16
2 mavzu. LOGISTIK TIZIM KONSEPSIYASINING
NAZARIY ASOSLARI
2.1. Logistik tizim tushunchasi va uning konsepsiyalari
2.2. Logistik tizim faoliyat yuritilishini baholash.
2.3. Logistik tizimning menejment va marketing bilan bog’liqligi
2.1. Logistik tizim tushunchasi va uning konsepsiyalari
Logistikaning maqsadi - eng kam mehnat va moddiy xarajatlar
bilan yuklarni aynan vaqtida yetkazib berish.
Materiallar, xomashyo
va tayyor mahsulotlarni aynan vaqtida yetkazib berish butun iqtisodiy
tizimning ishlab turishiga qulay sharoit yaratadi, korxonalar
omborlaridagi zahiralar miqdorini ancha kamaytirishga imkon beradi.
Logistika to’liq darajada iste’molchiga xizmat qiladi.
Shuning
uchun logistika doirasida taqsimot va sotish vazifalari faqat bir vaqtda
6 shart mavjudligida amalga oshadi. Bu shartlar - yuk, sifat, miqdor,
vaqt, xarajatlar va yetkazish joyi.
Bu ishlarning bir vaqtda mavjud bo’lishi uchun materiallar
oqimini qulaylashtirish kerak, tara va o’rashni
ixchamlashtirish
bo’yicha, yuk birliklarini unifikatsiyalash bo’yicha (ya’ni yuk
tashishda
paket
va
konteynerlardan
foydalanish),
samarali
omborxonalar tizimini tuzish bo’yicha, buyurtmalar miqdorini va
zaxiralar darajasini qulaylashtirish bo’yicha, yuklarni tashishda eng
foydali marshrutlarni belgilash bo’yicha chora-tadbirlar amalga
oshirilishi kerak.
Logistik tizim- u yeki bu logistik funksiyalarini bajaruvchi teskari
aloqali adaptiv tizim. Qoida buyicha u
bir necha quyi tizimlardan
iborat va tashqi muhit bilan rivojlangan aloqaga ega.
Logistik tizimni farqlovchi belgilariga
- oqimli jarayonini mavjudligi
- aniq tizimli yaxlitlik kiradi.
Logistik tizim 4 xususiyatga ega:
1 xususiyat: Logistik tizim- bir-biri bilan o’zaro aloqador
unsurlarni yaxlit birligi. Logistik tizimni quyidagi unsurlarini
ajratadilar:
a) xarid-material oqimini logistik tizimga kirishini ta’minlaydigan
quyi tizim.
17
b) omborlar- moddiy zaxiralarni vaqtincha saqlaydigan bino va
uskunalar. Omborlarda material oqimlar o’zgarishi ham mumkin.
v) zaxiralar- talab o’zgarishiga tez ta’sir ko’rsatishiga
yordam
beradigan, transport ishini bir maromda borishini ta’minlaydigan
moddiy zaxiralari.
g) transport-bu unsur o’zi murakkab tizim bo’lib hisoblanadi. U
o’z ichiga moddiy-texnik bazani va infratuzilmani qamrab oladi.
Moddiy-texnik baza yordamida yuklar bir joydan ikkinchi joyga
ko’chirilsa, infratuzilma shu moddiy texnik bazani vazifalarini
ta’minlaydi.
d) axborot-logistik tizimni boshqa unsurlari ichida axborot
aloqasini ta’minlaydigan quyi tizim. Bundan tashqari axborot logistik
jarayonlarni nazorat qilib turadigan quyi tizim bo’lib hisoblanadi.
Xodimlar-logistik jarayonlarni bajarish bilan band bo’lgan
ishchilar.
Sotuv-material oqimni logistik tizimdan chiqishini ta’minlaydigan
quyi tizim.
2 xususiyat: logistik tizim unsurlari
ichida logistik tizimini
integrativ sifatini belgilovchi aniq aloqalar mavjud.
3 xususiyat: logistik unsurlari o’rtasidagi aloqalar tartibga
solingan.
4 xususiyat: logistik tizim shunday xususiyatlarga egaki, uning
bironta quyi tizimida bu xususiyatlar mavjud emas. Bu-kerakli tovarni,
o’z vaqtida, kerakli sifat va minimal xarajatlar
bilan aynan kerak
bo’lgan joyga yetkazish va tashqi muhitni o’zgarishlariga moslashish
(ba’zi tovar va xizmatlarga talabni o’zgarishi, asbob-uskunalarni
bevaqt buzilishi). Logistik tizimining integrativ xususiyati unga o’z
maqsadga erishish uchun, xom ashyo materiallarini xarid qilib, ularni
o’z ishlab chiqarish quvvatlardan foydalangan holda boshqa material
oqimga aylantirib, tashqi muhitga chiqarishni taqozo etadi. Logistik
tizimni chegaralari ishlab chiqarish vositalarini aylanish sikli bilan
aniqlanadi.