Takrorlanuvchi jarayonlar va ularni dasturlash. For, while va do operatorlari yordamida takrorlanishlarni dasturlash



Yüklə 19,85 Kb.
səhifə2/2
tarix22.03.2023
ölçüsü19,85 Kb.
#89022
1   2
Takrorlanuvchi jarayonlar va ularni dasturlash For, while va do

Uzish break operatori. Ba’zi hollarda sikl bajarilishini ixtiyoriy joyda to’xtatishga to’g’ri keladi. Bu vazifani break operatori bajarishga imkon beradi. Bu operator darxol sikl bajarilishini to’xtatadi va boshqaruvni sikldan keyingi operatorlarga uzatadi.
Misol:
#include
int main()
{
int n;
while(1)
{
scanf("%d",&n);
if(n == 1||n == 0) break;
}
printf("Sikl tugadi");
return 0;
}
Bu misolda while(1) operatori yordamida cheksiz sikl hosil qilinadi. Agar 1 yoki 0 soni kiritilsa sikl to’xtatiladi.
Qaytarish continue operatori. Sikl bajarilishiga ta’sir o’tkazishga imkon beradigan yana bir operator continue operatoridir. Bu operator sikl qadamini bajarilishini to’xtatib for va while da ko’rsatilgan shartli tekshirishga o’tkazadi.

Misol:
#include


int main()
{
int n;
for(;;)
{
scanf("%d",&n);
if(n == 1||n == 0) continue;
break;
}
printf("Sikl tugadi");
return 0;
}

Bu misolda for(;;) operatori yordamida cheksiz sikl hosil qilinadi. Agar 1 yoki 0 sonlardan farqli son kiritilsa sikl to’xtatiladi.


O’tish operatori goto. O’tish operatorining ko’rinishi:
goto . Bu operator identifikator bilan belgilangan operatorga o’tish kerakligini ko’rsatadi.
Misol uchun goto A1;…;A1:y = 5;
Strukturali dasturlashda goto operatoridan foydalanmaslik maslahat beriladi. Lekin ba’zi hollarda o’tish operatoridan foydalanish dasturlashni osonlashtiradi.
Misol uchun bir necha sikldan birdan chiqish kerak bo’lib qolganda, to’g’ridan-to’g’ri break operatorini qo’llab bo’lmaydi, chunki u faqat eng ichki sikldan chiqishga imkon beradi.
#include
int main()
{
int n = 16,s = 0;
int i,j;
for(i = 1;i<5;i++)
for(j = 1;j<5;j++)
{
if(i*j>n) goto A;
C++;
}
A:printf("Sikl tugadi s = %d",s);
return 0;
}
Misollar
#include
using namespace std;

int main() {


int i = 0;
while (i < 5) {
cout << i << "\n";
i++;
}
return 0;
}

#include


using namespace std;

int main() {


for (int i = 0; i < 5; i++) {
cout << i << "\n";
}
return 0;
}

Yüklə 19,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin