“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
200
bu masala ijtimoiy munosabatlar
haqidagi bilimlar va
tasavvurlarni
takomillashtirishga xizmat qiladi.
Fuqarolik mas’uliyati haqida hozirgacha
faqat eklektik tadqiqotlar (huquqshunoslik,
siyosatshunoslik, psixologik, sotsiologik,
pedagogik va h.) asosida ilmiy manbalar
mavjud bo‘lgan. Shuning bilan birgalikda
fuqarolik mas’uliyatini milliy yuksalish
bilan o‘zaro aloqador jihatlarini, ularning
uyg‘unligi va bir-birini mazmuni hamda
mohitini mantiqan to‘ldirishi bilan bog‘liq
qonuniyatlarni o‘rganish muhimdir.
Shuningdek, rus olimlaridan S.Miller va
E.Krutixlarning ta’rif berishicha, “Fuqarolik
mas’uliyati - bu
shaxsning fuqarolik-
vatanparvarlik pozitsiyasini, uning vatan
taqdiri uchun javobgarligi, yurt kelajagi
uchun daxldorligini belgilaydigan shaxsning
yaxlit xarakteristikasidir”
4
. Mazkur ta’rifda
olimlar fuqarolik mas’uliyatni mohiyatini
ochib berishda uni faqat vatanparvarlik
va vatan taqdiri uchun javobgarlik tuyg‘usi
xususiyatlari bilan bog‘laganlar. Olimlar
bergan ta’rifda mazkur voqelikni ijtimoiy
hayot bilan bog‘liq
tomonlari, fuqaroning
sotsial tarzi va huquqiy qarashlari bilan
aloqador xususiyatlarini nazarda tutmagan.
E.Rudnevaning fikricha, fuqarolik
mas’uliyati, “tizim sifatida mavjud bo‘lib,
shaxsning atrof-muhit
va dunyo uchun
qayg‘urish harakatlarini, tajribalarini
umumlashtirib, olamga oid axborotlar
va ma’lumotlarni o‘zlashtirishidir”
5
.
Mazkur ta’rifda tadqiqotchi olim fuqarolik
mas’uliyatini shaxsning faqat atrof-muhit
va dunyo uchun qayg‘urishi va ma’lumotga
ega bo‘lishi, masalasidagi fikr bilan
ta’riflab o‘tgan, xalos. Mazkur ta’rifda u
fuqarolik mas’ulmiyatini jamiyat va ijtimoiy
munosabatlar bilan, siyosiy
tizim bilan
aloqador joylarini ko‘rsatib o‘tmagan.
I.Yarullinning ta’rificha, “fuqarolik
mas’uliyati ichki erkinlik darajasi va davlat
hokimiyatiga hurmat, Vatanga muhabbat
va tinchlikka intilish, o‘z-o‘zini hurmat qilish
va intizom, vatanparvarlikning uyg‘un
namoyon bo‘lishi va
millatlararo muloqot
4 Миллер С. Крутых Е. Особенности формирования гражданской ответственности учащейся молодёжи. Современные наукоемкие технологии. – 2013. – № 7 (часть 2) – С. 185.
5 Руднева Е. Социальная ответственность власти в отношении молодежи: социально-философский анализ. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата
философских наук. Томск, 2020. –С. 15.
6 Яруллин И.Ф. Формирование гражданской ответственности студентов педагогических вузов. Казань: Татарское Республиканское издательство «Хэтер», 2011.
7 Мирбобоев Б., Ҳусанов О., Бегматов А. Ўзбекистонда давлат хизматини ташкил этишнинг ташкилий-ҳуқуқий масалалари. –Тошкент, Академия, 2005. –Б. 81.
8 Саитқосимов А. Фуқаролик масъулияти – жамиятда қонун устиворлигини таъминлашнинг муҳим шарти. Демократлаштириш ва инсон ҳуқуқлари. №4. 2020 й. –Б. 45.
madaniyatini o‘z ichiga oladi”
6
. Olimning
bergan ta’rifida ham asosan fuqarolik
mas’uliyati fenomeni vatanparvarlik
tuyg‘usi bilan bog‘liq holda ifodalanishi
bilan birgalikda shaxsning o‘zini o‘zi
tarbiyalashi, madaniyatlararo muloqotda
namoyon bo‘lishi aytilgan. Shuningdek,
bu ta’rifda shaxsning davlat hokimiyati
bilan aloqalari borasida ham qayd etilgan
bo‘lib, fuqarolik mas’uliyati borasidagi
xususiyatlar kengroq qamroq
qamrab
olingan.
Huquqshunos olimlardan
B.Mirboboyev, O.Husanov,
A.Begmatovlarning ta’kidlashicha,
“Mas’uliyat va burch bir-biriga juda
yaqin tushunchalar bo‘lib, bu muayyan
sharoitda axloqiy me’yorlar talab qiladigan
me’yorlarni
anglashi, bajarilishini bildiradi.
Mas’uliyat esa mana shu burch qay
darajada bajarilgani yoki bajarilmagani
uchun javobgarlikni sezishdir”
7
. Faylasuf
olim A.Saitqosimovning fikricha, “Fuqarolik
mas’uliyati fuqarolarning
davlat tomonidan
chiqarilgan qonunlar va me’yoriy-
huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashda va
ularni amaliyotga joriy etishda chuqur
mas’uliyat bilan qatnashishida yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Jamiyat o‘z demokratik
rivojlanishida fuqarolarga tenglik, ozodlik va
erkinliklarni hayotiy voqelikka aylantiruvchi
turli huquqlarni berish bilan cheklanmaydi,
balki shu huquqlarga rioya qilishni, ulardan
ijodiy, jamiyat manfaatlarini ko‘zlab
foydalanishni ko‘zlaydi. Shu sababli jamiyat
qanchalik yuksak darajada demokratik
bo‘lsa, undagi fuqarolarning mas’uliyati
shunchalik keng qamrovli shakllanadi”
8
.
“Ijtimoiy-siyosiy mas’uliyat” deganda,
ijtimoiy foydali(ijobiy), ongli, iqtisodiy,
siyosiy, ma’daniy jihatdan mas’ullik nuqtayi
nazari faoliyat tushuniladi. Bundan tashqari,
huquqiy, siyosiy va ijtimoiy voqelikdan
kelib chiqib, fuqarolik siyosiy mas’uliyatga
fuqarolarga tabiatan xos bo‘lgan siyosiy-
huquqiy xususiyat
sifatida yondashish
mumkin. Bu siyosiy-huquqiy xususiyat
huquqiy va siyosiy muhit bilan insonning
Dostları ilə paylaş: