69
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
tushuniladi.
Mahorat – bu “ishni muvaffaqqiyatli
bajarish uchun zarur bo‘lgan shaxsning
shaxsiy xususiyatlari kombinatsiyasidir”
6
.
Pedagogik mahorat tushunchasiga esa hozirgi
zamon psixologiya
va pedagogikasida turlicha
ta’rif beriladi. “Pedagogik mahoratga ega
mutaxassis bu – o‘z kasbining mohir ustasi
bo‘lgan, yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini
chuqur biladigan, yondosh fanlar sohalarini
yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va
o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan
mutaxassis”
7
dir. Pedagogik mahorat
tushunchasi quyidagicha izohlanadi:
-
Madaniyatning yuqori darajasi,
bilimdonlikning yuqori ko‘rsatkichi;
- O‘z faniga doir
mukammal bilimlar
sohibi;
-
Pedagogika va psixologiyaga oid
bilimlarni ham puxta o‘zlashtirib, o‘z kasbiy
faoliyatida ularni ishlata oladigan shaxs;
- O‘quv va tarbiyaviy ishlar uslubiyatini
mukammal biladigan pedagog.
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining
pedagogik mahorati turli ko‘nikmalarga egalik
bilan yanada oshib boradi. Ya’ni musiqa
o‘qituvchida shakllanishi zarur bo‘lgan
quyidagi ko‘nikmalarni tavsiflash orqali uning
shakllanish jarayonini, pedagogik mahoratga
erishish bosqichlarini yanada teranroq
anglaymiz:
Birinchidan, u professional tarzdagi
tashkiliy qobiliyatlar: pedagog sifatida
har doim o‘zini tahlil etib borish, bolalar
faoliyati ustidan tezkor nazoratni ta’minlash,
bolalarning pedagogik ta’sirga bo‘lgan
munosabatini hisobga olgan holda, o‘z
vaqtida o‘quvchini yo‘naltirish va berilgan
pedagogik vazifalarni to‘g‘rilashni oqilona
amalga oshirish, belgilangan vazifalarga
erishish uchun ko‘rsatmalarni bajarish, bolalar
o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish,
bolalarning muvaffaqiyatlari va yutuqlarini
hisobga olgan holda faoliyatni rag‘batlantirish,
dars, o‘zlashtirishdagi talablarning eng optimal
shaklini topish va ularni bolalarning individual
xususiyatlariga va muayyan pedagogik
sharoitlarga qarab o‘zgartirish, vazifalarni
aniq, qisqa va oson tushuntirish kabilar.
Dostları ilə paylaş: