T - keskichning turg`unligi, min;
m - nisbiy turg`unlikning yo'niladigan materialga, keskich materialiga va yo'nish sharoigiga bog`lik bo'lgan ko'rsatkichi.
Binobarin, kesish tezligi v1dan kesish tezligi v2 ga o'tishda-kesuvchi asbobning turg`qnligi quyidagi bog`lanishlardan aniqanadi:
v1 = A / T1m va v2 = A / T2m Agar bu ifodalar hadma-had bir`biriga bo'linsa, quyidagi ifoda hosil bo'ladi:
bundan
yoki kelib chiqadi, bunda v 1 - T1 turg`unlikka muvofiq keladigan kesish tezligi; v 2 - T2 turg`unlikka muvofiq keladigan kesish tezligi.
Nisbiy turg`inlik ko'rsatkichi m ning taqribiy qiymatlari tezkesar po'latdan tayyorlangan keskich uchun 0,125 , kattiq qotishmali keskich uchun 0,2,mineralokeramikali keskichlar uchun 0,5.
5.2- rasm. Unumdorlikning kesish tezligiga bog`likligi Kesuvchi asbobning turg`unligini dastgohning eng katta va detal tannarxining eng kam bo'lishiga asoslannb aniqlash kerak. Ana shunday turg`unlik iqtisodiy turg`unlik deb, bunga muvofik keladigan kesishezligi esa iqtisodiy kesish tezligi deb ataladi. Kesish tezligi bilan ish unumi orasidagi boglanish 5.2 – rasmda tasvirlangan.
Uglerodli po'latdan tayyorlangan keskich bilan ishlashda ( egri chiziq) eng katta ish unumi A nuqtaga to'gri keladi; kesish tezligi bundan oshirilsa, ish unumi pasayadi. Ish unumini tezkesar po'latdan tayyorlangan keskichlardan (II egri chiziq) yoki qattiq qotishmali keskichlardan foydalanish hisobiga oshirish (III egri chiziq) mumkin. Kesuvchi asbobning turg`unligi ishlashning har bir sharoiti uchun alohida tanlab olinishi kerak. Tayyorlamani bitta kesuvchi asbob bilan ishlashda asbobning turg`unligi tezkecap po'latdan ishlangan keskichlar uchun 60-90 minut, qattiq qotishmali va mineralokeramikali keskichlar uchun 30-90 minut, rezba o'yish va fason keskichlar uchun 120 minut qilib olinadi. Tayyorlanmani ko'p kesuvchi asbob bilan ishlashda turg`unlik davri kattarok qilib olinadi, chunki kesuvchi asbobni rostlash va o'rnatish uchun anchagina vaqt ketadi (tokarlik avtomatlarida turg`unlik 180-200 minut qilib olinadi).