TAJRIBA ISHI № 3 Mavzu: « Yo'nishda kesish tezligi va keskichning turg`unligi bog`liqligini aniqlash »
Ishni bajarishdan maqsad - Yo'nishda kesish tezligi va keskich turg`unligining bog`likligini aniqlashni o'rgatish.
Material - texnik jihozlanishi : Tokarlik dastgohi ;uch mushtli patron ; markaz ;kesish asbobi: o'tuvchi keskich;o'lchash asbobi: mikrometr 0- 0,25; tayyorlanma; detalning texnik chizmasi; ma'lumotnomalar.
Nazariy qismi Kesish tezligi kesish rejimining asosiy elementidir. Kesish tezligini oshirish bilan dastgohning ish unumi oshadi, yo'nishga ketadigan asosiy texnologik vaqt kamayadi va detal yo'nilgan yuzasining tozaligi oshadi. Ammo kesish tezligi oshirilganda kesuvchi asbob tez eyiladi, bu esa kesuvchi asbobning turg`unligini pasaytiradi. Kesuvchi asbobning turg`unligideganda uning o'tmaslanguncha ishlash vaqti tushuniladi.
Tayyorlanmani keskich bilan yo'nishda kesish tezligining qiymati quyidagi faktorlarga: yo'niladigan materialning fizik-mexanikaviy xossalariga; keskichning turgunligiga; keskich materialining xossalariga; kesish chuqurligi va surish qiymatiga ;keskich geometriyasiga; keskich tanasi ko'ndalang kesimining o'lchamiga; keskichning yo'l qo'yiladigan eyilish darajasiga; ishlov berish turiga (yo'nish, yo'nib kengaytirish, torets yo'nish, kesib tushirish); moylash-sovitish suyuqligi ishlatish-ishlatilmasligiga bog`liqdir.
Kesuvchi asbobning turg`unligi. Kesuvchi asbobning turg`unligi bilan kesish tezligi orasida chambarchas bog`lanish bor ( 5.1- rasm.) grafikdan ko'rinib trutdiki, kesish tezlikning ortib borishi bilan kesuvchi asbobning turg`unligi pasayadi, chunki bunda asbobning eyilish intensivligi ortadi.
5 .1- rasm.. Kesish tezligining asbob turg`unligiga bog`li`ligi
Kesish tezligi bilan kesuvchi asbobning turg`unligi orasidagi bog`lanish quyidagicha ifodalanishi mumkin:
bunda
A - kesuvchi asbob materialining sifatiga va yo'niladigan materialga, surish qiymati, kesish chuqurligi, kesuvchi asbob geometriyasiga bog`lik bo'lgan o'zgarmas koeffitsient;