2-rasm.Energiya manbaiga ega bo'lgan tajriba qurilmasi.
Tajribani o‘tkazish tartibi Eslatma: Aniq tajribaviy natijalarga erishish uchun tajriba o’tkazishdan oldin ishqalanish tayoqchasini va Faradey chashkasini zaryadsizlantiring. Navbatdagi ko’rsatmalar: Ishqalanish tayoqchasini zaryadsizlantirish uchun uni bor uzunligi bo’yicha bir necha marta uncha yorqin bo’lmagan olov ustidan harahatlantirib o’tkazing. Faradey chashkasini zaryadsizlantirish uchun unga ulash tayoqchasini to multimetr U=0 V kuchlanishni ko’rsatguncha tegizing.
Zaryadsizlantirilgan ishqalanish tayoqchalarini birbiriga birnecha marta ta’sir ettiring . Keyin ularni qo’llaringizga ajratib oling.
PVC tayoqchasini to’rtdan bir qismini Faradey chashkasi ichiga kiriting va multimetr strelkasi og’ishini kuzating.
Xuddi shu tajribani akrilik tayoqcha bilan ham o’tkazing.
Keyin ikkala tayoqchani bir vaqtda Faradey chashkasiga kiriting va multimetr og’ishuini yana kuzating. Induksion plastinka ishqalanish tayoqchasidan zaryadni Faradey chashkasiga o’tkazishni namoyish qilish uchun foydalanish mumkin. Bunda ishqalanish tayoqchasini induksion plastinkaga tegiziladi va induksion plastinkani Faradey chashkasiga kiritish bilanzaryadlar unga o’tkazilishi va miqdori o’lchanishi mumkin.
HISOBLASHLAR VA NATIJALAR -Agar ikki ishqalanish tayoqchasi bir - biriga ta’sir ettirilsa (urilsa) ularda zaryad hosil bo’ladi.
-Zaryadlarning hosil bo’lish jarayonida elektronlar bir ishqalanish tayoqchasidan (masalan akrilikdan) boshqasiga (PVC ga) manfiy zaryadlanadi.
-Zaryadlangan ishqalanish tayoqchalarining ishorasi hamma vaqt qarama-qarshi bo’ladi.
-Zaryadlarning miqdori teng bo‘ladi.
TAJRIBALARNING DAVOMI Ishqalanish tayoqchalarini bir-biriga urishdan tashqari ularda zaryad hosil qilish uchun ularni turli xil materiallar bilan ishqalash mumkin.
Ishqalanish tayoqchasi teri bilan ishqalanganda zaryad hosil bo'lishini tekshirish.
-Zaryadsizlantirilgan akrilik tayoqchani material bilan ishqalang, uni Faradey chashkasi ichiga uzunligining chorak qismi kiradigan qilib joylashtiring va multimetr strelkasi og’ishini kuzating.
2-jadval: Ishqalanish tayoqchasining va ishqalash materialining (terining) zaryadlangandan keyingi zaryad ishoralari.