Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   216
2021 4-son

School, Medan. International Journal Of Scientific & Technology Research. Vol. 6. Issue 07.P- 33
2 Rindilla Antika1), M.Khairi Ikhsan2) STKIP PGRI Sumatera Barat, TEACHERS’ NONVERBAL COMMUNICATION IN ENGLISH. TELL-US Journal, Vol. 4, Issue 1, March 2018, P-ISSN: 2442-
7608; E-ISSN: 2502-7468 STKIP PGRI Sumatera Barat – Indonesia. P-65.
3 Xu, Jiang. Et.al. 2009. Symbolic Gestures And Spoken Language Are Processed By A Common Neural System. PNAS. 106 (49). 20664- 20669; https://doi.org/10.1073/pnas.0909197106
4 Леонтьев А.А. Психология общения. – 3-е изд. – М.: Смысл, 1999. C 269.
5 Митина Л.М. Управлять или подавлять: выбор стратегии профессиональной деятельности педагога. - М.: сентябрь, 2001.- (Библиотека журнала «Директор школы» 
.вып.2,1999). C 15.
6 Arifa Bunglowala , Aaquil Bunglowala. 2015. Non verbal communication: An integral part of teaching learning process. International Journal of Research in Advent Technology (E-ISSN: 
2321-9637) Special Issue 1st International Conference on Advent Trends in Engineering, Science and Technology “ICATEST 2015”, 08 March 2015. P-372.
7 Schmitz, Andy. 2012. A Primer an Communication Studies. http://2012. books.lardbuckketorg.p-181
8 Schmitz, Andy. 2012. A Primer an Communication Studies. http://2012. books.lardbuckketorg.p-196.
o‘rgatishni kuchaytirish uchun ijobiy signallarni 
yuborish qobiliyatiga ega bo‘lish va shu bilan birga 
o‘rgatishga salbiy taʼsir qiladigan signallardan 
qochishga odatlanish”
6
. Tadqiqotchining fikriga 
ko‘ra, talabaning noverbal ifodalari o‘qituvchining 
taassurotlari, munosabati, e’tiqodlari va o‘zaro 
xatti-harakatlarini shakllantirishda muhim manba 
bo‘lib xizmat qiladi.
Ayni paytda, Andy Shmitzning ta’kidlashicha, 
noverbal muloqot so‘zlardan tashqari turli xatti-
harakatlardan ma’no yaratish jarayonidir. Noverbal 
vositalardan foydalangan holda, o‘qituvchi o‘z 
xatti-harakatlari orqali ko‘proq ma’noni yetkazadi
7

Darhaqiqat, talabalar o‘qituvchining so‘zlariga 
emas, balki turli xatti-harakatlariga ko‘proq 
e’tibor qaratishadi. Shuningdek, Shimitz noverbal 
muloqotning bir nechta turlarini ko‘rsatib o‘tadi
8
:
Kinesika, bunga birinchi bo‘lib, imo-
ishoralarni ko‘rsatish mumkin. Imo-ishoralarning 
uch turi bo‘lib, birinchisi adaptorlar hisoblanib, 
tashvish va bezovtalikni kamaytirish uchun 
ishlatiladi, chunonchi, ruchkani silkitish. Ikkinchisi, 
axborotga maxsus rozilikni anglatuvchi ramzlar 
(emblems)dir. Misol uchun, “OK”, ya’ni “zo‘r, yaxshi” 
ma’nosini berish uchun bosh barmoqni ko‘tarish. 
Oxirgi tur - illyustratorlar (bu imo-ishoraning eng 
keng tarqalgan turi va ular hamroh bo‘lgan og‘zaki 
bo‘lmagan xabarni tasvirlash uchun ishlatiladi, 
masalan: obyektning o‘lchami yoki shaklini 
ko‘rsatish uchun qo‘l ishorasidan foydalanishdir. 
Boshning harakati va holati - bu "yo‘q" belgisini 
bildirish uchun boshni oldinga va orqaga silkitish, 
bu qiziqish bildirish uchun ham ishlatiladi. Bundan 
tashqari, positsiya (posture) ham mavjud bo‘lib, 
insonning to‘rtta umumiy pozitsiyasi mavjud: 
o‘tirish, turish, cho‘zilish va yotish. Keyingisi, ko‘z 
bilan aloqa qilish, yuz va ko‘zlar kommunikatsiya 
paytda asosiy diqqat markazida bo‘lib, quloqlar, 
ko‘zlar bilan bir qatorda muloqotning ko‘p qismini 
oladi. Oxirgisi, yuz ifodasi bo‘lib, o‘qituvchi 
charchagan, hayajonlangan, g‘azablangan, 
sarosimaga tushgan, hafsalasi pir bo‘lgan, qayg‘uli, 
o‘ziga ishongan, uyatchan yoki zerikkan holatini 
namoyon etadi.
Haptika. Haptika teginish orqali aloqani 
o‘rganishga ishora qiladi, teginish ham aloqa 
to‘siqlarini yo‘q qilishning samarali usuli hisoblanadi. 
Eng o‘ta qisqarish yoki individual masofa sifatida 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM


41 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
teginish boshqalar bilan munosabatda bo‘lishning 
eng ibtidoiy va shu bilan birga nozik usullaridan biri 
bo‘lib, dalda berish, moyilliklarni ifodalash va hissiy 
yordam ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi.
Vokalika, palingvistikani - o‘rganish bo‘lib, u 
og‘zaki xabar bilan birga keladigan ovoz balandligi, 
tezligi, sifati va og‘zaki filtri kabi vokal sifatlarini 
o‘z ichiga oladi. Sinfda paralingvistikadan to‘liq 
va bog‘liq holda foydalanish samarali o‘qitish va 
o‘rganish jarayoni uchun kuchli vositadir. 
Proksemika, aloqaning makon va masofaga 
ta’siri bo‘lib, makon, aloqa va munosabatlar bir-
biri bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rish uchun 
biz faqat umumiy metaforalarda makonning 
namoyon bo‘lish usullarini ko‘rib chiqishimiz kerak. 
Masalan, odamlar o‘z masofalarini ko‘rsatish orqali 
reaksiyaga kirishadilar.
Shuningdek, A.Jozef ingliz tilini o‘qitish 
va o‘rganish jarayonida o‘qituvchilarning og‘zaki 
bo‘lmagan muloqot turlarini tahlil qilishda 
Shmitsning (2012: 196) nazariyasini oladi. Olim 
noverbal muloqot turlarini tahlil etarkan, asosan, 
yuz ifodalariga alohida to‘xtaladi. Faqat yuz 
harakatlarining o‘zi yoqimlilik, rozilik va hamdardlik 
darajasini, shuningdek, yuzni boshqarish usullarini 
bildirishini ta’kidlab o‘tadi.
9
Shu bilan birga, Anjali 
Hans o‘qituvchi-talaba muloqotida qo‘llaniladigan 
noverbal vositalarni uch turga ajratgan: birinchisi, 
tana tili – bu tananing instinktiv, ongli va an’anaviy 
ekspressiv harakatlariga, shu jumladan, tana 
va bosh harakatlariga mo‘ljallangan. Ikkinchisi, 
mimika va imo-ishoralar va boshqalar. Oxirgisi, 
paralingvistika ovoz sifati, hissiyot va nutq 
uslubini, shuningdek, ritm, intonatsiya va stress 
kabi prozodik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi, bu 
jumlalarga muvofiq paralingvistika so‘zlaydigan 
odam bilan bog‘liq
10
. Ko‘rib turganimizdek, Ajali 
Hans o‘quv jarayonida qo‘llanilishi mumkin 
bo‘lgan noverbal vositalarni Shmitsga qaraganda 
ixchamlashtirgan, lekin masofani nazardan chetda 
qoldirgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish 
mumkinki, o‘qituvchi talabalari bilan muloqotda 
ularning so‘zlaridan emas, balki imo-ishoralar, yuz 
ifodalari, intonatsiya, qaddi-qomati, nigohlari va 
tinglash tarzidan ularning hissiy holati, niyatlari va 
biror narsaga munosabati haqidagi maʼlumotlarning 
salmoqli qismini oladi. Y.А.Petrova: “imo-ishora, yuz 
ifodasi, ko‘rinish, pozitsiya baʼzan so‘zlardan ko‘ra 
ko‘proq taʼsirli va samarali”, deydi
11
. Muloqotning 
noverbal jihatlari ham munosabatlarni tartibga 
9 Joseph, Devito, A. 2002. Human Communication. Boston, MA 02116 www.ablongman.com. Pearson.
10 Hans, Anjali and Hans, Emmanuel. 2015. Kinesics, Haptics and Proxemics: Aspects of Non –Verbal Communication. IOSR Journal Of Humanities And Social Science (IOSR-JHSS). Vol 20, 
Issue 2, Ver. IV, 47-52. doi: 10.9790/0837-20244752. P-47.
11 Петрова Е.А. Жесты в педагогическом процессе: Учебное пособие. – М.: Моск. городское пед. общество, 1999. C.10..
12 Arifa Bunglowala , Aaquil Bunglowala (2015). Non verbal communication: An integral part of teaching learning process. International Journal of Research in Advent Technology (E-ISSN: 
2321-9637) Special Issue 1st International Conference on Advent Trends in Engineering, Science and Technology “ICATEST 2015”, 08 March 2015. P-372.
13 Леонтьев А.А. Психология общения. - 3-е изд. - М.: Смысл, 1999. С. 68.
14 Петрова Е.А. Жесты в педагогическом процессе: Учебное пособие. – М.: Моск. городское пед. общество, 1999. C.46..
solish, aloqalarni o‘rnatishda muhim rol o‘ynaydi 
va asosan o‘qituvchi va o‘quvchining hissiy muhiti 
va farovonligini belgilaydi. O‘qituvchi muloqotda 
mutaxasis bo‘lishi kerak , shu bois ular noverbal 
vositalarni yaxshi bilishi kerak.
12
Taʼkidlash lozimki, pedagogik muloqotning 
bu jihati yuqorida qayd etilgan mualliflarning 
tadqiqotlaridan oldin ham olimlarning diqqat 
markazida bo‘lgan. Biz shuni taʼkidlaymizki, og‘zaki 
bo‘lmagan muloqot vositalari, odatda, o‘qituvchi 
beixtiyor qo‘llashiga qaramay, taʼlim-tarbiya 
jarayonining borishida doimo o‘rinli ishtirok etadi. 
Umuman olganda, o‘qituvchilarning talabalar bilan 
o‘zaro munosabatlarida, shuningdek, har qanday 
aloqa subyektlarida og‘zaki bo‘lmagan muloqot bir 
nechta kanallar orqali amalga oshiriladi:
- yuz ifodalari;
- imo-ishora;
- aloqaning masofasi;
- vizual taʼsir o‘tkazish;
- intonatsiya.
Аmmo yuqoridagilar bilan bir qatorda 
aloqaning masofaviy turi ham muhim 
sanalishini taʼkidlamoq zarur. А.А.Leontev 
aloqa 
ishtirokchilarining 
maʼlum 
masofa 
saqlab o‘tirishlari talabalar orasida ancha ko‘p 
tarqalganligini taʼkidlaydi
13
. Chunki bu faktor orqali 
turli darajalardagi noverbal vositalaring qo‘llanilish 
doirasi kengayadi. Bu esa tinglovchi va so‘zlovchi 
o‘rtasida aloqa vositalarining ikki turi ham ishtirok 
etishini taʼminlaydi.
Y.А.Petrova auditoriyadagi o‘qituvchining 
ishini kuzatib, eng samarali aloqa zonasi birinchi 3ta 
Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin