Xavfsizlik nima va u jamiyat hamda inson hayotida qanday o`rin tutadi?
“Milliy va iqtisodiy xavfsizlik” tushunchalarining qanday o`xshashlik va farqli jihatlari bor?
“Iqtisodiy xavfsizlik”, “tahdid va risk” tushunchalarining farqli va o`xshash jihatlarini tushuntirib bering.
Iqtisodiy yo`qotish va zarar nima?
Iqtisodiy xavfsizlikning ob`ektlari va sub`ektlari nimalarda namoyon bo`ladi?
Iqtisodiy xavfsizlik qanday ko`rsatkichlar orqali tavsiflanadi?
Iqtisodiy xavfsizlikni qanday baholash mumkin?
JAVOBLAR : 1. Xavfsizlik muammosi mustaqil davlatchilikning shakllanishi va jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlarning qaror topishi bilan bir paytda vujudga keladi. “Xavfsizlik” tushunchasi Rober ma`lumotnomasiga ko`ra 1190 yilda paydo bo`ldi. Bu tushuncha o`zini har qanday xavf-xatardan himoyalangan deb hisoblovchi inson ruhining xotirjam holatini ifodalagan2. Ushbu ma`noda mazkur termin G’arbiy Evropa halqlari leksikonida XVII asrgacha qo`llangan. Tarixning keyingi davrlarida davlat tuzilmalarining shakllanishi bilan bog’liq ravishda xavfsizlik tushunchasi moddiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda davlat qurilishi, boshqarish organlari tendentsiyalariga mos keladigan real xavf-xatar (jismoniy va ma`naviy)ning yo`qligi natijasida vujudga keladigan tinchlik holati ma`nosini anglatgan/
“Xavfsizlik” tushunchasi ko`p qirrali bo`lib, turli ma`nolarda talqin etiladi. SHunga qaramasdan ularda umumiy g’oya ham mavjud bo`lib, bunga ko`ra xavfsizlik insoniyat hayotining turli sohalarida vujudga keladigan xavf-xatardan himoyalanish, kafolatlanish ma`nosini anglatadi. Xavf-xatar esa davlat va jamiyat rivojlanishiga, normal amal qilishiga tahdid soluvchi potentsial yoki real kuch, omil hisoblanadi. Xavf- xatar namoyon bo`lishining keskin shakllariga tabiiy, ijtimoiy kataklizmalar, portlashlar va larzalar, krizislar, tangliklar, revolyutsiya, qo`zg’olon, isyon, urush, qurolli to`qnashuvlar kiradi.
2. XX asrning oxirlariga kelib, «xavfsizlik» va «milliy xavfsizlik» tushunchalari bizning leksikonimizda tez-tez qo`llana boshladi. Bu insoniyat rivojlanishining murakkablashuvi, yadro, atom va boshqa ommaviy qirg’in qurollarining keng tarqalishi, ekologik vaziyatning og’irligi, yangi xavfli kasalliklarning vujudga kelishi, terrorizm xavfining kuchayishi, totalitar tuzum emirilganidan keyin dunyoning qarama-qarshi qutblarga bo`linishi barham topgandan keyingi davlatlar o`rtasidagi muvozanatning buzilishi, yangi mustaqil davlatlarning paydo bo`lishi, ularda bozor islohotlarining amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Dunyodagi bunday o`zgarishlar xavfsizlik, umumiy va milliy xavfsizlik muammolariga bo`lgan e`tiborni yanada kuchaytirdi. Milliy xavfsizlik manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli hisoblanadi. SHuningdek, u mamlakat milliy manfaat ehtiyojlarining namoyon bo`lish shakli hamdir. Boshqacha aytganda, manfaat ehtiyojlarini qondirish va moddiy, ma`naviy, umuminsoniy. Mamlakatning milliy xavfsizligi uning milliy manfaatini turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy, informatsion va boshqa omillar hamda tahdidlardan himoya qilishga yo`naltirilgan bo`ladi. SHu boisdan milliy xavfsizlik tarkibi murakkab tuzilishga ega bo`lib, siyosiy, harbiy-mudofaa, g’oyaviy, iqtisodiy, ekologik, informatsion xavfsizliklarni o`z ichiga oladi.
3. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyotning turli sub`ektlariga tegishli bo`lib, ular quyidagilardan iborat: alohida fuqarolar; xususiy tadbirkorlik, biznes; davlat korxonalari; milliy iqtisodiyot; davlat.
Ichki iqtisodiy sohalarda xavfsizlik tabiiy, texnikaviy-iqtisodiy, infratuzilmaviy, ijtimoiy, mikro va makroiqtisodiy rivojlanishning boshqa omillari, shuningdek, beqarorlik, tanglikni keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi tahdidlar ta`siridan himoya qiluvchi ichki immunitetlar bilan bog’liqdir.
Tashqi iqtisodiy sohadagi xavfsizlik mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshliligi, milliy valyutasi barqarorligi, davlatning moliyaviy ahvoli bilan tavsiflanadi.
Turli iqtisodiy tahdidlar, noxush holatlar oqibatida ko`rilgan zararlarning o`rnini qoplash uchun zarur bo`lgan xarajatlarni prognoz qilish ham muhim ahamiyatga ega. Buning natijasida favquloddagi holatlar oqibatida ko`riladigan zararlarni qoplash,
5. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo`lish shakllarini uning sub`ektlari va ob`ektlari nuqtai nazaridan turkumlash mumkin. Iqtisodiyot sub`ektlari nuqtai nazaridan iqtisodiy xavfsizlik quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
- shaxsning iqtisodiy xavfsizligi;
- korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi;
- davlatning iqtisodiy xavfsizligi
Iqtisodiy adabiyotlarda xavfsizlik xo`jalik faoliyati sohalarida yuzaga kelishi nuqtai nazaridan asosan uch yo`nalish, ya`ni ishlab chiqarish-xo`jalik, xo`jalik-iste`mol va moliyaviy sohalar bo`yicha turkumlanadi1. Bizning nazarimizda ushbu uch yo`nalish barcha mamlakatlar uchun umumiy bo`lgani bilan, ayrimlari uchun qo`shimcha yo`nalishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHunga ko`ra, bizning fikrimizcha, iqtisodiy xavfsizlikni ishlab chiqarish-xo`jalik, xo`jalik-iste`mol, moliyaviy, transport kommunikatsiyalari va ijtimoiy sohalar bo`yicha turkumlash maqsadga muvofiqdir.
6. Iqtisodiy xavfsizlikning umumiy ko`rsatkichlari (indikatorlari) quyidagilardan iborat:
- turmush darajasi va sifati;
- inflyatsiya sur`ati;
- iqtisodiy o`sish;
- byudjet defitsiti;
- davlat qarzi;
- jahon iqtisodiyotiga kirib borganlik;
- "xufyona iqtisodiyot" faoliyati;
- mulk tarkibi;
- soliq tizimi;
- bozor infratuzilmalarining rivojlanishi.
Hududiy darajada umumiy ko`rsatkichlardan tashqari yana quyidagi ko`rsatkichlar iqtisodiy xavfsizlikni ifodalaydi:
- aholi daramadlari;
- chakana narxlar darajasi;
- uy-joy bilan ta`minlanganlik;
- qochoqlar, emigrantlar va boshqalar soni;
- hududning mamlakat YAIMdagi ulushi;
- hududning to`lov balansi;
- eksport-import sal’dosi.
7. Yuqoridagi ko`rsatkichlar miqdorining tahlikali quyi (porogovaya cherta) chegarasini ko`rsatish va aniq belgilash lozim bo`ladi. Bu ko`rsatkich miqdori belgilangan quyi chegaradan pastga tushganda iqtisodiy tahdid vujudga keladi. Ushbu tahlikali quyi chegara – iqtisodiy manfaatlar nuqtai nazaridan xo`jalik faoliyati proportsiyalarining eng quyi maqbul nisbatlarini ifodalovchi miqdoriy indikatorlar bo`lib, ularga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarish turli elementlarining iqtisodiy rivojlanishiga to`sqinlik qiladi va mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soladi.