Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   216
2021 4-son

59 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
chiqarish, reklama va homiylikning kengayishi 
kabilar orqali sanoat sohasining kengayishini 
kо‘rsatadi. 
Sport-sog‘lomlashtirish turizmi 
pedagogikasi – bu ijtimoiy pedagogika 
yо‘nalishlaridan biri bо‘lib, bunda u siyosiy, 
huquqiy va ma’naviy-axloqiy meyorlar, shu 
ujmladan, jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy 
qadriyatlar bilan mos holda kishilarning xulq-
atvorini tartibga solish uchun, kishilarning 
ijtimoiy faoliyatini hamkorlikda tashkil 
etish va bu faoliyatni boshqarish uchun 
kishilar jamlanmasiga maqsadli о‘ziga 
xos ta’sirlarni kо‘rsatish, ijtimoiy sohada 
kishining xulq-atvorini, uning ijtimoiy muhit 
bilan 
о‘zaro 
aloqadorlikda 
shaxsning 
shakllanishi, rivojlanishi, tarbiyalanishi va 
takomillashishining nazariy hamda amaliy 
jihatlarii о‘rganadi.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmi 
pedagogikasi yoshga, motivatsion-emotsional 
sohaga, shuningdek, jismoniy va psixik 
holatiga bog‘liq holda sport-sog‘lomlashtirish 
turizmining har xil turlari bilan shug‘ullanish 
tizimida shaxsning о‘ziga xosliklari va 
tarbiyalanishi qonuniyatlarini о‘rganadi. 
Sport-sog‘lomlashtirish turizmining 
asosiy tarbiyaviy vazfialari bо‘lib quyidagilar 
hisoblanishi mumkin:
- sport-sog‘lomlashtirish 
turizmi 
vositasida jismoniy tarbiyalash va ta’lim berish;
- turistik-о‘lkashunoslik 
tadqiqotchilik 
ishlari (sport-sog‘lomlashtirish turizmi – 
turistik sayohatlar) va ekspeditsiyaviy faoliyat 
vositalari bilan har tomonlama ma’lumotli va 
rivojlangan shaxsni shakllantirish;

ijtimoiy qadriyatli va shaxsiy 
ahamiyatli maqsadlarni rо‘yobga chiqarishda 
tashabbuskorlik, ijodiy potensial, maqsadga 
intiluvchanlik 
va 
о‘z-о‘zini 
ifodalashni 
rivojlantirish vositasida tashabbuskorlikni 
rivojlantirish;
- ekologik-turistik xulq-avtor va atrof-
muhitga ta’sir kо‘rsatish kо‘nikmalarini 
egallash, ekologik va tabiatni muhofaza qilish 
tadbirlarida ishtirok etish.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmida 
ijtimoiy tarbiyaga katta о‘rin beriladi. Ijtimoiy 
tarbiyalash kishi ijtimoiy munosabatlar 
tizimiga kirishishi bilan boshlanadi. 
Mana shunday munosabatlar tashuvchisi 
bо‘lib kishilar hisoblanadigan bо‘lgani uchun 
ijtimoiy tarbiya - bu kishilarning bir-birlari 
bilan о‘zaro harakatlari kо‘rinishidagi jarayon 
bо‘lib, bu jarayon natijasida shaxsning ongi 
va xulq-atvorida ma’lum bir о‘zgarishlar 
rо‘y beradi. Ijtimoiy tarbiya о‘zida kishining 
atrof-muhitga munosabatlari shakllanishi 
jarayonini aks ettiradi. Kishining atrof-
muhitga bо‘lgan munosabatlari namoyon 
bо‘lishining uchta shakli – ratsional (shaxs о‘z 
fikrlari, baholarini shakllantirishi), emotsional 
(obyektlarga emotsional reaksiya kо‘rsatish) 
va xulq-atvorli-faoliyatli (harakatlar, qiliqlar, 
xulq-atvor) shakllarga ega bо‘lgani uchun 
bu munosabatlarni shakllantirish jarayoni 
kishining ongi, his-tuyg‘ulari, irodasiga 
maqsadli ta’sir kо‘rsatish sifatida tuzilishi 
kerak. Bu munosabatlar stixiyali tarzda 
yuzaga keladi. Biroq, jamiyat ularni maqsadga 
yо‘naltirilgan holda shakllantirish va tuzatib 
borishdan manfaatdordir. Bu borada sport-
sog‘lomlashtirish turizmi sohasi ijtimoiy 
moslashuvning meyoriy holda borishiga 
yordam beradigan shaxsning muvaffaqiyatli 
ijtimoiylashuvga kо‘maklashuvchi yetarlicha 
uyg‘un holdagi tizim bо‘lib hisoblanadi.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmida 
tarbiyalashning mazmuniy yadrosi bо‘lib 
jismoniy va ma’naviy-axloqiy tarbiyaning 
jamlanmasi sanaladi. Bu yerda bir vaqtning 
о‘zida kishining axloqiy sohasi – ongi, xulq-
atvori, his-tuyg‘ulari, munosabatlarining 
takomillashishi bilan birga jismoniy 
takomillashishi ham rо‘y beradi. 
Bundan tashqari, sport-sog‘lomlashtirish 
turizmi sohasida tarbiyalash jarayoni eng 
samarali bо‘lishi uchun bir qator vazifalarni 
bajarish zarur bо‘ladi.
1. S p o r t - s o g ‘ l o m l a s h t i r i s h 
turizmining ijtimoiy-pedagogik va ijtimoiy-
psixologik shart-sharoitlarini о‘rganish, ya’ni, 
sport turistining ijtimoiy doirasi – sport-
sog‘lomlashtirish turizmida pedagogikaning 
namoyon bо‘lishi va rivojlanishining madaniy-
tarixiy shart-sharoitlari, sport turistlari, sport 
jamoalarining ijtimoiylashuvi jarayonlari; 
sport-sog‘lomlashtirish turizmi va uning 
alohida turlarining rivojlanishidagi an’analar va 
milliy о‘ziga xosliklar; sport-sog‘lomlashtirish 
turizmida hamkorlikdagi faoliyat motivlari; 
sportchi-turistlar, murabbiylar, hakamlar, 
menejerlarning shaxslararo munosabatlari; 
sport-turistik guruhda, sport jamoalarida qulay 
psixologik iqlimning yuzaga kelishi manbalari 
va mexanizmlari; sport-sog‘lomlashtirish 
turizmining ijtimoiy-psixologik fenomenlari – 
ijtimoiy fasilitatsiya, ijtimoiy mustahkamlanish, 
yetakchilik, raqiblik, agressiya, katarsis va shu 
kabilar bilan aloqadorlikda uni о‘rganish.
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin