Ishni bajarish tartibi 3.1-rasmdagi sxemani o’rganing va yig’ing.
Qo’zg’aluvchan tugun D jilgichni reoxord yelkalarning o’rtasiga quyib, ma’lum qarshilik R0 shunday tanlab olinadiki, natijada galvonametrda deyarli tok bo’lmasin.
Tugun D ni chap yoki ung tomonga so’rib, galvanometr strelkasi «0» ga keltiriladi. Sungra reoxord yelkalarining l1val2 uzunliklari yoziladi.
Ma’lum qarshilik R0 ni uzgartirib, tajriba uch marta takrorlanadi va natijalar 3.1-jadvalga yozib olinadi
3.1-jadval
№
O’lchashlar
Hisoblashlar
R0 (Оm)
l1 (sm)
l2 (sm)
Rх (Оm)
Rх (Оm)
(%)
1
2
3
0’r
Noma’lum qarshilik RX (3.2) formulaga quyib hisoblanadi. Absolyut va nisbiy xatoliklar topiladi.
Yuqorida bajarilgan ishlar qarshiliklar ketma-ket va parallel ulangan hollar uchun ham takrorlanadi. Ketma-ket va parallel holda hisoblanagan tajriba natijalari nazariy yo’l bilan hisoblangan natijalar va bilan solishtiriladi.
Olingan natijalar va hisoblashlar 3.2-jadvalga kiritiladi.
3.2-jadval
Ulash tartibi
№
O’lchashlar
Hisoblashlar
R0 (Оm)
l1 (sm)
l2 (sm)
Rх (Оm)
Rх (Оm)
(%)
Ketma-ket
1
2
3
O’r.
Parallel
1
2
3
O’r.
Nazorat savollari. 1. Kirxgof qonunlaridan foydalanib ko’prikning muvozanat tenglamasini keltirib chiqaring.
O’tkazgichning qarshiligi uning birligi va solishtirma qarshilik haqida ma’lumot bering.
Utkazgichlar parallel va ketma-ket o’langanda umumiy qarshilik qanday topiladi.
Tok manbalari va ularni tasniflovchi kattaliklar haqida ma’lumot bering.