Tajriba ishi №2 Mavzu: C++da funksiyalar va ko’rsatkich bilan ishlash. Ishdan maqsad



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə7/8
tarix29.10.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#66795
1   2   3   4   5   6   7   8
Tajriba ishi ¹2 Mavzu C da funksiyalar va ko’rsatkich bilan is

Topshiriqlar №3
Masala-01. Ihtiyoriy sonning 3 - darajasini hisoblovchi PowerA3 nomli funksiya hosil qiling. PowerA3 funksiyasi orqali A, B, C haqiqiy sonlarining va D, E butun sonlarining 3 - darajasini hisoblovchi programma tuzilsin.
void PowerA3 (int , int *);
Masala-02. Ihtiyoriy sonning 2, 3, 4 - darajasini hisoblovchi PowerA234 nomli funksiya hosil qiling. PowerA234 funksiyasi orqali A, B, C haqiqiy sonlarining 2, 3, 4 - darajasini hisoblovchi programma tuzilsin. Funksiya prototipi quyidagicha bo'lishi mumkin:
void PowerA234(float, float *, float *, float *);
Masala-03. 2 ta sonning o'rta arifmetigi va goemetrigini hisoblovchi MEAN nomli funksiya hosil qiling. MEAN funksiyasi orqali A, B, C, D sonlaridan (A, B), (A, C), (A, D) juftliklarining o'rta arifmetigi va geometrigini hisoblovchi programma tuzilsin.Funksiya prototipi quyidagicha bo'lishi mumkin:
void MEAN(float, float, float *, float *);
Masala-04. Teng tomonli 3 burchakning yuzasi va perimetrini hisoblovchi Triangle nomli funksiya hosil qiling. Triangle funksiyasi orqali 3 ta teng tomonli uchburchakning perimetri va yuzini hisoblovchi programma tuzilsin.
void Triangle(float, float *, float *);
Masala-05. To’g’ri to’rtburchakning yuzini va perimetrini uning qarama - qarshi uchlari koordinatasi orqali hisoblovchi RectPS nomli funksiya hosil qiling. (x1, y1, x2, y2) to’g’ri to’rtburchakning qarama - qarshi uchlari. RectPS funksiyasi orqali 2 ta to’rtburchak yuzi va perimetrini hisoblang. To’rtburchak tomonlari koordinatalar o’qiga parallel.
Funksiya prototipi quyidagicha bo’lishi mumkin:
void RectPS(int, int, int *, int*);
Masala-06. Natural sonning raqamlari soni va raqamlari yig’indisini hisoblovchi DigitCountSum nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya orqali a, b, c sonlarining raqamlari soni va yig’indisini hisoblovchi programma tuzilsin.
void DigitCountSum (int, int *, int *);
Masala-07. Butun musbat sonining raqamlarini teskari tartibda chiqaruvchi InvertDigit nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya orqali a, b, c sonlarining raqamlari teskari tartibda chiqaruvchi programma tuzilsin.
Funksiya prototipi quyidagicha bo'lishi mumkin:
int InvertDigit (int*);

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin