Ishni bajarish rejasi:
1. Texnik chizmaga asoslanib tayyorlamani tanlash va uning mexanikaviy xosallarini aniqlash.
2. Keskichlarni kesuvchi qiralarini nazorat qilish .
3. Tokarlik-vintqirqish dastgohini tajriba ishni bajarish uchun o'quv ustasi bilan sozlash va ishni quyidagi berilgan tartibda bajarish.
4. Eksperiment orqali olingan natijalarini tartibga solish va hisobot blankasini to'ldirish.
Ishni bajarish tartibi: 1. Tayyorlamani va kesish asbobni ishni bajarish uchun sozlash.
600-700mm uzunlikdagi,diametri 80 mm tayyorlama dastgohga markazlanib o'rnatiladi.
2. Dastgohning supportiga keskich o'rnatiladi.
3.Supportning yuqori qismiga lupa bilan indikatorli moslama o'rnatiladi ( 5.1-rasm).Lupa yordamida keskichning orqa yuzasini eyilishini chuqurchasining uzunligini va kengligini o'lchash uchun ishlatiladi.
4.Tadqiqot beshta kesish tezligi bilan olib boriladi ( v 1 , v2 , v3 , v 4 , v5 ) keskichning turg`unligiga ( 10dan to 60 min)moslashtirilib. Aylanish sonlari kesish tezligiga qarab tanlanadi.
5. Kesish chuqurligi,surish va boshqa faktorlar doimiy deb qabul qilinadi.
6. Keskichning turg`unligini aniqlash uchun, dastgohda o'rnatilgan tayyorlama berilgan kesish tezligi v, surish s, kesish chuqurligi t bilan ishlov beriladi.
5 min dan keyin tayyorlamani yo'nishi to'xtatiladi va lupa yordamida keskichning orqa yuzasini eyilishi tekshiriladi.O'lchagan qiymatlari quyidagi 5.1- jadvalga kiritilada (ILOVA 5.1.).
7.Keyin,shu keskich bilan yana 5 min tayyorlamaga ishlov beriladi va nazoratni lupa yordamida takrorlanadi.
8.Bu harakatlarni bir necha marta takrorlash shart, qachonki keskichning orqa yuzasini eyilishi h= 1,5 - 2,5 mm teng bo'lgancha.
Olingan qiymatlar bo'yicha grafik tuzish kerak h3 = f (T).
9. Keskichni eyilishi nazorat qilish uchun nazorat asbobi va uskunasini tayyorlash.
10. Tajriba ishini barish.