37
2) sotuvchi nomidan va uning hisobidan ish olib boradigan va
narxlarga ta'sir qilish imkoniga ega bo'lmagan (agent, broker,
komissioner va boshqalar).
Ba'zan bu guruhlar
mustaqil va qaram vositachilar deb ataladi;
Ishlab chiqaruvchi nomidan o'z mablag'lari hisobiga operatsiyalarni
amalga oshiradigan
distribyutorlar ma'lum bir hududda ma'lum bir
vaqtda savdo qilish huquqiga egadirlar.
Dilerlar o'z nomidan operatsiyalarni amalga oshiradilar va o'z
hisobidan tovarlarni yetkazib berish shartnomasi bo'yicha sotib
olidilar va bu munosabatlar operatsiya yakunlangach tugaydi
(eksklyuziv - hudud, vakolatli franchise).
Kanalni tanlash samarali bo'ladi, agar:
1. bozor tarqalib ketgan va har bir geografik hududda savdo hajmi
to'g'ridan-to'g'ri taqsimot kanalining xarajatlarini qoplamaydi;
2. mahsulot ko'p tarmoqlarda iste'molchilarga sotilishi kerak, bu esa
ulgurji savdo tarmog'ini talab qiladi;
3. iste'molchilar mahsulotlarni kichik partiyalarda sotib olishni afzal
ko'rishadi, bu omborxona va tranzit uchun qulay emas;
4. ishlab chiqarish va sotish bahosi o'rtasidagi farq ishlab chiqaruvchi
o'z savdo tarmog'ini saqlab turishi uchun juda kichikdir.
Ishonchli vositachilar o'zlari sotgan va komissiya uchun
ishlaydigan mol-mulkka egalik huquqini talab qilmaydilar.
Dostları ilə paylaş: