33
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA
INNOVATSION TA’LIM
Ma’lumki, kattalar ta’limi, shu
jumladan, pedagog kadrlarning kreativ
salohiyatini shakllantirish XXI asrda uzluksiz
ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida
pedagogika fani va amaliyotining dolzarb
masalalaridan biriga aylandi. YUNESKO
tomonidan 1998-yilda Gamburgda o‘tkazilgan
Butunjahon konferensiyasida kattalar ta’limi
XXI asrda “eshiklarni ochuvchi kalit” deb
e’tirof etildi.
Jahon miqyosida pedagog
kadrlarning innovatsion salohiyati, akmeologik
kompetentligi va ijodkorligini rivojlantirish
orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning
intellektual resurslarini yaratish modellari
ta’lim jarayoniga tadbiq etilmoqda.
Respublikamizda pedagog kadrlar
tayyorlash sifatini ta’limni insonparvarlashtirish
va ijtimoiylashtirish hamda pedagog
kadrlarning kasbiy malakasini zamonaviy
yutuqlar asosida muttasil oshirib borish,
ularni zamonaviy talablarga muvofiq qayta
tayyorlashning takomillashtirilgan tizimi joriy
etildi
1
.
Pedagog kadrlarni zamonaviy bilimlarning
yetkazuvchisi, yaratuvchisi sifatida tayyorlash
va qayta tayyorlash jarayonida ularning kreativ
salohiyatni shakllantirish katta ahamiyat kasb
etadi. Kreativlikka oid tadqiqotlar asoschisi
D.Gilford muammolarning samarali yechimi
mavjud intellektual testlar bilan o‘lchanadigan
bilim va malakalarga emas, balki tezkor
ravishda turli usullar bilan vazifani hal qilish
uchun taqdim qilingan axborotni qo‘llashga
bo‘lgan individual qobiliyatga bog‘liqligini
isbotladi. Bunday o‘ziga xoslik esa kreativlik
deb nomlandi.
D.Gilford va E.Torrans kreativ
tafakkurning o‘ziga xosliklarini tavsiflovchi 16
ta intellektual qobiliyatni ajratib ko‘rsatdi. Ular
orasida tezkorlik, uddaburonlik, qiziquvchanlik
va mantiqiy fikrlash alohida ahamiyat kasb
etadi.
Keyinroq D.Gilford
mazkur qobiliyatlarni
turli yo‘nalishlarda sodir bo‘ladigan va
muammoni hal qilish yo‘llarini tasniflashga
imkon beradigan “divergent tafakkur” nomi
ostida umumlashtirdi. Konvergent fikrlash
esa faqat bitta to‘g‘ri yechimni tanlash
uchun barcha mavjud vazifalarni tahlil
qilishga yo‘naltirilganlik bilan tavsiflanadi.
Konvergent fikrlash oldindan ma’lum bo‘lgan
muammoning sodda yechimiga yo‘naltirilgan
bo‘lsa, divergent fikrlash muammo oldindan
taklif qilingan, uning yechimini izlab topishning
aniq belgilangan usuli yo‘qligida namoyon
Dostları ilə paylaş: