1.1 Sikl operatorlari Oldingi shartli while operatori. Oldingi shartli while operatori quyidagi umumiy ko’rinishga egadir:
while(ifoda)
Operator
Bu operator bajarilganda avval ifoda hisoblanadi. Agar uning qiymati 0 dan farqli bo’lsa operator bajariladi va ifoda qayta hisoblanadi. To ifoda qiymati 0 bo’lmaguncha sikl qaytariladi.
Agar dasturda while (1); satr qo’yilsa bu dastur hech qachon tugamaydi.
Misol. Berilgan n gacha sonlar yig’indisi.
#include void main()
{
long n,i = 1,s = 0;
scanf("%d",&n);
while (i< = n )
s+ = i++;
printf("\n s = %d",s);
}
Bu dasturda s+ = i++ ifoda s = s+i; i = i+1 ifodalarga ekvivalentdir.
Quyidagi dastur to nuqta bosilmaguncha kiritilgan simvollar va qatorlar soni hisoblanadi:
#include
int main()
{
int nc = 0,nl = 0;
char c;
while ((c = getchar())! = '.' )
{
++nc;
if (c = = '\n') ++nl;
};
printf("satrlar = %d simvollar = %d \n",nl,nc);
return 0;
}
Keyingi shartli do-while operatori.Keyingi shartli do-while operatori umumiy ko’rinishi quyidagicha:
do
Operator
while(ifoda)
Sikl operatorining bu ko’rinishida avval operator bajariladi so’ngra ifoda hisoblanadi. Agar uning qiymati 0 dan farqli bo’lsa operator yana bajariladi va hokazo. To ifoda qiymati 0 bo’lmaguncha sikl qaytariladi.
Misol. Berilgan n gacha sonlar yig’indisi.
#include int main()
{
long n,i = 1,s = 0;
scanf("%d",&n);
do
s+ = i++;
while (i< = n);
printf("\n s = %d",s);
return 0;
}
Bu dasturning kamchiligi shundan iboratki agar n qiymati 0 ga teng yoki manfiy bo’lsa ham, sikl tanasi bir marta bajariladi va s qiymati birga teng bo’ladi.
Parametrli for operatori. Parametrli for operatori umumiy ko’rinishi quyidagicha:
for( 1-ifoda;2- ifoda; 3-ifoda)
Operator
Bu operator quyidagi operatorga mosdir.
1-ifoda;
while(2-ifoda) {
operator
3-ifoda
}
Misol. Berilgan n gacha sonlar yig’indisi.
#include int main()
{
int n;
scanf("%d",&n);
int s = 0;
for(int i = 1;i< = n; i++) s+ = i;
printf("\n%d",s);
return 0;
}
Siklda bir nechta schyotchikni qo’llanilishi.Parametrli forsiklining sintaksisi unda bir nechta o’zgaruvchi - schyotchikni qo’llanilishiga, siklni davom etishini murakkab shartlarini tekshirishga va sikl schyotchiklari ustida ketma-ket bir nechta operasiyani bajarilishiga imkon beradi.
Agarda bir nechta schyotchikka qiymat o’zlashtirilsa yoki ular o’rtasida bir nechta operasiya bajarilsa, bu ifodalar vergul bilan ajratilgan holda ketma – ket yoziladi.
for siklida bir nechta schyotchikni qo’llanilishi
#include #include int main()
{
int i,j;
for (i = 0, j = 0; i<3; i++, j++)
printf("i:%d j:%d\n",i,j);
getch();
return 0;
}