“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
68
O‘zbekiston milliy taraqqiyoti yo‘lida
ozod va obod vatan, erkin va farovon
hayot barpo etish ustuvor vazifalardan etib
belgilangan. Bunday
mamlakat fuqarolari
har tomonlama komillik sari intilib yashashi,
davlat taraqqiyotining asosiy omiliga aylanadi.
Yurt ravnaqi yo‘lida talaba- yoshlarning bilim
egallashlari bilan bir qatorda o‘zining mustaqil
fikriga ega bo‘lgan, ma’nan yetuk, sog‘lom
fikrlovchi, yuksak kasbiy mahoratli qilib
tarbiyalash bu yo‘lda dolzarb masalalardan
bo‘lib qolmoqda. Birinchi Prezidentimiz
Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat-
yengilmas kuch” asarida kelajagimiz poydevori
bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha qilib
aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday
bo‘lishini farzandlarimizning bugun qanday
ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq”
1
,- deb
ta’kidlagan.
Bu jarayonlarda uzluksiz ta’lim tizimining
bo‘g‘ini oliy ta’lim muhim ahamiyatga
egaligi anglashiladi. “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi”da uzluksiz ta’lim: “malakali
raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashning asosi
bo‘lib, ta’limning barcha turlarini: maktabgacha
ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan
keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va
ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari
ta’limni, DTSni, kadrlar tayyorlash tizimi
tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini
o‘z ichiga oladi”
2
deb yozib qo‘yilgan.
Umumiy o‘rta ta’limda o‘rgatilayotgan
har bir fanning maqsad
va vazifalari belgilab
qo‘yilgan. Asosan amaliy faoliyat bilan
uzviy bog‘liq bo‘lgan musiqa madaniyati
fanining ham o‘z maqsad, vazifalari bo‘lib,
umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati
fanini o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy
maqsad o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy va
axloqiy madaniyatini, milliy g‘urur hamda
vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish,
tafakkurini kengaytirish, bolalardagi ijodiy
mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stirish
hamda tashabbuskorlikni tarbiyalashdan
iboratdir.
“Musiqa madaniyatini o‘quvchilar
ongida
Dostları ilə paylaş: