TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING IJODKORLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI Sa’dulla Ubaydullayev – dotsent, t.f.n., Jizzax davlat pedagogika instituti Islom Yetmishovich Azamatov– magistrant, Jizzax davlat pedagogika instituti Annotatsiya: Maqolada texnologiya darslarida o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishda STEAM va SMART ta’limidan foydalanish imkoniyatlari haqida so‘z yuritilgan. Аннотация: В статье речь идёт о возможности использования на занятиях по технологиям STEAM, SMART образований при формировании творческих способностей у учащихся. Abstract: The article is focused on the possibilities of using STEAM and SMART education in the enhancement of students' creative abilities in technology classes. Kalit so‘zlar: innovatsiya, STEAM, SMART, integrativ yondashuv, motivatsiya, modellashtirish, ijodkorlik. Ключевая слова: инновация, STEAM, SMART, интегративный подход, мотивация, моделирование, творчество. Keywords: innovation, STEAM, SMART, integrative approach, motivation, modeling, creativity. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida»gi Farmonida «STEAM fanlarni va
tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va
tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining
rivojlanishiga alohida urg‘u berish, zamonaviy
innovatsion iqtisodiyot talablariga javob
beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat
ta’lim standartlarini joriy etish»
1
ustuvor vazifa
sifatida belgilab berildi. Natijada, umumta’lim
maktablarida texnologiya fani mazmunida
kasblarga yo‘naltirish, robototexnika fanlari
o‘qitilishi, dars va maktabdan tashqari
mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijodkorligini
tarbiyalash, ularning yangiliklar yaratishga
bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish bo‘yicha
salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, ijodkorlik – o‘quvchi
egallayotgan bilimlarni mustahkamlash va
mukammallashni ta’minlash, ularda faol
va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini
shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini
rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi
hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, o‘quvchilar
kundalik yoki hayoti davomida, kelajakda
yangi ixtiro va tadqiqotlar olib-borishlarida,
bo‘lajak mutaxassislarning fan asoslarini
o‘zlashtirishda, keyinchalik bu jarayonga
bevosita rahbarlikni amalga oshirishda
ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Ijodkorlik faoliyatini
takomillashtirishning pedagogik-psixologik
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712- sonli Farmoni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 06/19/5712/3034-son. 2 Tolipov O‘.Q., Sharipov Sh.S. O‘quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari: Metodik qo‘llanma /. O‘zR Xalq ta’limi vazirligi, O‘zPFITI. -Toshkent: Fan, 2012. -160 b. asoslari o‘quvchi shaxsida muammolar
yechimini topishda o‘ziga xoslik va maqsadga
muvofiqlikda, kasbiy xislatlarning tarkib
topishida namoyon bo‘ladi. O‘quvchi shaxsi
ijodkorligini rivojlantirish izchil ravishda biri
ikkinchisining o‘rnini to‘ldiruvchi bosqichlardan
iborat uzluksiz jarayon bo‘lib, ushbu jarayonning
sifati muayyan pedagogik-psixologik shart-
sharoitlar va vaziyatlarga bog‘liqdir. Ijodkorlik
bu – moddiy yoki ma’naviy, sodda, obyektiv
yangi narsani, hozirgacha yechilmagan biror
muammoni yechish demakdir. O‘quvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning eng
muhim omili va vositasi ta’lim jarayonidir.
Bunda, ayniqsa, texnologiya ta’limi darslarining
o‘rni beqiyosdir. Texnologiya ta’limi fani
ijodkor o‘quvchilar egallayotgan bilimlarning
mustahkamligi va mukammalligini
ta’minlovchi, ularda faol va mustaqil fikrlovchi,
yuqori intellektual salohiyatli shaxs xislatlarini
shakllantiruvchi va ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantiruvchi fanlardan biri hisoblanadi.
Texnologiya ta’limi darslari hamda to‘garak
mashg‘ulotlari o‘quvchilarda o‘zi qiziqqan
soha bo‘yicha fan asoslarini o‘zlashtirishda,
keyinchalik bu ishlarga bevosita rahbarlik
qilishda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlarida
muhim ahamiyat kasb etadi. To‘garak
mashg‘ulotlarini mavzularga mos o‘quv
vositalariga asoslanib olib borish kerak. Bu
bog‘lanish o‘quvchiga atroflicha va tushunarli
ma’lumot berishda zarur manbalardan ijodiy
foydalanishni bildiradi
2
. Texnologiya darslarida
o‘quvchilar faqatgina dars mashg‘ulot
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA
INNOVATSION TA’LIM