“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
72
musiqa, bastakorlik va kompozitorlik
ijodiyotlari) rivoji sur’atining asta-sekin
jadallashuvi natijasida 60-70-yillarda
yuksalish ro‘y berdi. Mazkur yillar ijodiy
izlanish va uslubiy qo‘llanmalarning
boyligi o‘zbek musiqasi sohasida ijrochilik,
bastakorlik va kompozitorlik ijodiyotining
ustuvorligi bilan ajralib turadi. Agar
ilgari O‘zbekiston musiqa madaniyatida
shuningdek, dirijorlik san’atida ham chetda
qolgan ijrochilar va ijodkorlar ijodi ustunlik
qilgan bo‘lsa, endilikda ijodiyotning va
ijrochilikning talaygina qismi
milliy kadrlar
ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘zbek
musiqasida kompozitorlik ijodiyotining
ko‘p ovozli janrlari rivojlanishi bilan bog‘liq
holda yangi an’analar, ijrochi jamoalar
paydo bo‘ldi. Keksa avlod tajribasi yosh
avlod tomonidan rivojlantirildi. Bu davr
ichida respublikamizda 33 ta Musiqali
va dramatik teatr (shulardan ikkita opera
teatri va operetta teatr)lari, milliy simfonik
orkestri, bir necha kamer orkestrlari,
T.Jalilov va D.Zokirov nomidagi O‘zbek
xalq cholg‘ulari orkestrlari, 1991-yilda
"Sug‘diyona" xalq cholg‘ulari kamer
orkestri, ikkita xor jamoasi “O‘zbekiston
Estrada simfonik orkestri,
turli tarmoqlarga
qarashli damli cholg‘ular orkestrlari,
Konservatoriya, Madaniyat instituti,
musiqa va san’at o‘rta-maxsus bilim
yurtlari va maktablardagi badiiy jamoalar
(o‘zbek va rus xalq cholg‘ulari orkestri,
simfonik va damli cholg‘ular orkestrlari,
xor jamoalari), badiiy havaskorlik jamoalari
o‘zining betakror milliy qiyofasini saqlagan
holda O‘zbekiston musiqa san’atining
yanada ravnaq topishiga katta hissa
qo‘shmoqdalar.
Dirijorlik san’atida ham
milliy kadrlarni
tayyorlash ta’limi tubdan o‘zgardi. Ushbu
davr ichida konservatoriyani dirijorlik
san’atining turli sohalari bo‘yicha ko‘plab
yosh iste’dodli ijodkorlar bitirib chiqdilar,
ular opera-simfonik, xalq cholg‘ulari,
damli cholg‘ular orkestrlari, dirijorlari, xor
dirijorlari sifatida turli jamoalarda xizmat
qilib O‘zbekistonda musiqa san’atining
yuksalishiga o‘z hissalarini qo‘shib
kelmoqdalar.
“Musiqali teatrning diqqat
markazida O‘zbekiston bastakorlari va
Dostları ilə paylaş: