“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
26
bilimlarni olgan, mehnat ko‘nikmalari esa
politexnik xususiyatga emas, balki kosibchilik-
hunarmandchilik xususiyatiga ega bo‘lgan. Shunga
ko‘ra, 1937-yilda maktabda mehnatga o‘qitish
bekor qilingan. Tegishli ta’lim muassasalarida
mehnat ta’limi o‘qituvchilari tayyorlash to‘xtatildi.
IV bosqich (XX asr 50-80 yy.). Qizg‘in texnik
progress, ishchi kasblarga ehtiyojning ortishi
umumta’lim maktab oldida o‘quvchilarni unumdor
mehnatga tayyorlash muammosi qo‘yildi.
1954-yilda o‘quvchilarni tayyorlash o‘quv
rejasiga
yangi fan – mehnat ta’limi kiritildi. “Umumtexnik
fanlar va mehnat” mutaxassisligi bo‘yicha
o‘qituvchilarni tayyorlaydigan industrial-pedagogik
fakultetlar ochildi, ularga maktabda politexnizm
tamoyilini qo‘llashga o‘qituvchilarni tayyorlashga
yo‘naltirish xos. Mehnat o‘qituvchilarini tayyorlash
quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilgan: ijtimoiy
fanlar, umumpedagogik va psixologik fanlar;
mehnatga o‘qitish metodikasi; umumtexnik va
maxsus fanlar; turli praktikumlar.
V bosqich (2017-yil dan hozirgi kungacha).
Respublikamizda 2017-yilda umumta’lim
maktablarida “Mehnat ta’limi” fani o‘rniga
“Texnologiya” fani kiritilgan
3
.
Fanning bosh
maqsadi bo‘lib o‘quvchilarni bozor iqtisodi shart-
sharoitlarida mustaqil mehnat ta’limiga tayyorlash,
kasbni tanlashni to‘g‘ri amalga oshirish, kasbiy
vazifalarning ahamiyatini anglashga tayyor bo‘lgan
keng bilimli, madaniy, ijodiy,
tashabbuskor va
tadbirkor shaxsni rivojlantirish va tarbiyalash
hisoblanadi.
Texnologiya o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi
muammolarining nazariy tushunilishi faqatgina
muayyan metodologik yondashishlarning
mavjudligida hal etilishi mumkinligi haqidagi
taxminni tasdiqladi. Yondashish –
nimanidir
o‘rganish, ko‘rib chiqish (obyekt, jarayon, hodisalar)
kimgadir ta’sir qilishdagi usullarning yig‘indisidir.
Metodologiya – qaysidir fan, bilim sohasida
qo‘llaniladigan metodlar yig‘indisi. Kerakli darajada
shakllangan tashkil qilish tamoyillari va usullari
tizimi barcha inson faoliyati
turlarini boshqarish va
qurish asosini tashkil qiladi.
Tizimli yondashish yagona yaxlitlikni
tashkil qiluvchi va mutaxassislarni tayyorlash
funksiyalarini bajaruvchi o‘qitishning metodik
tizimini loyihalashtirishni ko‘zda tutadi.
Kompetentli – ta’lim natijasiga e’tibor qaratiladi,
bunda o‘zlashtirilgan axborotning qiymati emas,
balki insonning turli muammoli vaziyatlarda
harakat qila olish qobiliyati ko‘rib chiqiladi, bundan
kelib chiqqan holda ta’lim natijalari ta’lim tizimi
doirasidan tashqarida ahamiyatli deb tan olinadi.
Dostları ilə paylaş: