ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 30 soatlariga bog‘lanib qolmasdan darsdan
bo‘sh vaqtlari ham dars mashg‘uloti davomida
olgan bilim ko‘nikma va malakalarini darsdan
keyin qo‘shimcha ravishda mustahkamlasa,
o‘z ijodiy qobiliyatlarini o‘quv ustaxonasida
shakllantirsa, boyitsa maqsadga erishilgan,
qaysidir yutuqlarni qo‘lga kiritishlarida asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Ijodkorlik – bu nafaqat xalq xo‘jaligi
uchun zarur bo‘lgan ijobiy samarali texnik
yechim, balki obyektiv borliqni bilish yo‘li
hamdir. O‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil
qilishda ikki o‘zaro bog‘liq vazifani e’tiborga
olish lozim. Ularning birinchisi – o‘quvchilar
ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashni
rivojlantirish, bilim egallashdagi intiluvchanligi,
ilmiy dunyoqarashini shakllantirish bilan,
ikkinchisi – o‘zlashtirilgan bilimlarni o‘zlari
uchun tanish bo‘lgan jarayonlarda va amaliy
faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish
bilan belgilanadi. Odatda ijodkor o‘quvchilar
eng yaxshi ma’lumotlarni o‘zlashtirishga
va amaliy tajribalarni egallashga intiladilar.
Ijodkorlik faoliyatini eng yuqori natijasi sifatida
ixtirolar ilmiy kashfiyotlar kabi, ma’lumotlarni
tahlil qilish va qayta ishlash jarayonida
yaratiladi.
O‘quvchining ijodkorlik qobiliyatini
shakllantirishda STEAM va SMART ta’limidan
foydalanish keng imkoniyatlarni yaratadi.
Buning amaliy natijasi sifatida usbu ta’lim
o‘z ichiga ijodkorlikning barcha parametr va
ko‘rsatkichlarini qamrab olgan.
«STEAM» abbreviaturasi (qisqartmasi)
birinchi marta 1990-yillarda amerikalik
olimlar tomonidan taklif qilingan, biroq faqat
2000-yillardan faol qo‘llana boshlagan.
«STEAM» Science – tabiiy fanlar, Technology –
texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik,
Art – san’at, Mathematics – matematika
ma’nolarini anglatadi.
«STEAM – ta’lim» komponentlari
quyidagilardan iborat: fanlararo integrativ
yondashuv; ilmiy-texnik bilimlardan real
hayotda foydalanish; tanqidiy fikrlash;
o‘z kuchiga ishonchni tarbiyalash; faol
kommunikatsiya va jamoaviy ish; texnik
fanlarga qiziqishni rivojlantirish; loyihalarga
kreativ va innovatsion yondashuv; texnik
ijodkorlikka motivatsiyani rivojlantirish; kasbga
erta yo‘naltirish; ta’lim oluvchilarni texnologik
innovatsiyalarga tayyorlash kabi xislatlar
o‘quvchining ijodiy qobiliyatlarini oshiradi.
Texnologiyalarning jadal rivojlanishi
kelgusida faoliyati yuqori texnologiyalar bilan
“IT”, “Big Data” mutaxassislari, dasturchilar
3 Abduraimova G.O. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “Texnologiya” fanini o‘qitishga tayyorlash yo‘llari va vositalari. // Pedagogika. – Toshkent, 2019. – №1. – B. 20 – 28. kasblariga talab katta bo‘ladi. Bu kabi ijtimoiy
buyurtmaga ta’lim tizimi robototexnika,
dasturlash, modellashtirish (STEAM)
to‘garaklari sonining ortishi bilan javob
qilishini bugungi davr talab qilmoqda. Biroq
ilmiy-texnik bilimlar yetarli emasligi haqida fikr
tobora ko‘p takrorlanmoqda. Kelgusida “4K”
(kommunikatsiya; kooperatsiya; kritik (tanqidiy
fikrlash); kreativlik) XXI asr ko‘nikmalariga
talab ortadi.
Hozirgi vaqtda yuqori texnologiyali
mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar
zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga
aylanmoqda. Zamonaviy maktablarda
robot dizayni, modellashtirish va dizayn
loyihalashtirish ishlari yetakchi o‘rinni
egallamoqda.
Mamlakatimizning raqobatbardoshligini
oshirish uchun ko‘proq texnik ta’lim talab
etilayotganligi dolzarb muammolardan
hisoblanadi. Bugungi kunda STEM ta’limi
jamiyat va davlatning rivojiga katta hissa
qo‘shadigan yuqori malakali mutaxassislarni
tayyorlash imkonini bermoqda.
Ma’lumki, zamonaviy ta’lim tizimi,
an’anaviy ta’limdan farqli o‘laroq, amaliyotda
o‘rganilayotgan ilmiy-nazariy va metodik
uslubni kundalik hayotda qanday qo‘llash
mumkinligini ko‘rsatishga imkon beradigan
aralash muhit hisoblanadi. Matematika
va fizika bilan bir qatorda o‘quvchilar
robototexnika va dasturlashni o‘rganadilar. Bu
jarayonda o‘quvchilar aniq va tabiiy fanlardan
olgan bilimlarini texnologiya fanida amaliy
natijasini shaxsan ko‘rib turadilar.
STEAM ta’limining muhimligi shundaki,
haqiqiy fan sohasida ta’lim sifatining pastligi,
moddiy-texnika bazani yetarli darajada
emasligi, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning sust
motivatsiyasi – bularning barchasi ta’lim
tizimining eng katta muammosidir. Shu
bilan birga, bosqichma-bosqich rivojlanib
borayotgan davlatimiz yuqori texnologiyalar
sohasidagi fanlarning turli xil ta’lim yo‘nalishlari
bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni
tayyorlashni talab qiladi.
STEAM ta’limi negizida o‘quvchilarning
muntazam ravishda bilimlarni o‘zlashtirish va
ijodiy izlanish yotadi. Bunday izlanish amaliy
faoliyat jarayonida bilimlarni olish, ulardan
amaliyotda qayta foydalanish, ya’ni o‘yinlarda
turli konstruksiyalar tuzish, texnik ijodiyot
elementlarini qo‘llab, bilim olishga oid tadqiqot
ishlarida amalga oshiriladi
3
.
STEAM ta’limi o‘quvchining rivojlanishini
tashqi olam bilan bevosita bog‘laydi. Ma’lumki,
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA
INNOVATSION TA’LIM