Fransiya va Italiya olimlarining ―Raundap‖ gerbitsidi bilan ishlov berilgan GMO makkajo‗xorisi ikki yil davomida kalamushlarga berib boqilganda ularning salomatligida o‗zgarishlar ro‗y bergan. GMO va gerbitsid ular organizmidagi jinsiy gormonlar muvozanatini izdan chiqarib, jigarida esa dimlanish va nekrozni yuzaga keltirganligi optik va elektron mikroskoplar yordamida aniqlangan. Aberdin (Shotlandiya) universiteti professori Arpad Pushtay 1998-1999 yillarda transgenli kartoshkaning ichak epiteliysiga zararli ta‘sirini va jigar atrofiyasini keltirib chiqarishini kalamushlarda tajriba o‗tkazib kuzatgan
1. Dastlabki rivojlaish bosqichlari Ushbu ilmiy tajriba 1999-2000- yillarda dunyo olimlari katta shov-shuvga olib keldi. Xuddi shunga o‗xshash tajribani qirqqa yaqin kemiruvchilar ustida olib borgan Gabina-Vakulik G.I. guruhi (2013) GM makkajohori va soya o‗simligi iste‘mol qilgan hayvonlarning ichki a‘zolarida jiddiy o’zgarishlar kuzatilganligini aniqlashgan.Dastlabkiyillarda biotexnologiyaning (genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlar) ushbu rivojlanishi ko‗plab mamlakatlarda ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgan edi.
Hozirda biotexnologiya tirik organizmlarni genetik modifikatsiyalashtirish bilanbog'liq eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Dastlab ushbu sohaga e‘tiborsiz bo‗lingan bo‗lsada, hozirgi kunda bir qancha davlatlarda genetik modifikatsiyalshtirilgan mahsulotlarni tayyorlash, sotish va tarqatish taqiqlangan. Biroq, bugungi kunda genetik modifikatsiyalashgan organizmlar oziq-ovqat havfsiligi sohasidagi yagona muammo emas
Qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan kimyoviy vositalar (agroximikatlar - qishloq xo’jaligida begona o’tlar, zararkunandalar va turli o’simlik kasalliklarini nazorat qilish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar) ham insoniyat oziq-ovqat havfsizligiga tahdid solayotgan global muammolardan biridir