3 Azimov.K. O‘zbekiston dirijorlari. T.2001y. 67-b
janrining eng qiyin va murakkab shakli
hisoblangan simfoniya sohasida ham
katta yutuqlarga erishdi. Uning birinchi
simfoniyasi «Qaxramonlik simfoniyasi»
(1942 y), o‘zbek kompozitorlaridan birinchi
bor murojaat etilishi, muallif rahbarligida
shu yil 4 noyabrda sobiq Sverdlov nomidagi
konsert zalida tinglovchilarga havola
etilib, katta muvaffaqiyat qozondi. Ushbu
simfoniya 1943–1944 yillarda muallif
rahbarligida Moskvada ham ijro etilib
shuhrat qozondi. 1945-yilda esa o‘zbek
kompozitorining simfoniyasi amerikalik
dirijor Maks Gobyerman boshchiligda
AQSHda ham ijro etildi. Natijada M.Ashrafiy
Ittifoq davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
«Qahramonlik simfoniyasi»ning ulkan
muvaffaqiyatlaridan ruhlangan kompozitor
1944-yili o‘zining «G‘oliblarga shon-
sharaflar» nomli ikkinchi simfoniyasini
yaratdi. Bu asar ham muallif rahbarligida
katta tantana bilan ijro etildi.
Shunisi qiziqarliki, M.Ashrafiy yuqorida
qayd qilingan o‘nlab yirik musiqa asarlari
muallifi bo‘laturib, opera va balet teatrining
bosh dirijori sifatida qanchadan-qancha
opera va baletlarga dirijyorlik qilgan ulkan
san'atkor, o‘zining dirijyorlik mahoratini
yanada mukammallashtirish va o‘stirish
niyatida u Leningrad konservatoriyasining
dirijyorlik fakultetining sirtqi bo‘limiga
o‘qishga kiradi. Bu yerda u taniqli dirijor
Boris Xaykin rahbarligida dirijyorlik
mahoratini oshirib, konservatoriya
qoshidagi opera studiyasida J.Bizyening
“Karmen” operasini sahnalashtiradi.
M.Ashrafiyning so‘ngi operasi “Shoir qalbi”
(1962 y) bo‘lib, u o‘zbek xalqining sevimli
va ajoyib demokrat shoiri Furqatning hayoti
va u yashagan davrni aks ettiruvchi asardir.
“Shoir qalbi” operasining premyerasi
birinchi marta Samarqand shahrida 1964-
yili shu munosabat bilan ochilgan opera va
balet teatri sahnasida muallif rahbarligida
muvaffaqiyat bilan ijro etildi.
1970-yil dekabrida M.Ashrafiyni
Birlashgan Arab respublikasi madaniyat
vazirligi taklif etib, undan dirijyor va
kompozitor sifatida teatrning balet
truppasi (jamoasi) uchun yangi balet
spektakli yaratishni iltimos qiladi. Bu
iltimosni mamnuniyat bilan qabul qilgan
AMALIY FANLAR
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
74
M. Ashrafiy asar ustida ishlab, baletning
musiqasiga asos qilib o‘zining urush
yillarida yaratgan «Daxshatli yillar» vokal
simfonik poemasini oladi. Uni arab kuy
va qo‘shiqlari, usullari bilan boyitib, o‘sha
vaqtda Misrda bo‘layotgan voqealarni aks
ettiruvchi bir pardali «Matonat» baletini
yaratadi. Bu balet professional raqs san'ati
ichida birinchi arab milliy baleti nomiga
sazovor bo‘lib, 1971-yilda Jamol Abdul
Nosir nomidagi hashamatli Qohira konsert
zalida birinchi marta ulkan muvaffaqiyat
va ko‘tarinki ruh bilan namoyish qilinadi.
M.Ashrafiy birinchi arab milliy
baleti “Matonat” asari uchun 1972-yili
Jamol Abdul Nosirq xalqaro mukofotiga
sazovor bo‘ladi. M. Ashrafiy Firdavsiyning
“Shohnoma” dostonini o‘qib undan olgan
taa’surotlarini o‘zining so‘nggi yirik asari
“Rustam haqida doston” oratoriyasini
yaratdi. Shunday sermahsul ijod bilan
bir qatorda jamoat ishlarida ham katta
vazifalarni bajarib keldi. 1947-1962 yillar
Toshkent Davlat konservatoriyasi rektori,
opera kadrlarini tayyorlash kafedrasining
mudiri va o‘qituvchi, 1964–1966 yillar
Samarqand opera va balet teatrining badiiy
rahbari, bosh dirijyori va teatr direktori,
1966–1975 yillar A. Navoiy nomidagi
Akademik opera va balet teatrining badiiy
rahbari va bosh dirijyori, shu bilan bir qatorda
1970–1975 yillar yana Toshkent Davlat
konservatoriyasi rektori va o‘qituvchisi
bo‘lib ishlab keldi. Shunday qilib Muxtor
Ashrafiyning kompozitorlik ijodi dirijorlik
mahorati hamisha o‘zbek musiqa san'atida
oydin sahifalardan biri bo‘lib qoladi. U
1975-yilda Toshkentda vafot etdi.
Dilbar Abdurahmonova. Xalq
artisti Dilbar Abdurahmonova 1936-yil
1-mayda Moskvada tavallud topdi. “Dilbar
tug‘ilganda otasi G‘ulom Abdurahmonov
va onasi Zuhra Abdurahmonovalar Moskva
konservatoriyasi qoshida ochilgan o‘zbek
opera studiyasida o‘qishar edi...”
4
Ota-onasi
o‘qishni tugatib, Toshkentga kelgandan
so‘ng, yosh Dilbarning hayoti opera
teatrida o‘tdi, desak mubolag‘a bo‘lmas.
Yoshligidan san’at ichida o‘sgan Dilbarni
R.Gliyer nomidagi musiqa maktabining
skripka sinfiga o‘qishga beradilar.
Maktabni 1954-yili tugatib, bir
4 Azimov.K. O‘zbekiston dirijorlari. T.2001y. 102-b
yildan so‘ng, ya’ni 1955-yili Toshkent
Davlat konservatoriyasiga o‘qishga kirib,
skripka mutaxassisligi bo‘yicha tahsil
oladi. Konservatoriyada o‘qir ekan, u
musiqa san’atining eng qiyin va murakkab
sohasi bo‘lmish dirijyorlik kasbiga mehr
qo‘yib, M. Ashrafiy rahbarligida 1960-yili
dirijor sifatida o‘qishni tugatib, shu yili A.
Navoiy nomidagi opera va balet teatriga
yo‘llanma oladi. Teatrda asosan u balet
asarlarini sahnalashtirdi. Bular ichida:
L.Delibning “Koppeliya”, P.Chaykovskiyning
“Oqqush ko‘li”, A.Kozlovskiyning
“Tanovar”, L.Feyginning “Qirq qiz”.
L.Minkusning “Don Kixot”, S.Prokofevning
“Zolushka”, A.Xachaturyanning “Spartak”,
R.Shedrinning “Karmen-syuita” va “Anna
Karenina”, D.Shostakovichning “Oyimqiz
va bezori”, A.Petrovning “Dunyoning
yaratilishi”, O.Melikovning “Ispan
miniatyuralari” va “Ikki dil dostoni”,
M.Ashrafiyning “Sevgi tumori” va “Sevgi
va qilich”, F.Shopenning “Shopeniana”,
В.Brovsinning “Semurg‘”, U.Musayevning
“Afsonalar vodiysi” bor edi. A.Kozlovskiyning
“Tanovar” baletini sahnalashtirishda
qatnashib, dirijorlik qilgani uchun u 1973-
yili Davlat mukofotiga sazovor bo‘ladi.
D. Abdurahmonova faqat balet
spektakllari bilan chegaralanib qolmasdan
opera asarlarini ham sahnalashtirdi.
Ayniqsa, 1975-yildan boshlab bu sohaga
qattiq kirishdi, chunki shu yili uni teatrning
bosh dirijyori va badiiy rahbari etib
tayinlashgan edi. Sahnalashtirgan operalari
ichida M.Ashrafiyning “Bo‘ron”, Sh.Gunoning
“Faust”, P.Chaykovskiyning “Pikovaya
dama” va “Iolanta”, J.Verdining “Traviata”,
“Otello”, “Trubadur”, К. Sen-Sansning
“Samson va Dalila”, M. Musorgskiyning
“Xovanshina”, R. Pulenkning “Insoniy
ovoz”, S. Prokofevning “Olovli farishta”,
A. Xolminovning “Optimistik fojia”, T.
Xrennikovning “Sevgidan keyingi sevgi”,
S. Yudakovning “Maysaraning ishi”, I.
Akbarovning “So‘g‘d elining qoploni” kabi
asarlari bor. Dilbar Abdurahmonova ko‘p
yillik samarali ijrochilik faoliyati uchun
1969-yilda “O‘zbekiston xalq artisti”
unvoniga muyassar bo‘ldi.
AMALIY FANLAR
75
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
IJTIMOIY FANLAR
Dostları ilə paylaş: |