ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 56 mo‘ljallangan bo‘lib, ularga ushbu sohada o‘z
bilimlarini oshirishga xizmat qiladi. “JMN
va U innovatsion test” dasturi OTM larining
“Jismoniy madaniyat” yo‘nalishi talabalari
uchun mo‘ljallangan “Jismoniy madaniyat
nazariyasi va metodikasi” fanidan dastur
bo‘yicha mavzular yuzasidan 3 darajali
innovatsion test shaklda tayyorlangan. Dastur
nafaqat mutaxassislar uchun hamda ushbu
sohaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, ularga ushbu sohada o‘z bilimlarini
oshirishga xizmat qiladi.
Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini
o‘qitishda “Lectionsport” va “Jismoniy
madaniyat” nomli mobil ilovalardan foydalanish
bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar talabalarning
jismoniy tayyorgarligi darajasiga ta’sirini
o‘rganish uchun biz alohida tajriba va nazorat
guruhidagi 18-21 yoshdagi o‘g‘il bola talabalar
orasidan aholining jismoniy tayyorgarligi va
salomatligi darajasini belgilovchi maxsus
testlari asosida tajriba (25 nafar) va nazorat
guruhi (25 nafar) shakllantirilib sinovini olib
bordik.
Jismoniy tayyorgarlikni aniqlash uchun
quyidagi testlardan foydalanildi: 1) 60 metrga
yugurish; 2) turnikda tortilish; 3) turgan joyidan
uzunlikka sakrash; 4) polda tayangan holda
qo‘llarni bukish va yozish. 5) yugurib kelib
uzunlikka sakrash; 6) Tennis to‘pi bilan 5 m.
uzoqlikdagi 20x20 sm. nishonni urish
O‘quv yilining boshida va oxirida ikkala
guruh talabalari jismoniy tayyorgarlikni nazorat
qilish standartlaridan o‘tdilar. Pedagogik tajriba
boshidagi tadqiqot natijalaridan ko‘rishimiz
mumkinki 60 metrga yugurish tajriba guruhida
o‘rtacha 9,8 sekund nazorat guruhida esa 9.4
sekund natijani, turnikda tortilishda tajriba
guruhida o‘rtacha 11,3 marta nazorat guruhida
esa 11,8 marta tortilgan, turgan joyidan
uzunlikka sakrashda tajriba guruhida o‘rtacha
200,2 santimetr bo‘lsa nazorat guruhida esa
202,1 santimetr natijani ko‘rsatishgan. Polda
tayanch holatida qo‘llarni bukish va rostlashda
tajriba guruhida o‘rtacha 19,4 marta nazorat
guruhida esa 19,2 marta bajarishgan.
Yugurib kelib uzunlikka sakrashda tajriba
guruhida 360 santimetr nazorat guruhi esa 358
santimetr natijani, tennis to‘pi bilan 5 mertlik
uzoqlikdagi 20x20 santimetrlik nishonni
urishda tajriba guruhida o‘rtacha 3,4 marta
nazorat guruhida esa 3,3 martalik natijalarni
ko‘rsatishgan. Jadvaldan shunday xulosa
qilishimiz mumkinki tajriba va nazorat guruhi
talabalari o‘rtasida sezilarli statistik farqlar
aniqlanmadi (r>0,05). Tajribamiz boshida
har ikkala guruhdagi talabalar taxminan
bir xil jismoniy tayyorgarlik darajasiga ega
bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Pedagogik tajriba test sinovlari o‘quv
yilining oxiriga kelib, ushbu talabalarning
barchasi takroriy testda qatnashdilar jadvaldan
ko‘rinib turibdiki, barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha
sezilarli statistik farqlar aniqlandi.
60 metrga yugurish tajriba guruhida
o‘rtacha 8,7 sekund nazorat guruhida esa 9,2
sekund natijani, turnikda tortilishda tajriba
guruhida o‘rtacha 13,4 marta nazorat guruhida
esa 12,1 marta tortilgan, turgan joyidan
uzunlikka sakrashda tajriba guruhida o‘rtacha
218,2 santimetr nazorat guruxida esa 208,1
santimetr natijani, polda tayanch holatida
qo‘llarni bukish va rostlashda tajriba guruxida
o‘rtacha 25,4 marta nazorat guruxida esa 22,8
marta bajarishgan. Yugurib kelib uzunlikka
sakrashda tajriba guruhida 380 santimetr
nazorat guruhi esa 372 santimetr natijani,
tennis to‘pi bilan 5 mertlik uzoqlikdagi 20x20
santimetrlik nishonni urishda tajriba guruhida
o‘rtacha 4,1 marta nazorat guruhida esa 3,8
martalik natijalarni ko‘rsatishdi.
Olingan tadqiqot natijalari pedagogik
tajriba oxirida nazorat va tadqiqot guruhi
talabalarining jismoniy tayyorgarlik
ko‘rsatkichlarini farqlarini tahlilidan xulosa
qilishimiz mumkinki bo‘lajak jismoniy tarbiya
o‘qituvchilarini o‘qitishda yo‘naltirilgan mobil
ilovalardan foydalanish samaradorligini
tasdiqlaydi. “Lectionsport” nomli mobil
ilova talabalarga harakatli o‘yinlarni o‘qitish
metodikasi faniga asoslanib tuzilgan bo‘lib
ushbu ilova orqali bo‘lajak mutaxasislar
o‘zlarining jismoniy tayyorgarligidan kelib
chiqib individual mashg‘ulotlarining vositalarini
tanlash imkoniyati yaratilgan, ya’ni talaba
jismoniy sifatlarini va jismoniy tayyorgarligini
oshirish uchun o‘ziga mos va maqbul o‘yinlarni
tanlab o‘z mashg‘ulotiga tatbiq qilishi mumkin.
Eng ommalashgan va qulay resurs sifatida
mobil ilovalarni ishlab chiqish va yaratish
ta’limda faol qo‘llash ta’lim muhitini qiziqarli
yangi usullar bilan kengaytiradi va boyitadi, ular
talabalar fanni o‘zlashtirish va bilim olishlari
uchun osonroq va qiziqarli vosita bo‘lib xizmat
qiladi.
AMALIY FANLAR
57 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son