«Формат» menyusi buyruklaridan, «Формат» asboblar oynasi tugmalaridan yoki kontekstli menyudan foydalanish mumkin.
Ma‘lumki, mavjud matnni formatlash uchun avval uni belgilash kerak. Matnli blok ichidagi matnning bir qismini belgilash uchun sichqonni shu matn ustidan yuriting. To’lik matnli blokni belgilash uchun uning ramkasiga sichqon tugmasi bosiladi.
PowerPoint dasturi matnli bloklarni formatlash, ko’chirish va masshtablashda asosan qulay hisoblanadi. Masalan, matnli bloklarni slaydning ixtiyoriy joyiga ko’chirish mumkin, bunda u boshqa ob‘ektlarni ustidan tushib qolishi mumkin. Matnli blok o’lchamini katta va kichik matnlarni sigdirish uchun mos holda kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin. Ramkaning ko’rinishini o’zgartirish, blokni buyash uchun PowerPoint da ancha katta tanlov imkoni mavjud. Blokni ko’chirish uchun, uning ramkasiga ikkita markeri orasiga ko’rsatkichni urnatiladi va kerakli joyga kuchiriladi. Matnli blok o’lchamini o’zgartirish uchun esa, uning markerlaridan birini kerakli yo’nalishga harakatlantirish kifoya. Elektron yoki 35 mm li prezentatsiyalar bo’lishidan kat‘iy nazar, jimlik koidasi bo’yicha, ekranga matnli blokning fakat matni chikariladi. Blokning o’zi esa uning ramkasi va rangi formatlanmagani uchun ko’rinmaydi. Ularni formatlash uchun esa, matnli blokni belgilab, «Рисование» asboblar oynasidan «Цветзаливки» yoki
«Цветлинии» tugmalarini bosish kerak.
rasm
Shuningdek, ramkaga soya berish uchun «Тень»tugmasidan foydalanish mumkin. Matnli blok ramkasi stilini o’zgartirish uchun «Типлинии» va «Пунктир» tugmalarini ishlatish kerak.
«Формат» menyusidagi «Цвета и линии» buyrugi ham xuddi «Цвет заливки» va «Цветлинии» larday ishlaydi, lekin ularning hammasi bir joyga yigilgan (18-rasm). Undagi zalivka ro’yxatidan buyash rangini, fon, uzor va tekstura ranglarini tanlash mumkin, «Тип» va
«Стрелки» ro’yxatlaridan esa, Chiziq stilini tanlash mumkin.