Jahon mamlakatlarida pedagog kadrlarga bо‘lgan ehtiyoj va ularni tayyorlash masalalari
О‘qituvchilarni ishga qabul qilish Vazifaga kirishish
Yangi о‘qituvchi uchun dastlabki bir necha yil og‘ir kechishi mumkin. Bir qancha davlatlarda (Avstriya, Belgiya, Angliya, Daniya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Shotlandiya, Shveysariya) yangi о‘qituvchini dastlabki tayyorgarlik kursini muvaffaqiyatli yakunlab, ishga kirish arafasida baholash davri mavjud.
Avstriyada sinov muddati bir yildan iborat. Maktab xodimi yangi о‘qituvchining faoliyatini kuzatib borishga javobgar hisoblanadi. Yangi о‘qituvchi yil davomida haftada bir marta pedinstitutga katnash imkoniyatiga ega.
U bu muddatni qay darajada muvaffaqiyatli о‘tkazganini maktab jamoasi, ilmiy mudir, maktab inspektori va pedinstitut xodimi hal qiladilar.
Belgiyada о‘qituvchi stajer bо‘lgunicha 240 kun vaqtinchalik о‘qituvchi bо‘lib ishlashi lozim. Stajirovka yana bir yilni о‘z ichiga oladi. Bir yildan sо‘ng stajyor faoliyatini ilmiy mudir hamda maktab inspektori baholaydi. Ilmiy mudir va maktab inspektori bayonotiga asosan mazkur о‘qituvchining lavozimiga loyiq ekanligi yoki sinov muddatini yana biron yilga uzaytirish lozimligi yohud uning faoliyati umuman qoniqarsiz ekanligi hal qilinadi. Germaniyada sinov muddati bо‘lg‘usi о‘qituvchining kasbiy tayyorgarlik darajasiga qarab belgilanadi.
6 daraja mavjud: 1 — eng yuqori, 5 yoki 6 qoniqarsiz. О‘qituvchi birinchi darajada 12 oy sinov muddatida faoliyat yuritadi, 2 — 15 oy, 3 — ikki yil.
Maktab inspektori ilmiy mudir qarashlariga asosan sinov muddati nechog‘li samarali о‘tganligi haqida qaror qabul qiladi.
Daniyada sinov muddati ikki yil davom etadi. Yakuniy qaror asosan ilmiy mudir axboroti asosida maktab kengashi tomonidan qabul qilinadi. Gretsiyada dars о‘tishning dastlabki ikki yili sinov muddati hisoblanadi. Shundan sо‘ng о‘qituvchi maktab maslahatchilari tomonidan baholanadi. Baho ijobiy bо‘lgan holda о‘qituvchi о‘z vazifasida doimiy qoldiriladi.
Shotlandiyada yangi о‘qituvchi ta’limga muvofiq kursni tugatgan hamda UО‘Kning shartli ruxsati bilan о‘qituvchi hisoblanadi. Tо‘liq rо‘yxatdan utish faqatgina ikki yillik sinov muddatidan sо‘nggina amalga oshiriladi.