ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 62 ma’naviy soha (sayohatlardagi ekstremal
sharoitlarda zarur bо‘ladigan yuqori insoniy
sifatlarni tarbiyalash), bilishga doir (eng
avvalo, shaxsning ekologik madaniyati
takomillashtirilishini
о‘z
ichiga
oladi),
shaxsning о‘z о‘rnini topishi (sportdagi va
boshqa yutuqlari), sog‘lomlashtirish samarasi
(tabiiy muhitning ijobiy ta’siri), ijtimoiy-foydali
faoliyatning xilma-xil shakllari yо‘nalishlarida
tarbiyalab, bular doim sayohat davomida
kishining sog‘lom turmush tarziga kirib
borishiga yо‘ldosh bо‘ladi.
Sport-turizm klubida tarbiyalashni
samarali tashkil etish faqat agarda murabbiy
(yо‘riqchi, menejer) о‘z faoliyatlarida shaxsni
rivojlantirishning ichki harakatlantiruvchi
kuchlari va omillari obyektiv ravishda mavjud
bо‘lganda ulardan mahorat bilan foydalana
olganlaridagina mamnun bо‘ladi. Bu ma’noda
kishining ehtiyojlari, istaklari, moyilliklari,
qiziqishlariga tayanish birinchi darajali
ahamiyatga ega bо‘ladi. Ehtiyojli-motivatsion
pozitsiyadan turib shaxsni tarbiyalashga
yondashuv uning xulq-atvorini tartibga solish
yо‘nalishida yangi imkoniyatlarni ochadi.
Kishi sport-turizm klubiga ma’lum bir
maqsadlar bilan kelib, bu maqsadlarni u faol
xulq-atvor bilan ya’ni, u yoki bu ma’nodagi
predmetli-amaliy mashg‘ulotlarda bevosita
ishtirok etish bilan amalga oshira oladi.
Birgalikda harakat qilish bilan sport-turizm klubi
a’zolari nafaqat о‘z ehtiyojlarini qondiradilar,
balki о‘zlarini ham о‘zgartiradilar: sport-turizm
faoliyati jarayonida shaxsning intellektual,
emotsional va irodaviy sifatlarining butun bir
jamlanmasi rivojlanadi va mustahkamlanadi.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmi
sharoitlarida tarbiyalash jarayonining bir
qator о‘ziga xos xususiyatlari kishi о‘zining
sport-turizm faoliyatga bag‘ishlaydigan bо‘sh
vaqtning tabiatiga bog‘liq bо‘ladi. Bu yerda
yuzaga keladigan pedagogik jarayonning eng
asosiy determinantlaridan biri – bu shaxsning
faoliyatga ixtiyoriy jalb etilishidir. Bunday
jalb etilish dalili shunga yordam beradiki,
bunda sport-turizm klubi a’zosi bajonidil va
boshqa vaziyatlardagiga qaraganda ancha
kam ikkilanishlar bilan belgilangan meyorlar,
qoidalar va talablarni qabul qiladi. Buning
ustiga u bularni о‘z ixtiyori bilan, biron-bir
tashqi bosimlarsiz va majburlashlarsiz qabul
qiladi. Aynan mana shu sababdan sport-turizm
klublaridagi tarbiyalash о‘z-о‘zini tarbiyalash
jarayoniga organik ravishda birikib ketadi.
Shu bilan birga, real hayotda tarbiyalanish
va qayta tarbiyalanish kabi aniq maqsad bilan
sport-turizm hamjamiyatiga qо‘shilgan kishini
uchratish amri maholdir. Kishilarni bu yerga
umuman boshqacha qiziqishlar yetaklab
kelib, ular ichida birinchi о‘rinda sport-
sog‘lomlashtirish faoliyatiga, qiziqarli faol dam
olishga, madaniy muloqotga ehtiyojlar turadi.
Shunga mos holda shaxsning shakllanish
jarayoni ham bu yerda alohida xususiyatga
ega bо‘ladi. Bu kо‘pincha klub uchun tipik
bо‘lgan
faoliyatning
predmetli-amaliy
shakllarida va unga mos keluvchi shaxslararo
munosabatlarda aralashib ketadi.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmining
pedagogik tizimiga pedagogik jarayonning
turli xildagi tashkiliy shakllari xos bо‘lib, ular
о‘quv, mashqli va nazorat shakllariga ajratiladi.
Bunda mashg‘ulotlarning asosan uchta shakli
– nazariy mashg‘ulot, amaliy mashg‘ulot va
sport musobaqasi shakllaridan foydalaniladi.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmi bо‘yicha
nazariy mashg‘ulotlarning asosiy vazifalariga
faoliyat maqsadi, bilimlarni, mahorat va
kо‘nikmalarni о‘zlashtirish uzilmasi va jarayoni
bilan tanishish, faoliyatning yaxlit samarasi
haqida, shuningdek, mashg‘ulotlarning
har xildagi shakllaridan foydalanishda
takomillashtirishning shart-sharoitlari,
qoidalari va metodlari haqida tasavvurlarni
shakllantirish hisoblanadi.
Amaliy yoki mashq mashg‘ulotlari faoliyat
jarayonida alohida komponentlarni о‘zlashtirish
va ularning о‘zaro aloqadorliklarini о‘rganish
yо‘li bilan bilim hamda mahoratni shakllantirish
vazifasini hal qilishga mо‘ljallangan. Mashq
mashg‘ulotlarida asosiy vazifalar bо‘lib
konkret turizm-sport faoliyatiga tayyorlik
va umumiy funksional tayyorlanganlikning,
butun tizim qobiliyatlarining amal qilishi va
sifatini rivojlantirish hamda takomillashtirish
sanaladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda
quyidagi xulosa qilish mumkin. Bugungi kunda
sport-sog‘lomlashtirish turizmi kadrlagiga
bо‘lgan extiyoj mavjud va ularni pedagogik
tayyorlash mexanizmlarini qо‘llash talab
etiladi. Sport-sog‘lomlashtirish turizmining
pedagogik tizimiga xos va mos bо‘lgan turlicha
kreativ yondashuvlardan foydalanish kerak
deb hisoblaymiz.
AMALIY FANLAR
63 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son