Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   216
2021 4-son

 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
60 
2. Sport turisti, sport-
sog‘lomlashtirish turizmi murabbiyi, 
sport hakami shaxsining shakllanishi va 
rivojlanishidagi о‘ziga xosliklarni о‘rganish; 
sport turisti shaxsining mazmuniy va 
motivatsion asoslarini, sport-sog‘lomlashtirish 
turizmidagi motivlar barqarorligi va 
dinamikasini о‘rganish; sport turistlarini 
guruhlararo taqqoslashda shaxsning о‘ziga 
xosliklarini о‘rganish; turistik-sport faoliyatini 
yakunlashda va sport mahoratini oshirish 
jarayonida shaxs dinamikasini о‘rganish; 
sport-sog‘lomlashtirish turizmi bilan 
shug‘ullanshi jarayonida shaxsning irodaviy 
xossalarini, xarakterini, temperamentini, 
harakat qobiliyatlari rivojlanishi manbalari va 
mexanizmlarini о‘rganish.
3. 
Sport-sog‘lomlashtirish turizmi 
psixologik ta’minoti asoslarini о‘rganish: 
sport-sog‘lomlashtirish turizmi turlarining 
psixik-sport dasturlarini ishlab chiqish; 
sayohatlar, spartakiadalar va boshqa shu 
kabilar davomida psixik holatlarni boshqarish 
metodlarini о‘rganish; sport-sog‘lomlashtirish 
turizmining psixik-gigiyenik omillarin 
о‘rganish; sport-sog‘lomlashtirish turizmidagi 
psixodiagnostikaning turli xil metodlari 
samaradorligini о‘rganish.
4. Ilm-fan tizimida sport-
sog‘lomlashtirish turizmi pedagogikasining 
integratsiyalashuv yо‘llarini о‘rganish va 
uning yutuqlarini sport-turistik faoliyat 
amaliyotiga kiritish: sport-sog‘lomlashtirish 
turizmi pedagogikasi va sportchi-turistlar 
hamda murabbiylarning pedagogik 
ta’limining zamonaviy nazariy konsepsiyasini 
ishlab chiqish;sport turzimi turlari, sport-
turistik faoliyat shakllarining psixologik-
pedagogik tasnifini ishlab chiqish; sport-
sog‘lomlashtirish turizmidagi pedagogik 
faoliyatning psixologik shart-sharoitlarini 
о‘rganish; sport-sog‘lomlashtirish turizmining 
har xil turlari mashg‘ulotlari uchun yoshga doir 
shart-sharoitlarni tadqiq qilish.
Umuman sport ilmi-fani va xususan sport 
pedagogikasi bir-biri bilan juda jips aloqador 
bо‘ladi va ham jismoniy tarbiyaning, ham 
sport-sog‘lomlashtirish turizmi vositasida 
tarbiyalashning nazariyasi va texnologiyasini 
sezilarli darajada boyitadi. 
Yosh va yoshi katta sportchi-turistlarni 
tarbiyalash о‘z-о‘zini tarbiyalash bilan juda 
jips bog‘ilqdir. О‘z harakatlarini tahlil qilish, 
о‘z oldiga ahamiyatli maqsadlarni qо‘yish 
bilan kishi ongli holda о‘zi istayotgan shaxsiy 
sifatlarni tarbiyalab boradi, sport turzimining 
yanada qiyinroq turlarini egallab boradi, zarur 
bо‘lgan sport kо‘nikmalari va mahoratini 
rivojlantiradi, ularni mukammallashtirib boradi.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmi – bu 
xalqlar va millatlar orasida о‘zaro tushunish va 
о‘zaro hurmatni, tabiatga va madaniy merosga 
ehtiyotkorona munosabatda bо‘lishni, kishini 
ma’naviy rivojlanishi va takomillashishi, 
jismoniy sog‘lomligi uchun samarali vositadir.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmi 
tashabbuskorlik xususiyatiga ega bо‘ladi. U 
о‘zida rekreatsion faoliyatning eng samarali 
sog‘lomlashtirish turlarini birlashtiradi, о‘z 
kо‘pincha о‘z-о‘zini moddiy va moliyaviy 
ta’minlash hisobiga mavjud bо‘ladi va aholining 
deyarli barcha kategoriyalari, birinchi о‘rinda 
maktabgacha va maktab yoshidagi bolalardan 
boshlab to nogironlar va nafaqaxо‘rlargacha 
uning ijtimoiy kam ta’minlagan qatlamlari 
uchun eng arzon va ommabop turizm turi 
bо‘lib hisoblanadi.
Havaskorlik turizmining yuqori darajada 
ommabopligi uning sezilarli darajadagi ijtimoiy 
unumi bilan uyg‘unlashadi. Havaskorlik turizmi 
– bu kishida sog‘lom ma’naviy va jismoniy 
sifatlarni, bilishga doir va о‘z-о‘zini asrash 
yо‘llarini yuzaga keltirishning zamonaviy 
texnologiyasidir. 
Bugungi kunda kishi uchun sport-
sog‘lomlashtirish turizmi oddiygina sevimli 
mashg‘ulot yoki sog‘lomlashtirish usuli 
emas, balki uning hayotining bir qismi bо‘lib 
sanaladi. Bizning mamlakatimizda mana 
shunday mashg‘ulot chuqur milliy о‘zaklariga 
ega bо‘lib, ular rus tarixining eng birinchi 
sayohatchilarining kashfiyotlari bilan bog‘liq 
orzu-umidlariga singib kirib ketgandir.
Kishining о‘zini kо‘rsatishga, boshqa 
kishilar bilan muloqotga va tabiatning 
gо‘zal dunyosi bilan tanishishga, о‘z о‘rnini 
topishga va sport yutuqlariga erishishga 
intilishi havaskorlik sport-sog‘lomlashtirish 
turizmining 
ichki 
motivatsiyasi 
bо‘lib 
hisoblanish bilan kishining sog‘lom turmush 
tarzi shakllanishiga yordam beradi hamda bu 
bilan juda katta davlat ahamiyatidagi ijtimoiy 
xususiyatga ega bо‘ladi. 
Havaskorlik sport-sog‘lomlashtirish 
turizmi – bu kishining faol dam olishi, uning 
uyg‘un holda rivojlanishining eng kо‘p qirrali 
shakli, shuningdek, sayohatdagi turmush 
sharoitlarida kishiga о‘z faolligi shaklini erkin 
tanlab olish imkoniyatini taqdim etadigan dam 
olishning eng dekmokratik turidir. 
AMALIY FANLAR



Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin