61 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son Hozirgi zamon kishisi uchun havaskorlik
sport-sog‘lomlashtirish turizmining ahamiyati
shu jumladan, sayohatlardagi ekstremal
sharoitlarda namoyon bо‘ladigan yuqori
insoniylik sifatlarining rivojlanishi, sayohatlar
yoki musobaqalarning yо‘nalishlari о‘tayotgan
mintaqalardagi turmushni, tarixni, madaniyatni
bilish-tushunishga asoslanadigan ma’naviy
muloqot imkoniyati, shaxsning ijodiy ijtimoiy-
foydali faoliyatda namoyon bо‘lishi imkoniyati,
shuningdek, uning ijtimoiy moslashuvi bilan
belgilanib, bu hozirgi davrlardagi kuchli
stressli holatlarda mustaqil ravishda yashab
qolish kо‘nikmalarining hosil bо‘lishiga yordam
beradi.
Sog‘lomlashtirish samarasi, tabiiy
muhitning kishiga ijobiy ta’siri odamda
genetik jihatdan singdirilgan tabiiy faoliyat
turlarining qayta uyg‘onishi havaskorlik
sport-sog‘lomlashtirish turizmida kuchayib,
sezilarli darajada shaharning yuqori
urbanizatsiyalashgan muhitida kishining
hayot faoliyati tizimidagi kamchiliklar о‘rnini
qoplaydi.
Shu jumladan, sport-sog‘lomlashtirish
turizmi hozirda о‘z sog‘ligi, о‘z ma’naviy
yо‘nalishlarini
yо‘qotib
borayotgan
va
tobora kо‘proq ravishda jamiyatdagi jinoiy
qatlamlarning ma’naviy qashshoq doiralariga
tortilib ketayotgan bolalar va yoshlarning
tarbiyasi uchun ham alohida ahamiyatga
ega bо‘ladi. Stressli holatlarga dosh berish
va yashab qolishga moslashishning qiziqarli,
arzon va ommabop maktabi bо‘lib hisoblanish
bilan birga havaskorlik sport-sog‘lomlashtirish
turizmi dunyosi bir vaqtning о‘zida о‘sib
kelayotgan yoshlarning armiyada xizmat
qilishga tayyorlanishlari, uning qutqaruv
otryadlaridagi ishlar bilan bog‘liq bо‘ladigan
professional tayyorgarlik darajasigacha
bо‘lgan masalalarini hal qilish, shuningdek,
ekstremal sharoitlarda kishi faoliyatining
boshqa turlari bilan bog‘liq masalalarning
yechimini topishga shart-sharoitlarni yaratadi.
Havaskorlik sport-sog‘lomlashtirish turizmi
eng yangi turistik yо‘anlishlarni ishlab chiqish,
sayohatlar strategiyasi, taktikasi, texnikasini
belgilovchi turizm nazariyasi sohasi uchun
alohida intellektual mahsulotni yaratish,
zamonaviy asbob-jihozlarni yaratish, malakali
turistik kadrlarni (sport ustalari, gidlar,
yо‘riqchilar, murabbiylar va h.k.) tayyorlash
manbasi bо‘lib hisoblanadi. Bularning barchasi
havaskorlik turizm harakatini, shuningdek,
tijorat turistik mahsulotini shakllantirishning
asosi va manbalaridir.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmida
sof pedagogik, tarbiyaviy maqsadlar bilan
musobaqalardan foydalansh metodi ham
alohida о‘rin egallaydi. Har safar u yoki
bu musobaqalashuv tadbirlarini tahlilini
о‘tkazganda konkret bir jamoa yoki kishi
uchun uning natijalari qanday ahamiyatga ega
bо‘lganligiga, muloqot jarayoni rivojlanishiga
musobaqalashuv lahzalari nima olib
kirganligiga, jamoadagi har bir a’zoning qanday
shaxsiy sifatlari musobaqada namoyon
bо‘lganligiga va bu musobaqa natijasi uchun
qanday ahamiyatga ega bо‘lganligiga tо‘xtalib
о‘tmasdan iloji yо‘qdir.
Bundan tashqari, xulq-atvorni va
faoliyatni ma’lum bir tartibga solishni
ta’minlaydigan metodlar guruhi ham katta
ahamiyatga ega bо‘ladi. Bu vaziyatda ma’lum
bir namunaga, mashqqa rioya qilishdan
foydalaniladi. Bu metodlar sport-turizm
faoliyatining barcha asosiy turlari – bilishga
doir, izlanishli-tadqiqotchilik, tashkilotchilik,
sport-sog‘lomlashtirish,
sport-kо‘ngilochar
turlarida yuzaga chiqariladi.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmi sohasida
tarbiyaviy jarayonni tuzishga yangicha
yondashuv asosida kishining ehtiyojlarini
qondirish va uning qobiliyatlarini yuzaga
chiqarish davomida kishining shakllana
borishi konsepsiyasi yotadi. Tarbiyaviy ishlar
shaxsning kundalik hayot faoliyatidan ajralgan
holda mavjud bо‘lishi mumkin emas. Murabbiy,
yо‘riqchi, menejer doimiy ravishda kishi uchun
tarbiyalashning muhim vositasi sifatida о‘rtaga
chiqadigan predmetli faoliyatga tayanadi.
Yakuniy hisobda uning ishi kishi shaxsini
shakllantirishga va tarbiyalashga yо‘naltirilgan,
sport-turizm faoliyatining yangi dastagi
sifatida shu faoliyatni ilmiy asoslangan holda
tartibga solishdir.
Sport-turizm faoliyati – bu shaxsning
ijtimoiy sifatlari rivojlantirishning samarali
muhitidir. Faoliyatning mana shu turida
ishtirok etishga bog‘liq holda tajriba, bilim
va mahoratning tо‘planishi, ijodiy va jismoniy
kuchlarning takomillashtirilishi, madaniyat,
tabiat, ma’naviy qadriyatlarga jalb etilish, foydali
motivatsiya, fik-mulohazalar, qarashlarning
shakllanishi rо‘y beradi. Faoliyatli xulq-atvor
о‘z-о‘zini anglashning yuzaga kelishiga imkon
beradi, yо‘nalishlarni tuzatib turishga yordam
beradi, taqlid qilish uchun namunalarni taqdim
etadi, hissiyotlar madaniyatini shakllantiradi.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmi kishini
AMALIY FANLAR