tomonidan 
yangi metod va usullarni izlash, standartlardan 
voz kechishga bo‘lgan zaruriyatning anglanishi 
orqali ham shakllanadi. Shu tariqa jamiyat 
va ta’lim-tarbiya jarayoni maqsadlari ham 
muammolarni uddaburonlik bilan yechish, 
o‘qitish va tarbiyaviy ishga noodatiy 
yondashuvlarni talab qiladi.
Zamonaviy sharoitda pedagog kadrlarni 
qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish tizimi tubdan takomillashib bormoqda. 
Ko‘p hollarda kiritilayotgan yangiliklar ta’lim 
jarayoniga turli axborot texnologiyalarini tatbiq 
etish bilan bog‘liqligi kuzatiladi. Zamonaviy 
ilmiy adabiyotlarda turli obyekt, hodisa va 
jarayonlarning tavsifini ko‘proq yoritishga 
e’tibor qaratilmoqda. Ehtimol, yangi ilmiy va 
kasbiy yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi pedagog 
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirishning ixtisoslashtirilgan 
tizimini jahon talablari tajribasi asosida ishlab 
chiqishni taqozo etadi. Unda o‘qitishning faqat 
mazmuni emas, balki usul va vositalari ham 
axborotlashtirish bosqichining talablariga 
muvofiq yangi axborot texnologiyalaridan 
foydalanish hisobiga intellektual faoliyatni 
global ratsionallashtirish, zamon talablariga 
javob beradigan kreativ fikrlaydigan 
mutaxassislar tayyorlash samaradorligi va 
sifatini keskin oshirishdan iborat bo‘ladi, 
bunga o‘z navbatida, pedagog kadrlarning 
informatsion madaniyati kompyuter bilan 
ishlash bilim va ko‘nikmalari bilan chegaralanib 
qolmaydi hamda informatsion dunyoqarash
informatsion yo‘nalganlik va shaxs kreativligi, 
egallangan yangi informatsion bilim, 
malakalarni qo‘llash qobiliyati va shaxs 
rivojlanishining bir qirrasi sifatida qaraladi.
Kreativ salohiyatni shakllantirish uchun 
mikro-, mezo- va makroomillarni inobatga 
olgan holda kasbiy faoliyat muhitini yaratish 
zarur. U ta’lim subyektlarining funksionalligi 
va kreativligini ta’minlaydigan makon omilini 
qaror toptirishga xizmat qiladi. Kreativ ta’lim 
muhitiga qo‘yiladigan asosiy talablarga 
noaniqlik va ziddiyatlilikning yuqori darajasi, 
uzviylik va uzluksizlik, ta’lim oluvchini qabul 
qilish va uni ta’lim jarayonida faol ishtirok 
etishga chorlash kabilarni kiritish mumkin.
Kreativlik shaxsning individual xislati 
ekanligini hisobga olib, kreativ salohiyatni
shaxsiy yondashuvsiz shakllantirib bo‘lmaydi, 
3 Исянова А.Р. Условия создания среды по формированию креативного потенциала педагогических кадров // Педагогик таълим. – Ташкент, 2014 - №1, - С 8-12. (13.00.00. № 6)

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin