Jahon mamlakatlarida pedagog kadrlarga bо‘lgan ehtiyoj va ularni tayyorlash masalalari
Reja:
1. Evropada о‘qituvchilarni dastlabki tayyorlash masalalari.
2. О‘qituvchilarni ishga qabul qilish.
3. О‘qituvchilar malakasini oshirish qoidalari.
Boshqa kо‘plab kasblar kabi о‘qituvchilik kasbi tayyorgarligi dastlabki pedagogik ta’lim olingandagina tugamaydi. О‘qituvchilarga doimiy yangilanib turuvchi talablar qо‘yiladi. Professional о‘qituvchi bu yangilanishlarga tabiiy ravishda о‘z kasbiy darajasini doimiy oshirib borish bilan erishishi lozim. О‘qituvchilarni tayyorlash uzluksiz jarayon sifatida ishga kirgunicha, ishga kirayotgan vaqti va ishlayotgan davri bosqichlarini о‘z ichiga olishi kerak.
О‘qituvchilarni dastlabki tayyorlash.
Evropa Ittifoqining aksariyat davlatlarida(Daniya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya) boshlang‘ich va о‘rta maktab о‘qituvchilarining dastlabki tayyorgarligi oliy о‘quv yurtlarida kechadi. О‘rta maktabning boshlang‘ich sinflarida dars berish uchun о‘qituvchilar oliy ma’lumotli bо‘lishi kerak (Avstriya), Belgiya, Gollandiya bundan istisno.
О‘qituvchilarning kasbiy va amaliy tayyorgarligi asosiy kurs bilan bir vaqtda(baravar usul) yoki asosiy kursdan keyingi, masalan, aspirantura darajasida(izchil usul) olib boriladi. Baravar usul
bо‘yicha kirish talablariga tо‘liq о‘rta ma’lumot tо‘g‘risidagi attestat, ba’zi hollarda oliy ma’lumot olishga loyiqligi haqidagi sertifikat talab qilinadi. Izchil usul bо‘yicha dastlabki oliy ma’lumot (universitet yoki undan boshqa)ni maxsus fan yо‘nalishda egallagan talabalar muallimlikka aspirantura yoki universitetdan tashqari kurslarda tayyorlanadi.
Baravar usul о‘qituvchilarining barcha ta’lim va tayyorgarligi boshlang‘ich maktablarda izchil usulda yо‘lga qо‘yiluvchi Fransiyadan boshqa barcha davlatlarda tarqalgan. Angliyada har ikki usul ham amal qiladi, ammo maktab о‘qituvchilarini tayyorlashning baravar usuli kengroq tarqalgan.
Shotlandiyada kasbiy ta’limda lektorlar pedagog darajasini egallashlari mumkin. Bu majburiy bо‘lmasada, 85% lektorlar bu daraja sohibi bо‘ladilar. Pedagoglar tayyorlashda lektorlar uchun albatta pedagog malakasi talab qilinadi. Oliy ta’limning boshqa sohalarida lektorlar odatda bunday malakaga ega emaslar. Hozirgi kunda universitet xodimlari uchun ta’lim kurslarida pedagogik metodlarga tayaniladi.
Lektorlardan oliy ta’limda ham, undan keyingi ta’limda ham ta’lim usullarini doimiy yaxshilab borish talab qilinadi. Bu turli sabablar bilan izohlanadi. Bir qancha davlatlarda lekttorlardan yaxshi natijalarga erishish talabi qо‘yilgan qoidalar mavjud. Shuningdek:
Talabalarning muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq moliyaviy pul ulushi mavjud.
Talabalarga har bir predmet bо‘yicha sо‘rovnomalarni tо‘ldirishga beriladi. Natijalar kursdagi barcha lektorlarni jamlovchi kurs qо‘mitasi a’zolari, talabalarning vakillari, ishlab chiqarish va mahalliy jamiyatlar vakillari huzurida e’lon qilinadi.
Ta’lim sifatini tekshirishni amalga oshiruvchi inspektor va boshqa universitet xodimlari ishtiroki.
Talabalarni baholovchi professionallar guruhi.
Yomon о‘qitish mazkur kursga juda kam talabalarni tо‘plashga sabab bо‘ladi va bu о‘z navbatida kurning yopilishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |