“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
70
bo‘lgan bir nechta tarkibiy qismlardan iborat:
a)
Pedagogik faoliyatning eng
muhim tarkibiy qismi – o‘qituvchining
ijtimoiy rivojlanishning ehtiyojlari, jamiyat
tomonidan shaxsga qo‘yiladigan asosiy
talablarni bilishidir. Bu komponent pedagogik
faoliyatning mazmunini, xarakterini, uning
maqsad va vazifalarini belgilaydi. O‘qituvchi
ma’lum tashkiliy shakllar, usullar, vositalar
yordamida
maqsad sari boradi, murakkab
va mas’uliyatli vazifani – insonda shaxsni
shakllantirish jarayonining bir bo‘lagi, ya’ni
musiqa orqali insonning o‘ziga xos dunyosini
ochishda yetakchilik qiladi. O‘qituvchi ishining
samaradorligi va sifati pedagogik maqsadlarni
o‘zlashtirib olish, ularning mazmuniga chuqur
kirib borish va amaliyotda malakali foydalanish
qobiliyatiga bog‘liq;
b)
Bu komponent - xilma-xil ilmiy
bilimlar,
qobiliyat, malakalar, san’at, madaniyat,
musiqashunoslik, ijtimoiy munosabatlar
sohasida to‘plangan tajriba bo‘lib, bu asoslarni
o‘zlashtirish natijasida o‘qituvchida hayotga
ongli munosabat – dunyoqarash shakllanadi.
Dunyoqarash jihati bo‘lajak musiqa
o‘qituvchisi faoliyatida, ijodiy izlanishlarida
ijtimoiy yo‘nalishlarni belgilaydi. Bolalar
musiqa o‘qituvchisining haqiqiy
dunyoqarashi,
uning u yoki bu voqelik hodisasiga shaxsiy
munosabatini yaxshi his qilishadi va qaysidir
tomondan o‘zlariga singdirishga harakat
qilishadi;
c)
Pedagogika, psixologiya va
fiziologiyada to‘plangan kasbiy pedagogik
bilimlar. O‘qituvchi doimo o‘zgarib turadigan
pedagogik vaziyat bilan shug‘ullanadi.
O‘quvchilarning darsdan-darsga musiqadagi
bilimi, tajribasi boyitiladi, shu bilan birga
ularning aqliy, axloqiy rivojlanishi bir-biridan
farqlanadi. Bularning pedagogik usullarning
o‘zgarishini, muayyan vaziyatda eng samarali
bo‘ladiganlarini izlash va qo‘llashni talab qiladi;
d)
Pedagogik faoliyatning keyingi
tarkibiy qismi – bu yuksak axloq, uning
yetkazib beruvchisining estetik madaniyati.
Sababi musiqa “insonni estetik tarbiyalashda,
uning estetik didini o‘stirishda tengsiz
ahamiyat kasb etadi”
9
.
Ushbu komponent
9 Umarov E., Karimov M., Mirsaidova M., Oyxo’jayeva G. Estetika asoslari. Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2009-yil. 123-bet.
bolalar bilan munosabatlarni tashkil etishning
axloqiy va estetik tamoyillaridan iborat: adolat,
talabchanlik, hurmat, xayrixohlik; samaradorlik,
tashkilotchilik, intizom, tashabbuskorlik, yuqori
axloq, estetik uslub va munosabatlarning
hamohangligi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari
qachonki o‘zlarida ushbu sifatlarni shakllantira
olar ekanlar, ular o‘shandagina kelgusi
pedagogik faoliyatida yuqorida ta’kidlab
o‘tganimiz pedagogik mahoratga erishishning
yo‘llaridan biri bo‘lmish – muloqot qobiliyatini
ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya oladilar;
e)
Bu tarkibiy qismdagi asos –
teatrshunoslik, sahna madaniyati, ijrochilik
sohasidagi bilimlar.
Bolalarga eng samarali
ta’sir ko‘rsatish sahna madaniyati-yu, imo-
ishoralar, mimikalar orqali amalga oshadi.
A.S.Makarenkoning fikricha, “...mimikaga
ega bo‘lmagan, yuziga kerakli ifodani
bera olmaydigan yoki kayfiyatini ushlab
turolmaydigan yaxshi o‘qituvchi bo‘lishi
mumkin emas. Ishonchim komilki, kelajakda
pedagogika oliy dargohlari ovozni, turishni,
tanangizni va yuzingizni boshqarishni o‘rgatadi,
shakllantiradi va bunday qobiliyatlarsiz men
o‘qituvchini tasavvur qila olmayman"10;
f)
Keyingi komponent tadqiqotdir.
Zamonaviy maktabda global o‘zgarishlar
jarayonlari sodir bo‘lib, bo‘lajak o‘qituvchidan
o‘z faoliyatini yangi pedagogik bosqichga
yo‘naltirishni talab qiladi. Bo‘lajak musiqa
o‘qituvchisining tadqiqot komponentini
o‘zlashtirishi pedagogik hodisalarga ijodiy
yondashish, ilmiy-pedagogik tadqiqot
usullarini o‘zlashtirish, boshqa o‘qituvchilar
tajribasi va o‘z tajribasini tahlil qilish asosidagi
o‘zaro bog‘liq harakatlarning izchil tizimidir.
Biz pedagogik mahoratning asosiy
tarkibiy qismlarini o‘rganar ekanmiz, yuqoridagi
barcha komponentlar musiqa o‘qituvchisining
kasbiy faoliyatiga to‘liq taalluqli ekanligiga
amin bo‘lamiz. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisida
pedagogik mahoratni shakllantirish shaxs
madaniyatiga, o‘sib borayotgan shaxsning
o‘z vaqtida va to‘liq ijtimoiylashuviga hissa
qo‘shishga, bolani ma’naviy,
axloqiy va estetik
jihatdan tarbiyalashga qaratilgandir.
AMALIY FANLAR