Dastlabki kurslarni tasdiqlash Shotlandiya Davlat kotibi о‘qituvchilar tayyorlanishini bir necha yо‘l bilan nazorat qiladi:
-U maktab о‘quvchilari ta’limi kursini tasdiqlaydi.
-Tasdiqqa ega bо‘lgan, sharoitlarni yaratib beruvchi homiy tashkilotlarga kо‘rsatmalar beradi.
-Har yili malaka oshirish kurslariga kirish talablarining eng quyi darajasini ishlab chiqadi.
-T’lim uchun о‘qituvchilar soni о‘rnini nazorai qiladi.
Maktab inspektori pedagogik ta’lim sifati kafolatida muhim rol о‘ynaydi.
1994 yili angliya va Uelsda о‘qituvchilar tayyorgarligi agentligi (О‘TA) tashkil qilindi. Uning maqsadlari quyidagicha:
-Ta’limning barcha yо‘nalishlari bо‘yicha sifat va samaradorlikni yaxshilash
-О‘qituvchilarning barcha maktablarda kurslarga jalb qilinishini kafolatlash.
-О‘qituvchilarning dastlab tayyorgarligi uchun davlatrejasini ishlab chiqish hamda yangi о‘qituvchilar uchun davlat standarti va talablarini kо‘rib chiqish.
О‘TA “О‘qituvchi malakasi statusining davlat standarti”ni ishlab chiqdi. Shuningdek rо‘yxatdan о‘tgan tashkilotlarda о‘qituvchilarning dastlabki tayyorgarligi kursini muvaffaqiyatli tugatgan talabalar malakali о‘qituvchi maqomi(MО‘M)ga ega bо‘ladilar.
Har bir kurs har bir ta’lim oluvchiga har bir standart bо‘yicha alohida bahoni о‘z ichiga oladi.
Talabaga quyidagi standartlar talabi qо‘yiladi:
— Predmetni bilish va anglash.
— Rejalashtirish, sinfdagi о‘quvchilarga ta’lim berish va uni boshqarish.
— Nazorat, baholash, jurnal yuritish bayonot va hisobot berish.
— Boshiqa kasbiy talablar.
Oxirgi toifa quyidagi bilimlarni о‘z ichiga oladi: о‘quvchilarga о‘zining shaxsiy va kasbiy xulqi bilan namuna bо‘lish, kasbiy takomillashishi kerakligini anglash va pedagogika yangiliklari, о‘z predmeti yangiliklaridan xabardor bо‘lib borish.
Umumiy о‘qituvchilar kengashlari Shotlandiyada umumiy о‘qituvchilar kengashlari (UО‘K) 1965 yili tashkil qilingan bо‘lib, u shotland uqituvchilari kasbiy darajasini yaxshilash, kasbga kirishish standartlarini belgilash va bu standartlar dastlabki tayyorgarlik kurslarida ma’lum strukturalarga erishish mumkinligiga ishonchni tarbiyalaydi. Yangi о‘qituvchilar UО‘Kga shartli qabul qilinadilar. Tо‘liq a’zo bо‘lish faqatgina ikki yillik sinov muddati tugaganidan sо‘ng amalga oshadi. Tо‘liq a’zo bо‘lgan о‘qituvchilardan о‘z kasbiy darajasini uzluksiz takomillashtirish, о‘z-о‘zini baholashni rivojlantirishga tayyor bо‘lishi talab qilinadi.
Angliya va Uelsda tashkil qilingan UО‘K quyidagi muammolar chimiga yordam beradi:
— ta’lim standartlari;
— о‘qituvchilar xulqi standartlari;
— о‘qituvchi kasbining о‘rni;
о‘qituvchining tayyorgarligi, obrо‘si va faoliyati;
— о‘qituvchi kadrlar safini tо‘ldirish;
— dars berishga tibbiy jihatdan yaroqlilik.